Ekologik axborot jamiyatning turli sohalariga aloqadordir: ta’limiy, madaniy, iqtisodiy, siyosiy va hokazo, masalan, individlar, sotsial guruhlar va hukumat institutlarining ekologik siyosatni amalga oshirishga qaratilgan faoliyati; ekoraqobatchilik kurashi; jamiyat faoliyati sohalarini ekologiyalashtirish; ekoxavfsizlikni ta’minlash bo’yicha ko’rilayotgan choralar; ekologik muammolar va ularni hal qilish yo’llari. Shuningdek ekologik mavzularga quyidagi jihatlarni kiritish mumkin: ekologiya va sog’liq; megapolis ekologiyasi (havo, suv sifati muammolari, maishiy chiqindilarni yo’q qilish, yashil ekinlarni yo’q qilish muammolari); ekologik ta’lim; ekologik huquq; yadro va kimyo sanoati ekologiyasi; barqaror rivojlanish ekologiyasi. OAV dagi eklogik materiallarning mavzulari ularning muammolaridan ko’ra ancha kengligi mantiqan to’g’ri. Ekologik OAV larning muammolari inson faoliyatining tabiatga ta’sirining salbiy oqibatlariga qarshi turishni ko’zda tutadigan asosiy ekologik muammo bilan mos tushadi. Shu vaqtning o’zida ekologik OAV mavzulari faqatgina muammoli emas, balki ta’limiy ham bo’lishi, shuningdek ekologik hamjaiyat hayotini yoritishi: antropogen ta’sir ko’rsatish zararini kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va aksiyalar o’tkazish.
Ekologik mavzularni yoritadigan OAV juda xilma xil bo’ladi degan xulosaga kelish mumkin. Inson faoliyati va attrof muhitning o’zaro ta’siri auditoriyaning ko’plab sohalarini qamrab oladi va buning oqibatida ekologik jurnalistika sohasi bir oz alg’ov-dalg’ov bo’lib ko’rinadi. Mualliflar umumiy (ijtimoiy-siyosiy) va maxsus (mavzuli) medialarni ajratishadi. Farqi shundaki, birinchi turdagi ommaviy axborot vositalarida ekologiya jamiyat hayotining bir jabhasini yoritadigan ob’ekt sifatida qaraladi, vaholanki ikkinchi turdagi mediada, «yashil» OAV, bevosita ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish jihatlari va muammolari to’g’risida gapirishadi. Maxsus OAV o’z navbatida, quyidagi mezonlar bo’yicha bo’linishadi: tarqalish hududi (hududiy va hududlararo), axborotli to’yinganlik (muammoli va umumiy), axborotni taqdim etish turi (umumiy yo’l qo’yilganlar yoki muayyan mutaxassislarga mo’ljallangan), nashriyotchi turi (siyosiy partiyalar, hukumat, xalqaro tashkilotlar va jamg’armalar, ilmiy birlashmalar, xususiy shaxslar).
Ekologik jurnalistika ommaviy (ijtimoiy siyosiy) va maxsus (sifatli) jurnalistikaga bo’linadi. Ijtimoiy-siyosiy ekologik jurnalistika ommaviy o’quvchiga, hukumat organlariga va biznes sub’ektlariga mo’ljallangan. Undagi ekologik muammolar birlamchi hisoblanmaydi. Maxsus ekologik jurnalistika siyosiy, ishbilarmonldik va ilmiy jurnalistika alomatlariga ega, biroq bu holatlarning barchasi ekologik muammolar prizmasi orqali, ya’ni “tabiat-jamiyat” tizimining bir qismi sifatida tavsiflanadi. Jurnalistikaning bunday turini auditoriya bo’yicha farqlash mumkin: uni birinchidan, , hukumat va biznes sub’ektlari, ikkinchidan – kasbiy ekologik harakat sub’ektlari tashkil etadi (fan, eko-IIChB, soha mutaxassislari). Shunday qilib ikkinchi darajada maxsus eko-yo’naltirilgan OAV larning auditoriyalari bo’yicha faqqlanishi kuzatiladi. Natijada, sifatli eko-jurnalistikaning to’rtta yangi tur ostilari shakllanadi: ekologik-ishbilarmonlik jurnalistikasi (biznes sub’ektlariga yo’naltirilgan bo’lib moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarni yoritadi); ekologik-siyosiy jurnalistika (hukumat sub’ektlariga yo’naltirilgan bo’lib tizimdagi siyosiy munosabatlarni yoritadi); ekologik-ilmiy jurnalistika (fan sub’ektlariga yo’naltirilgan bo’lib, ilmiy izlanishlar jarayonini yoritadi); «yashil jurnalistika» (ekologik tashkilotlarning faoliyati mahsuli hisoblanib, ekologiya va ekologik madaniyat masalalarini yoritadi, turli auditoriyaga,ham ommaviysiga, ham maxsusiga yo’naltirilgan).Bu juda muhimdir, chunki “nimani yozish” va “qanday yozish”ni tushunib yetish “kim uchun yozish” ni belgilash orqali yuzaga keladi.
Eng ko’p ishlatiladigan ekologik jurnalistika janrlariga quyidagilarni kiritish mumkin:- «issiq» yangilik – ekologik hodisalar to’g’risida tezkor axborot;
- maqola-ma’lumot – u yoki bu hodisa yoki muammo bo’yicha ma’lumotli axborot;
- ekspert bilan;
- reportaj.
Nozik tomoni shundaki, haddan tashqari emotsional shaklda taqdim etilmasligi lozim, chunki bu holat o’quvchini qo’rqitib yuborishi mumkin. Boshqa tomondan, haddan tashqari “quruq”, emotsional bo’lmagan, “axborotli” yondashuv bu yerda to’g’ri kelmaydi, chunki bu holda o’quvchining qalbiga “kirib borilmaydi”. Ekolog-jurnalist shunday noziq murosani topishi kerakki, natijada jurnalistcha material yetarli darajada emotsional javobni yuzaga keltirchin, biroq shu vaqtning o’zida o’quvchini qo’rqitib yubormasin.
Har qanday boshqa jurnalistik materialda bo’lgani kabi, ekologik axborotni tekshirish, iishonchli manbalardan foydalanish, axborot sohasidagi joriy qonunchilikkka rioya qilish lozim. Shuningdek ekologiya sohasidagi u yoki bu dolzarb masala bo’yicha axborotning yetishmasligi auditoriyada ishonchsizlik tuyg’usini keltirib chiqaradi. Shuning uchun to’liq va asoslangan axborotni taqdim etish uni tarqatish uchun muhim shart hisoblanadi.