O‘zbekiston
Mediamaktabi
2026
Uch modulli Mediamenejment va
jurnalistika maktabi hamda Bitiruvchilar hamjamiyati.
3 oflayn modul
200+ bitiruvchi
8 yillik tarix
1 hududiy tarmoq
Ta’lim, amaliyot va professional aloqalar

O‘quv modullari tog‘li hududlarda sayyor formatda o‘tkaziladi. Bir necha kun davomida O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan jurnalistlar va media menejerlar intensiv ta’lim, jamoaviy ish va professional muloqot muhitiga sho‘ng‘iydi.


Ishtirokchilar kontent yaratish va uni targ‘ib qilishning zamonaviy vositalarini o‘zlashtiradi, tahririyat ish jarayonlarini samarali yo‘lga qo‘yish, jamoalarni boshqarish, auditoriyani kengaytirish hamda barqaror monetizatsiya modellarini ishlab chiqishni o‘rganadi.

Mediamaktabi so‘nggi modul bilan yakunlanmaydi. Bitiruvchilar professional hamjamiyatning bir qismi bo‘lib qoladi, o‘zaro tajriba almashadi, hamkorlar topadi va bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi.

Ta’limning ikki yo‘nalishi:
Kurslar vidjeti

«Mediamenejment» kursi

Kundalik vazifalarni bajarish bilangina cheklanmay, o‘z mediasini tizimli ravishda rivojlantirishni istagan tahririyat rahbarlari va media menejerlar uchun mo‘ljallangan dastur.

  • Jamoalar, resurslar va loyihalarni boshqarish.
  • Auditoriyani rivojlantirish va kontentni targ‘ib qilish.
  • Barqaror daromad olish modellarini izlash.
  • O‘z tahririyati faoliyatini tahlil qilish va amaliy yechimlar ishlab chiqish.
Mediamenejment kursini ochish

«Jurnalistika» kursi

Raqamli muhitda yanada kuchli, mazmunli va auditoriya uchun qiziqarli materiallar yaratishni istagan jurnalistlar uchun mo‘ljallangan dastur.

  • Mavzular va qahramonlarni topish, axborotni tekshirish.
  • Zamonaviy multimedia formatlari.
  • Jurnalist faoliyatida vizuallashtirish va sun’iy intellekt vositalari.
  • O‘z g‘oyalarini amaliy jihatdan ishlab chiqish.
Jurnalistika kursini ochish
Dastur

MediaSchool Uzbekistan ikki yo‘nalish bo‘yicha uchta oflayn o‘quv moduli shaklida o‘tkaziladi:

Mediamenejment
Jurnalistika
I
2026-yil 24–27-sentabr

Strategiya

Birinchi modul media strategiyasi va biznes modeliga bag‘ishlanadi. Global va mahalliy tendensiyalar tahlil qilinadi, maqsadli auditoriya aniqlanadi. Tijoriy maqsadlar va media missiyasi o‘rtasidagi muvozanatni topish, zararsizlik nuqtasini hisoblash hamda biznes-rejaning asoslarini ishlab chiqish o‘rganiladi.

II
2026-yil 30-oktabr – 1-noyabr

Daromad olish

Daromad olish va reklama bozori bilan ishlash asoslari. Xarajatlarni rejalashtirish va moliyaviy barqarorlikni baholash. Asosiy e’tibor nativ reklama, interfaol formatlar, ixtisoslashgan loyihalar hamda reklama beruvchilar bilan ishlaydigan savdo bo‘limini shakllantirishga qaratiladi.

III
2026-yil 20–22-noyabr

Boshqaruv

Jamoa, loyihalar va tahririyat jarayonlarini boshqarish. Loyihalarning hayotiy sikli va yetakchilik uslublari. Vazifalar va rollarni taqsimlash, jamoani rag‘batlantirish, frilanserlar bilan ishlash hamda barqaror ichki kommunikatsiyalarni yo‘lga qo‘yish.

2026-yil 23-noyabr

Final

Ishtirokchilar uch modul davomida ishlab chiqqan loyihalarini taqdim etadi va ekspertlardan yakuniy fikr-mulohazalarni oladi. Dastur natijalarni taqdim etish va eng yaxshi tashabbuslarni taqdirlash bilan yakunlanadi.

Ishtirokchilar tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha alohida guruhlarda ta’lim oladi.

Modullar oralig‘ida ular maxsus onlayn platformada majburiy individual topshiriqlarni bajaradi. Bu ularga olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash, ko‘nikmalarini mustahkamlash va o‘z loyihalari ustida izchil ishlash imkonini beradi.


Media maktabi Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida sayyor formatda o‘tkaziladi. Ishtirokchilarning kelishi har bir modul boshlanishidan bir kun oldin tashkil etiladi.

Barcha uch modulda qatnashish va modullar oralig‘idagi topshiriqlarni bajarish majburiy!

MSU
ALUMNI NETWORK
Yangiliklar
O‘zbekiston Mediamaktabi bitiruvchilari konferensiyasi
2026-yil 28-oktabr
Turli yillar, yo‘nalishlar va
hududlardan 50 nafar bitiruvchi
Loyihalar
64% не знают об "этом"
2019
2020
2022
Город, который
мы (не) теряем
2024
MILLIY.UZ
2021
Таланты в тени
2023
Фарзона Хамидова
Хабибуллаева Дилором
Джеймс Али
Дарина Микс
Дана Опарина
Дарья Османова
Севинч Алимходжаева
Ева Абдураимова
Дилявер Аблякимов
2024
Galereya
2025
2024
2022
2020
2019
2021
2023
MediaSchool Uzbekistan 2026 loyihasi DW Akademie tomonidan Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (MJDC) bilan hamkorlikda, Germaniya Federal iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish vazirligi (BMZ) moliyaviy ko‘magida amalga oshiriladi.