Тема 3.3
Ekologiya to’g’risida jurnalistik loyihalarining formatlari
Bu borada ekologiya to’g’risidagi jurnalistik loyihalarning formati media loyihasining tuzilmasi, uning mazmuni, turi, kommunikatsion kanalning turi, uzatish usuli majmuasi sifatida ko’rib chiqiladi.

Zamonaviy jurnalistik loyihalarning formatlari jadal rivojlanmoqda va ko’pgina omillarga - IT dagi trendlarga, dasturlash, gadjetlarning yangi modellari va ulardan foydalanishning tashkiliy ko’rsatkichlari, yangi ijtimoiy tarmoqlarga bog’liq. Хulosa qilib aytganda, ekologiya to’g’risida materiallar yaratishda media iste’molchilariga e’tibor qaratish lozim.

Mediada bir nechta transformatsion jarayonlar kuzatilmoqda –an’anaviy medialar aktivlarni "raqamlashtirish" siyosatini olib bormoqdalar, Internet- medialar o’zlarining kirish nuqtasi sifatidagi roli tushib ketganini aniqladilar, mobil media vaqt talablariga zudlik bilan javob berishga harakat qilmoqda,axir faol foydalanuvchilar uchun kun tartibini tuzish algoritmlari har yili o’zgarib turibdi-ku.

Yangi kommunikatsiya formatlari va kanallari


Zamonaviy media ijtimoiy tarmoqlarni asosiy vazifasi - auditoriyani OAV ning asosiy maydonchasiga "olib kelish" bo’lgan yordamchi kanal deb hisoblamaydilar. Bugungi kunda bu faqat vazifalardan bittasidir. Ijtimoiy tarmoqlar zamonaviy ommaviy axborot vositalari tomonidan ijtimoiy tarmoq yoki messenjer konsepsiyasiga ko’ra mustaqil aloqa kanali, o’z formatidagi materiallarga ega bo’lgan mustaqil ommaviy axborot vositasi sifatida qaraladi.

Axborotni ommaga yetkazish yangi yondashuvlarni, qo’shimcha tarqatish kanallarini, kontektni ilgari mavjud bo’lmagan formatlarga qadoqlashni talab qiladi.

Hattoki raqamli OAV lardagi on-layn yangiliklar va obzorli materiallarning an’anaviy formatlari bunday emas. Har qanday Internet formatlari singari, ular ham gipermatn, multimedia, o’zgaruvchanlik (tezkor tahrirlash, versiya) va yangi platformalarga avtomatik ravishda moslashish kabi noyob xususiyatlarga ega. Buning o’zi "an’anaviy" raqamli formatlarni "yangi" va oldingilaridan farq qiladigan formatlarga aylantiradi.

Ushbu qismda biz yangi formatlarning asosiy turlarini tahlil qilamiz, ularning afzalliklari va kamchiliklarini ko’rib chiqamiz, shuningdek amaliy maslahat berishga harakat qilamiz. Ushbu bob G’arbning The New York Times, The Guardian va Gawker kabi ommaviy axborot vositalari, Rossiyaning Meduza, Slon.ru, The Village nashrlari va Kun.uz, Dary.uz, Anhor.uz, Gazeta.uz o’zbek ommaviy axborot vositalarining tajribalaridan foydalangan holda tayyorlangan.


Qidiruv kanallari
2010 yilga kelib qidiruv tizimlari ma’lumotlarga ega bo’lishning asosiy kanaliga aylandi. Ommaviy axborot vositalari tezda ommaviy qiziqish mavzulariga: : yangiliklar ishlab chiqaruvchilari, kompaniyalar, sport jamoalari, elektron qurilmalarga oid savollarga javoblarni yetkazib beruvchiga aylandi.
Qidiruv tizimlarining o’zlari ham tarmoqdagi veb-qidiruvlar ma’lumotli axborot yoki navigatsiya so’rovlari bilan cheklanmasligini aniqladilar. Natijada noshirlar bilan yangiliklarni o’zida birlashtirgan hamkorlik dasturlari yuzaga keldi.

