Covid-19 va infodemiya – mediamuhitning zamonaviy chaqiruvlari
Экологическая журналистика - сложная околонаучная сфера, требующая дополнительных знаний и умения представлять “скучную” и важную информацию более просто, наглядно и зрелищно.
Почему проблемы экологии становятся одними из главных тем в мировых медиа, как определить актуальные проблемы, касающиеся вашей страны, как выбрать правильные слова, чтобы донести информацию до своей аудитории максимально корректно. Этот учебный онлайн-курс “Информационные вызовы и угрозы COVID-19 в контексте экологии Узбекистана” о том как эффективно писать о проблемах экологии и здоровье в соответствии с критериями качественной журналистики.
O'quv rejasi
1
Covid-19 va infodemiya – mediamuhitning zamonaviy chaqiruvlari
2
Jurnalistlar uchun ekologik bilimlar
3
Sifatli jurnalistcha ekokontent
4
COVID-19 pandemiyasi vaqtidagi feyklar va ularni ajratish yo’llari
Kirish: Covid-19 va infodemiya – mediamuhitning zamonaviy chaqiruvlari
An’anaviy OAV SMI kontentni ishlab chiqarish va uni tarqatish borasidagi monopoliyadan ayrildilar. Covid-19 pandemiyasi vaqtida odamlar ijtimoiy tarmoqlarda vaziyatning izohini qidirdilar, chunki ramiy OAV voqealar rivojini tezkor kuzata olmadilar, messendjerlar bo’yicha esa asosan sodir bo’layotgan voqealar to’g’risidagi mish-mishlar tarqaldi, telegramda rasmiy kanal maqomini olgan bo’lsada, feykli axborotni tarqatayotgan manbalarga, masalan, "Covidinfo.Uz" ga nisbatan shikoyatlar joylashtirilgan kanallar ochila boshladi. Haqiqatdan rasmiy bo’lgan Koronavirus Info telegram-kanalini ochish bu muammoning yechimi bo’ldi, va u juda qisqa muddatda ko’p sonli obunachilarga ega bo’ldi va buning mantiqiy davomi sifatida aynan feykli axborotlarni bartaraf etishga qaratilgan AntiFake.uz kanali ochildi. Bu hol qaysidir ma’noda O’zbekistonning tarmoqli segmentida infodemiya muammosini hal qildi, chunki rasmiy va tijoraviy tashkilotlar matbuot xizmatlari va jurnalistlarning o’zaro hamkorligi feykli axborot to’lqinining tarqalishi yo’lida to’siq bo’ldi. Har xil chiqishlar darhol “bu feykku ” degan so’zlar bilan kuzatildi va keng ommaga yetib bormasidan o’cha boshladi.
MediaSapiens yozishicha, bu ijtimoiy tarmoqning rasmiy blogida kompaniya vakili Kan-Sin Djin faktchekerlar tarmog’i koronavirus to’g’risidagi axborotni faol tekshirayotgani va tekshiruv natijalariga ko’ra ma’muriyat zarurat tug’ilganida aniqlangan muammolarga tezkor javob berishi to’g’risida xabar qildi. «Ular axborotni xato deb baholashsa, biz uning Feysbuk va Instagramda tarqalishini cheklaymiz, yana odamlarga bizning hamkorlardan oladigan aniq axborotni ko’rsatamiz. Biz shuningdek bu xabarni o’rtoqlashib bo’lgan yoki o’rtoqlashayotgan odamlarga o’tkazilgan tekshiruv to’g’risida ogohlantirish uchun xabar jo’natamiz», — dedi Kan-Sin Djin.
Markaziy Osiyoda pandemiya shuningdek turli mamlakatlar faktchekerlarini feyk to’lqiniga qarshi turajigan hamjamiyatga birlashtirdi - Faktchek.kz. Factchek.kg, Factchek.tg – bu faktcheker nashrlarining jurnalistlari birgalikda ishlashdi, vaziyat to’g’risidagi axborot bilan o’rtoqlashishdi va bir-biriga faktlarni tekshirishda yordam berishdi. O’zbekistonda bu vaqtga kelib faktchekerlar hamjamiyati hali shakllanmagan edi. Bu yerda boshqa mutaxassislar ishlashdi - jurnalistlar, blogerlar, davlat organlari va matbuot xizmatlari vakillari.
Facebook, undan keyin esa boshqa ijtimoiy tarmoqlar qoidalarni yangilashdi va «jismoniy zarar keltirishi mumkin bo’lgan mazmun» tushunchasini kengaytirishdi. Sog’liqni saqlash bo’yicha yetakchi global tashkilotlar ana shunday kontekstning borligi to’g’risida signal berishganida Facebook virusning kelib chiqishi va davolashning feykli usullari to’g’risidagi konspirologik nazariyalarga qo’yilgan postlarni olib tashlamoqda.
Umuman olganda, virus pandemiyasiga samarali ta’sir ko’rsatish nuqtai nazaridan faqatgina feyklarning o’zi emas, balki media va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining sarosima va vahima uyushtirish, haqqoniy axborotga boshqacha emotsional tus berishga urinishlari katta xavf tug’dirmoqda. Bu yerda shuningdek misinformatsiya*, malinformatsiya*, dezinformatsiya* kabi atamalar dolzarb bo’lib qoladi. JSSТ rasmiy ravishda insoniyat birdamlikka Qo’mita uyushmasi epidemiyani yengib o’tish borasida birgalikda harakat qilishga muhtoj bo’lgan bir paytda o’zaro ishonchsizlik tarqalishini juda jiddiy xavf deb hisoblamoqda.
