Biz MSU Alumni Network’ni yaratdik, chunki ta’lim so‘nggi modul bilan yakunlanmasligi kerak. Maktab tugagach ham yangi g‘oyalar, kasbiy savollar, yangi tanishuvlar va yanada rivojlanish istagi qoladi. Hamjamiyat bu aloqalarni saqlab qolish va ularni ish, ta’lim hamda qo‘shma loyihalar uchun yangi imkoniyatlarga aylantirishga yordam beradi.
Hamkasb yoki ekspertni
topish, maslahat olish
Bo'sh ish o'rinlari, stajirovkalar,
tanlovlar va ta’lim
dasturlari haqida
ma’lumot olish
Qo‘shma loyiha g‘oyasini
taklif qilish yoki
tajriba almashish
Spiker va trener sifatida
ishtirok etish,
mentor bo‘lish
MSU tadbirlarida
ishtirok etish va
yangi avlod tinglovchilariga
ko‘maklashish
Bitiruvchilar uchun vebinarlar, mahorat darslari, professional uchrashuvlar va tanlovlar o‘tkaziladi. Hamjamiyat, shuningdek, yosh mutaxassislar uchun mentorlik dasturlari, karyera bo‘yicha maslahatlar, stajirovkalar va hamkorlik loyihalarini rivojlantiradi.
bitiruvchi
O‘zbekistonning turli
hududlaridan
MSU Alumni Network’da hamkasb yoki ekspert topish, maslahat olish, vakansiyalar, stajirovkalar, tanlovlar va ta’lim dasturlari haqida ma’lumot olish, qo‘shma loyiha g‘oyasini taklif qilish yoki o‘z tajribangiz bilan o‘rtoqlashish mumkin.
Bitiruvchilar uchun vebinarlar, mahorat darslari, professional uchrashuvlar va tanlovlar o‘tkaziladi. Hamjamiyat a’zolari spiker va trener sifatida ishtirok etish, mentor bo‘lish, MediaSchool Uzbekistan tadbirlarida qatnashish hamda maktabning yangi avlod tinglovchilariga ko‘maklashish imkoniyatiga ega.
Hamjamiyat, shuningdek, yosh mutaxassislar uchun mentorlik dasturlari, karyera bo‘yicha maslahatlar, stajirovkalar va hamkorlik loyihalarini rivojlantiradi.
MSU Alumni Network’da doimiy muloqot maydoni va bitiruvchilar bazasi mavjud. Hamjamiyat faoliyatini turli yillarda tahsil olgan, turli yo‘nalish va hududlar vakillaridan iborat Bitiruvchilar kengashi qo‘llab-quvvatlaydi.
Kengash bitiruvchilar uchun qaysi mavzular, formatlar va imkoniyatlar haqiqatan ham zarur ekanini aniqlashga yordam beradi, tadbirlarni rejalashtirishda ishtirok etadi va hamjamiyat manfaatlarini ifodalaydi. Kengashning muntazam uchrashuvlari bitiruvchilarga MSU Alumni Network’ning kelgusidagi rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi.
Bitiruvchilar MediaSchool Uzbekistan’ni rivojlantirishda ham faol ishtirok etadi: yangi dasturlar uchun mavzular taklif qiladi, kasbiy tajribasi va amaliy misollari bilan o‘rtoqlashadi, mashg‘ulotlar o‘tkazadi, ekspertlarni topishga yordam beradi va yangi qabul qilingan ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Maktabda tanishgan insonlar bilan aloqani yo‘qotmaslik va yanada kengroq professional tarmoqning bir qismiga aylanish uchun.
Bu yerda nafaqat yordam va qo‘llab-quvvatlash olish, balki boshqalarga ham foydali bo‘lish mumkin: kerakli kontakt bilan bo‘lishish, tajriba yoki g‘oya ulashish, yosh hamkasbga yordam berish, loyiha uchun hamkorlar topish yoki umumiy kasbiy masalaga yechim taklif qilish.
MSU Alumni Network — maktab davom etadigan makon. Bu yerda turli yillarda tahsil olgan va O‘zbekistonning turli hududlaridan bo‘lgan bitiruvchilar aloqada qoladi, bir-biridan o‘rganadi va mamlakat media sohasini birgalikda rivojlantiradi.
Agar siz MediaSchool Uzbekistan bitiruvchisi bo‘lsangiz va hali hamjamiyatga qo‘shilmagan bo‘lsangiz, a’zolik anketasini to‘ldiring.