Ko’pgina nashrlar yangilikli agregatorlarning 20 foizidan ziyod auditoriyasini sig’ib oladi.
Qidiruv tizim foydalanuvchisi - uni aniq nima qiziqtirayotganini biladigan faol o’quvchidir. U savollarini qaysi formatda berishi aniq. Ko’pincha foydalanuvchilarni yangiliklar emas, balki yordam ma’lumotlari yoki foydali maslahatlar qiziqtiradi.
Qidiruv so’rovi o’zaro ta’sirni - javobni nazarda tutadi. Javob so’rovga qanchalik yaqin bo’lsa, foydalanuvchini qondirish ehtimoli shunchalik yuqori bo’ladi. Bunday holda, so’rov (va unga javob) dolzarb bo’lishi shart emas. Ko’pgina hollarda, juda ko’p vaqt davomida foydalanuvchilarning ko’p sonini jalb qiladigan doimiy yashil kontent yozish mumkin bo’ladi.

Sintaktik jihatdan, bunday materialning sarlavhasi qidiruv so’roviga mos keladi yoki unga yaqin bo’ladi. U ko’pincha "qanday", "nima uchun", "nima" so’zlari bilan boshlanadi va berilgan savolga qisqacha javob beradi. Ba’zi nashrlar aynan mana shu turdagi materiallarni ishlab chiqarish orqali o’z bizneslarining asosiy qismlarini yaratdilar. Oddiy savollardan nashrlar ko’plab so’rovlar sinflarini o’zlashtirishga o’tmoqdalar va bunday materiallarni yozish yangi formatlarga kirib bormoqda va jiddiy yangiliklar ishlab chiqaradigan nashrlar redaksion jarayonlarining bir qismiga aylanmoqda.
Bunday materiallarning xarakterli xususiyatlari:
● qidiruv so’rovi bo’lishi mumkin bo’lgan kalit so’zlarni yoki so’z birikmalarini alyuatta o’z ichiga olgan sarlavha;
● matn uzunligi kamida 1000-1500 belgidan iborat (qidiruv tizimlarining talablari tufayli);
● yaxshi tuzilmalashtirilganligi;
● ko’pincha shunga o’xshash savollarga qo’shimcha havolalar qo’shiladi.

Misollar:
COVID-19 qanday qilib havoga ta’sir qilgani to’g’risida https://livingasia.online/2020/11/06/kak-covid-19-povliyal-na-vozduh/
Misollar: “ Bozjir tabiiy qo’riqxonasini qanday qilib qutgarishgani” https://livingasia.online/2020/12/25/kak-spasali-urochishhe-bozzhyra/

Qurbon bayramini qanday qilib nishonlash va COVID-19 bilan kasallanmaslik mumkin – JSSТ tavsiyalari
https://livingasia.online/2020/07/31/kak-otprazdnovat-kurban-bajram-i-ne-zarazitsya-covid-19-rekomendaczii-voz/

Ijtimoiy-tarmoqli kanallar
Eng yirik ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchiga uning qiziqishlariga javob beradigan e’lonlar oqimini tanlash imkoniyatini beradi. Bir necha yillardan buyon to’g’ridan-to’g’ri media-saytlarga kun tartibini o’rganish uchun tashrif buyuradigan auditoriya ulushi kamayib bormoqda, buni The New York Times kabi yirik jahon nashri va O’zbekistonning Kun.uz, Dary.uz, Anhor.uz, Gazeta.uz kabi nashrlari tajribasi tasdiqlaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda nashrlarning vakillari bo’lgan ommaviy sahifalarga kiradigan foydalanuvchilarning ulushi pastligicha qolmoqda. Buning o’rniga, e’lonlar tavsiya etilgan e’lonlarning ro’yxatini o’z ichiga olgan tasma orqali foydalauvchiga yetkaziladi.