Global kommunikatsiyalar bo‘yicha BMT Bosh kotibining o‘rinbosari Melissa Fleming o‘zining Facebook platformasidagi murojaatida shunday dedi: «JSST ni boshqarib turgan Doktor Tedros, biz faqatgina epidemiya bilan emas, balki “infodemiya” bilan kurashayapmiz” deb to‘g’ri ta’kidladi… Mening BMT dagi global kommunikatsiyalar bo‘yicha jamoam hammaga eng aniq va haqqoniy axborotni taqdim etish, shuningdek xalqaro hamkorlik va odamlarning mehribonlarcha amalga oshirgan ishlari to‘g’risidagi ilhomlantiruvchi voqealarni tarqatish bo‘yicha harakatlarni faollashtirdi».
Ijtimoiy tarmoqlarda tezkor axborot uchun materiallarni har doim topish mumkin. Biroq ijtimoiy tarmoqlardan olingan ma’lumotlarni har doim tekshirib turish lozim. Bu yolg’on axborotning tarqalish xavfini kamaytiradi. Afsuski, ayniqsa favqulodda vaziyatlarda hattoki rasmiy OAV faktlarni tanlab olish va tekshirishga yetarlicha e’tibor bermayapti.
Shunday qilib, COVID-19 bilan bog’liq bo’lgan yolg’on voqealarning kuchayishini oldini olish uchun nima qilish mumkin?
1. Giperbolizatsiya (bo’rttirish) yoki klikbeytlardan foydalanmang, ayniqsa sarlavhalarda. Shov-shuvli va qo’rqituvchi gaplardan uzoqroq yuring. Odamlar allaqachon qo’rqib bo’lgan va bezovta bo’lgan.
2. Nashr qilishdan oldin internet-maqolalarni va manbalarni tekshiring. Ongli ravishda yolg’on kontent, mish-mishlar yoki uydirmalarni tarqatmang.
3. “Adovat tili” dan uzoq bo’ling. Biz bu jarayonda birga ishtirok etayapmiz.
4. Shaxsiy axborotdan foydalanmang. COVID-19 ga aloqador bo’lib qolgan odamlarning shaxsiy hayoti daxlsizligiga rioya qiling.
5. Etik, sifatli jurnalistikaga e’tibor qarating. Aniq, lo’nda va haqiqatgo’y bo’ling.
6. Ishonchli manbalardan foydalaning, shu jumladan tibbiy ekspertlar, olimlar va virusologlarni hisobga olganda.
7. Ishlatilayotgan tasvirlarga ehtiyot bo’ling. Stereotipli (masalan tibbiy niqoblardagi xitoyliklar) yoki shov-shuvli tasvirlardan foydalanmang.
8. O’z auditoriyangizni “infodemiya” va media savodxonlik borasida xabardor qilib boring. Mizinformatsiyani mustaqil ravishda topa olish bo’yicha asboblar va ko’nikmalar bilan o’rtoqlashing.
Glossariy:
Axborot - har qanday psixofizik organizmning aqliy mahsuloti bo‘lib, u tomonidan axborot vositasi deb ataladigan har qanday vositalar yordamida ishlab chiqariladi. Axborot yoki xabar yoki ma’lumotlar organizmdan organizmga uzatilmaydi, balki bir organizmdan ikkinchisiga uzatilishi va qabul qilinishi mumkin bo‘lgan ma’lumot vositalaridan foydalanilganda hosil bo‘ladi. Masalan, kitoblar ommaviy axborot vositalaridir. Kitoblar – muayyan mahsulotlar yordamida odam o‘zi ushbu vositalarni (kitoblar) o‘ziga qo‘llab, ma’lumot ishlab chiqarishi mumkin; og’zaki tilda boshqalarga beriladigan ma’lumotlar, bilimlarni; qabul qiluvchi uchun mazmunli va qaysidir ma’noda foydali bo‘lgan narsa. So‘zning bunday qo‘llanilishi juda to‘g’ridir: lotinchadan informare— «o‘rgatish» degani.
Infodemiya – Pandemiyaga hamrohlik qiladigan va haqiqatga mos kelmaydigan matnlar.
Qalbaki (qalbaki, «féykli», yolg’on) yangiliklar —moddiy yoki siyosiy manfaat olish uchun chalg’itish maqsadida ijtimoiy medialarda va an’anaviy OAV da axborotni mistifikatsiya qilish yoki ataylab yolg’on xabarlar tarqatish.
Malinformatsiya – zarar keltirishi mumkin bo‘lgan haqqoniy axborot (axborotning chiqib ketishi, “adovat tili”, siqishtirish, kontekstdan tashqarida axborotdan foydalanish)
Misinformatsiya - yolg’on, biroq zarar keltirmaydigan axborot (har holda ochiqchasiga zarar keltirmaydigan axborot). Mizinformatsiya ataylab qilingan bo‘lmaydi. U jurnalistning yoki g’iybatlar bilan o‘rtoqlashadiganlarning xatosi bo‘lishi mumkin. U har holda xavfli bo‘lishi mumkin, biroq zarar keltirishga mo‘ljallanmagan bo‘ladi.
Dezinformatsiya – zarar keltiradigan yolg’on axborot (manipulyatsiya qilish, soxtalashtirilgan kontent, yolg’onchi ekspertlardan olingan axborot)
Axborotli shovqin – Bu XX asrda yuzaga kelgan madaniy fenomen bo‘lib , matnda uni tushunib yetishni qiyinlashtiradigan, bayon qilinganlarning mazmunini buzib ko‘rsatadigan yoki uning mazmunini tegishli ravishda tushunib yetilishiga to‘sqinlik qiladigan elmentlarning mavjudligini tavsiflaydi. Axborotli shovqin tushunchasi jamiyatning axborotli “to‘lib toshgan holda yuklatilganligi” sharoitida axborotning zamonaviy tarqalishi va zamonaviy mediamuhitga aloqador bo‘ladi.