Yangi model ommaviy axborot vositalarini kun tartibini shakllantirishdagi mediatorlik rolidan mahrum qiladi. Endi ular o’zlarining potensial o’quvchilarining o’nlab foizi ko’rgan narsalarini nazorat qila olmaydilar va foydalanuvchi lentasida bo’lishlari uchun kurashishlari shart, ularning kontentidagi e’lonlar va kelajakda kontentning o’zi yangi platformalar uchun moslashtiriladi.
Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanilmagan va to’g’ridan-to’g’ri nazorat qilinmaydigan kanallarga kirib borish zarurati "tug’ma mavjudlik" madaniyatini shakllantiradi va nashrlarni yangi formatlarni joriy etishga va zamonaviylashtirishga majbur qiladi.

Aksariyat zamonaviy ijtimoiy tarmoqlar o’z-o’zini sozlash tizimlari bo’lib, ular uchun tuzatuvchi signallar bo’lib foydalanuvchi harakatlari xizmat qiladi. Juda sodda modelda bu shuni anglatadiki, layk qoldirgan, u bilan o’rtoqlashgan, unga sharh qoldirgan yoki havolani kuzatgan foydalanuvchi kelajakda ushbu manbadagi xabarlarni ko’rishi mumkin bo’ladi.

E’lonning shakli o’zgarib bormoqda, bu bir muncha vaqt oldin o’quvchiga ijtimoiy tarmoqning bir hil chiziqli lentasini va materialning bir hil tuzilmasini taqdim etardi (masalan, "ekologiya to’g’risida yozishning 12 usuli", " boshlang’ich jurnalistlarning 34 ta xatosi "," ekologiya va COVID-19 haqida yozadigan jurnalistlarga 56 ta maslahat "). Ikkitali tartibga ega bo’lishlik, bir tomondan, materialning bir xilligi va hajmini, ikkinchi tomondan, mavzuni e’lon qilsa, u uzoq vaqt davomida ro’yxat- maqola formatini shakllantiradi (ingl. list, ro’yxat, va article, maqola).

Uzun materiallarni taqdim etish usuli o’zgarib bormoqda, va u majburiy "karta" tuzilmasiga ega bo’lmoqda. 2014 yilda Vox Media kompaniyasi kontentni yangi formatdagi "kartochkalar" (karta to’plamlari) bilan boyitish trendini qo’llab –quvvatlaydigan Vox veb-saytini ishga tushirdi, shu kabi materiallarni birlashtirdi va bir vaqtning o’zida uzoq yozilgan tushuntirishlarni maydalab tashladi. A’anaviy maqolalardan farq qilib, kartochkalar foydalanuvchiga diqqat bilan o’qishgacha kerakli mavzuni tanlab olishga, tahririyatga esa - kontentni rejalashtirish va tuzilmalashtirish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni kuchaytirishga imkon beradi.

Jalb qilish materialning aniq turini ko’rsatish orqali kuchayadi: masalan, video sarlavhasida "video" so’zi bilan belgilanishi mumkin; intervyuda, ma’ruzachi imidjidan tashqari, ijtimoiy tarmoq uchun maxsus yaratilgan rasmda havola bo’lishi mumkin; ko’pincha yangiliklar rasm bilan birgalikda yangiliklar nashrining logotipi va katta shrift bilan terligan sarlavhani o’z ichiga oladi.

Misol
Erinchoqlar uchun 8 ta ekomaslahat va yana kimgadir boz ustiga baribir bo’lmasa + 1
https://livingasia.online/2017/08/04/ecosovety_dlya_lenivyh/

Mobil qurilmalar uchun formatlar
Kichik ekranli qurilmalarning hayotimizga ommaviy tarzda kirib borishi interfeyslar va axborotni yetkazib berish sohasida inqilobga olib qildi. Veb-sahifalarning ko’p ustunli joylashuvi bitta ustunli va plitkalarga almashtirildi. Navigatsiya butunlay qayta qurildi. Materiallarga e’tibor byudjeti sezilarli darajada qisqartirildi. Kontent bilan o’zaro aloqada yangi ustuvorliklar paydo bo’ldi - ko’p hollarda e’tiborni tasdiqlash chertish yoki bosish bilan emas, balki axborot lentasini siljitish bilan amalga oshiriladigan bo’ldi.
Qisqa e’tibor berish oralig’i kafolatlangan kontentning maksimal uzunligini belgilaydi – kontentning “mag’zi” kamdan-kam hollarda mobil qurilmaning uchdan beshta ekranigacha bo’lgan joyni egallaydigan bo’ldi.
Тasvirlar va qisqa videofilmlar e’tiborning pasayishiga javob sifatida ishlatiladigan bo’ldi.
Matnlarda eksperimental formatlar paydo bo’ldi, ularni "mini-kartalar" deb atash mumkin. Mini-kartalarning asosiy xususiyatlari:
ko’pincha bu katta hajmdagi materialga yo’naltirish hisoblanadi;
ular ijtimoiy muhitlarga osonlikcha kirib ketadi.

Video va vizual jurnalistika
Vizual materiallar, e’lonlar bilan qisqa aloqada bo’lganligi sababli, ko’z o’rgangani va boshqa narsalar, shu jumladan sof fiziologik sabablar tufayli matnli materiallarga qaraganda yaxshiroq aloqani ta’minlaydi.
Ko’pincha, vizual e’lon matn o’rnini bosishi mumkin. Animatsiyalar yoki qisqa videofilmlarni tomosha qilish yanada yaxshiroq his etiladi *. Raqamli madaniyatda videoni idrok etish tomon siljish o’n yildan ko’proq vaqt davomida kuzatilmoqda. Bundan tashqari, maktab o’quvchilarining so’nggi avlodi (2018-2020 yillarga ko’ra) vizual kontentga aniq ustunlik berishadi, shu jumladan, videoni ko’rish uning matnli ekvivalentini o’qish uchun nomutanosib vaqt talab qiladigan holatlarda.
Misol
Qattiq maishiy chiqindilar to’g’risidagi video
https://www.youtube.com/watch?v=i3rbsuWZJxc

Multimediyali format
Ekologik muammolar ijtimoiy-iqtisodiy hayotning ko’plab sohalariga ta’sir qilgan holda ko’p darajali bo’lib, jurnalistikada turli janrdagi bilim va ko’nikmalarni talab qiladigan multimediya formatiga juda mos keladi.

Multimedia ekologik jurnalistikasining eng yorqin namunasi bo’lib Orol dengizidagi ekologik falokat muammosini ochib beradigan Never more (“Hech qachon dengi”) loyihasi xizmat qiladi. https://livingasia.online/more/

Multimediyali formatlarning chek-listi

1. Infografika. Nimalarni ko’rsatamiz?
- hodisaning vaqt bo’yicha rivojlanishi (timeline) ;
- hodisaning hududlar bo’yicha rivojlanishi;
- o’tmishdagi yoki kelajakdagi shunga o’xshash voqea (ma’lumotlar) bilan taqqoslash
- boshqa hududdagi shunga o’xshash hodisa (ma’lumotlar) bilan taqqoslash
- foydalanuvchi xulq-atvorining algoritmi (agar siz voqea ichida bo’lsangiz nima qilish kerak?)
- predmetnning kesimi, imzo qo’yilgan ehtiyot qismlar
- xarita
- ulushlar, munosabatlar, ma’lumotlarning almashinuvi dinamikasi
- marshrut
Misol: “Orol dengizi raqamlarda ” https://livingasia.online/more/

2. Video
Dinamiy hodisalar (rasm) yoki fikrlarning videoyozuvi uchun tavsiya etiladi
- Hodisa sodir bo’layotgan joyning panoramasi
- hodisaning ishtirokchilarining asosiy fikrlari
- joyida olingan, lekin tadbir mavzusi yoki shakliga zid bo’lgan qismlarni tanlab olish
- Arxivli videotasvirga olish

3. Fotoreportaj
Fotografiyalar to’plami emas
- Тadbirning turli joylarda qanday ko’rinishi haqida tushuncha beradi
- Тurli vaqtlarda olingan, lekin voqea bilan bevosita bog’liq bo’lgan fotosuratlar yonidagi joylar
- tadbir ishtirokchilarining yuzlarini yoki bitta yuzning o’zgarishi dinamikasini ko’rsatadi
- Hodisa yuz beradigan muhit tafsilotlarini ko’rsatadi
- joyida olingan, lekin tadbir mavzusi yoki shakliga zid bo’lgan fotosuratlarni tanlab olish
- tadbir bilan bog’liq bo’lgan belgilar va belgilarning fotosuratlari tanlovi
Misol: “Odamlar dengizi ” https://livingasia.online/more/segodnj

4. Auditoriya bilan o’zaro aloqa qilishning interfaol shakllari
- Ko’p variantlar bilan ovoz berish
- Ha-yo’q deb ovoz berish
- Onlayn konferensiya
- fotosuratlarni belgilash imkoniyati
- xaritani belgilash imkoniyati
- Mavzular bo’yicha flesh o’yin
- sharhlash
- kraudorsing

5. Audio
- muhim telefon suhbatining bir qismi
- talaffuzning o’ziga xos xususiyatlari aytilgan so’zlarning mohiyatidan kam bo’lmagan nutq
- vizual kontentga (fotoreportajga) muallifning sharhi
- vaziyatni tavsiflovchi tabiiy tovushlar

6. Kontentni bog’lash
Quyidagilarga havola qilish:
- o’tmishdagi shunga o’xshash voqeaga
- mavzu bo’yicha nashrlarimizning tanlovi
- muammo haqida batafsil ma’lumot berilgan saytlarga
- tadbirning asosiy bosh qahramonlarining veb-saytlari
- mavzu bo’yicha fuqarolik muhokamalari (forumlar, bloglar)
- mavzu bo’yicha foydalanuvchilarnnig foto va videomateriallari

Glossariy

Fleksitarianlik — hayvonlar etini ovqatga ishlatishga yo’l qo’yadigan , asosan o’simlik parhezi

Virtual suv — bu ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan, oziq-ovqat mahsulotlariga yoki boshqa mahsulotlar tarkibiga kirgan syv hajmi.

Greta Turnberg —оb-hаvоning o’zgarishi natijasida insoniyat uchun yuzaga keladigan muqarrar ekzistentsial inqirozni targ;ib qilgani uchun duno’ga mashhur bo’lgan va tan olingan shwetsiyalik ekologik faol inson.

Qаyta tiklanadigan, yoki regenerativ, «yashil», energiya — insoniy ko’lamda qaraganda qаyta tiklanadigan yoki bitmas-tuganmas bo’lgan energiya manbalaridan olinadigan energiya. Qаyta tiklanadigan energiya tabiiy ravishda to’ldiriladigan quyosh nuri, suv oqimlari, shamol, suvning ko’tarilishi va geotermik issiglik kabi tabiiy resurslardan,shuningdek bioyoqilg’i: yo’g’och, o’simlik moyi,etanoldan olinadi.

Manbalar:
Moskva davlat bosma instituti http://www.hi-edu.ru/e-books/xbook714/01/part-009.htm

UNDP https://news.un.org/ru/story/2019/12/1368831

NRDC https://www.nrdc.org/stories/renewable-energy-clean-facts

INC https://www.inc.com/melanie-curtin/73-percent-of-millennials-are-willing-to-spend-more-money-on-this-1-type-of-product.html

Michigan universitetining barqaror tizimlar Markazi https://www.google.com/url?q=http://css.umich.edu/factsheets/us-renewable-energy-factsheet:&sa=D&source=editors&ust=1618153054423000&usg=AOvVaw2ftKZzCep9IU44tfXFhVNR

Truth in Advertising, Inc. (TINA.org) https://www.truthinadvertising.org/nestle-usas-chocolates/

https://www.onegreenplanet.org/news/coca-cola-nestle-pepsi-top-plastic-polluters/
Mustaqil ish
Mustaqil ish uchun topshiriklar (Baholanmaydi):

1. Multimediyali loyiha nima? Agar bitta loyihada turli format va janrlarni to’plasangiz, bu multimediyali loyiha bo’ladimi?
2. Auditoriya bilan o’zaro aloqaning interaktiv shakllarini ayting, ulardan qaysi biri sizning muloqotingizda eng samarali hisoblanadi?
3. Fotoreportajning qanday belgilari bor? Birorota tadbirdan fotoreportaj tayyorlashga harakat qiling