Mavzu 1.2
Mediasavodxonlik va tanqidiy fikrlash – mediamuhitda mavjud bo’lishning zaruriy ko’nikmalaridir
MIS ekotizimi: asosiy tushunchalar
YuNESKO ta’rifiga ko’ra, mediasavodxonlik – bu izlash, tanqidiy baholash, axborot va mediakontentni vakolatli joylashtirish; ommaviy axborot vositalari va AKТ o’rtasidagi o’zaro aloqalarni bilish; tenglik, so’z erkinligi, madaniyatlararo / dinlararo muloqot, tinchlik va boshqalarni targ’ib qilish yo’lidagi vakolatlar to’plami.

Feyklarni qanday qilib filtrlash mumkin. Multtaqdimot
● Тarmoqda axborotni oqilona qidirish (axborotni filtrlash, uni saqlash va berilgan parametrlar bo’yicha o’zgartira olish qobiliyati)
● Mediamatnlarni tushuna olish va dekodlashtirish (mediamatnning va kontekstning konsepsiyasini, yashiringan mazmunini tushuna olish, shuningdek olingan axborotning o’zi tomonidan baholanishini tashkil eta olish qobiliyati)
● Тurli janrlarda o’zining mediamatnlarini yaratish
● Shaxsning axborot xavfsizligi (mediamuhitda muloqot qilish etikasiga rioya qilish, mediaviruslarni topa olish, raqamli detoks asoslarini bilish)

Birinchi bor Mediasavodxonlik indeksi «posthaqiqat» fenomeniga javob sifatida 2017 yilda yaratilgan edi.
Posthaqiqat
Yolg’on (feykli) voqea ko’plab odamlarga o’rtacha olti baravar tezroq yetib boradi. Nima uchun bunday bo’ladi? "Feykli yangiliklar" ga qarshilik ko’rsatish darajasini qanday o’lchash mumkin? Media-savodxonlik va feykli yangiliklarni tanib olish qobiliyatiga ta’sir qiluvchi omillar:
● mamlakatdagi ommaviy axborot vositalari erkinligi darajasi
● (e–participation) elektron ishtirok etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali fuqarolik faolligiga yordam berish va yo’q qo’yiladigan boshqaruvni amalga oshirish
● ta’lim sifati
● shaxslararo ishonch
YuNESKO tomonidan ishlab chiqilgan asosiy MIS (mediasavodxonlik) qonunlari:
1. Ommaviy axborot vositalari, texnologiyalar, Internet, kutubxonalar va boshqa har qanday ma’lumotni taqdimot qilish usullari tanqidiy fikrlash va jamiyatni barqaror rivojlantirish uchun mo’ljallangan bo’ladi. Hech qanday format boshqalar bilan taqqoslaganda ko’proq yoki kam ahamiyatga ega bo’lmaydi.

2. Har bir insonning aytadigan so’zlari bor. Odamlar yangi bilimlarga ega bo’lishi va o’zini namoyon qilishi kerak.

3. Hamma bilimlar ham haqiqat yoki neytral bo’la olmaydi. Axborot iste’molchilari buni tushunishlari kerak.

4. Har bir inson yangi ma’lumotlarni o’rganishni va tushunishni xohlaydi (hatto odam o’zi buni sezmasa ham).

5. Axborot va media savodxonlik bosqichma-bosqich rivojlanib bormoqda. Bu dinamik va murakkab jarayondir.
Mediasavodxonlik nazariyasini ilk bor 1987 yilda Kanadada Djon Pundjente ilgari surgan. Uning asosiy postulatlari - bu:
1. Barcha mediamateriallar tuzilgan bo’ladi
Bu eng muhim g’oyadir. Biz instinktiv ravishda ko’plab ommaviy axborot vositalarini haqiqatan ham sodir bo’layotgan voqealarning bevosita namoyishi deb bilamiz, ammo bunday emas. Internet-memni tarqatganimizda yoki selfi qo’yganimizda, biz o’zimizning haqiqiy hayotimizni aks ettirmaydigan ommaviy axborot vositalarida tasvirning tarqalishiga hissa qo’shamiz. Mediasavodxonlikning vazifasi - bu xabarlarni dekonstruksiya qilish (ularni qanday tayyorlanganligini ko’rsatish uchun alohida ko’rib chiqish).

2. OAV bizning voqelikni idrok qilishimizni shakllantiradi
Bizning dunyoqarashimizning aksariyati ularda joylashtirilgan pozitsiyalar, sharhlar va xulosalar bilan yaratilgan media-xabarlarga asoslanadi.

Fotosuratlar ba’zan bizga eng ob’ektiv ma’lumot turi bo’lib tuyuladi. Biroq, mediasavodxonlik bizga quyidagini o’rgatadi: biz faqat fotograf yoki rejissyor nimani ko’rsatishni xohlaganini ko’ramiz, kamera ob’ektivining orqasida nima bo’layotganini ko’ra olmaymiz. Raqamli texnologiyalar fotografga rasmning mazmunini osongina o’zgartirishga imkon beradi va biz aslida kamerada nima suratga olinganini tasavvur ham qila olmaymiz.

3. Maqsadli auditoriyalar xuddi o’sha mediaxabarlarni turlicha qabul qilishadi
Har qanday media mahsulotning mazmuni nafaqat uning ishlab chiqaruvchilari tomonidan yaratiladi. Aksincha, bu ular va tomoshabinlar o’rtasidagi hamkorlikdagi ishdir. Axborot iste’molchilarining turli xil auditoriyalari bitta hodisaning turli xil mazmunlarini namoyish etishlari mumkin. Mediasavodxonlik bizni odamning yoshi, jinsi, irqi, ijtimoiy mavqei, oilaviy va madaniy bekgraund, axloqiy tamoyillar ommaviy axborot vositalari tomonidan nashr etilgan ma’lumotlarning talqiniga qanday ta’sir qilishini tushunishga o’rgatadi.

4. Media – bu birinchi navbatda foyda olishga yo’naltirilgan korxonalardir
Aksariyat media foyda keltirishi kerak bo’lgan biznesdir. Mulkchilik va nazorat qilish masalalari markaziy ahamiyatga ega bo’ladi: odamlarning nisbatan kam qismi biz ko’rayotgan, o’qigan va ommaviy axborot vositalarida eshitgan narsalarimizni nazorat qiladi.
Medialarga egalik qilish yanada ko’proq darajada jamlangan. Dunyo yangiliklarining aksariyati bir nechta media korporatsiyalar tomonidan boshqariladi va cheklanadi. Internet yaratuvchisi, dunyoni o’zgartirgan britaniyalik olim, URI, URL, HTTP, HTML ixtirochisi, Butunjahon Internet tarmog’idagi konsorsiumning hozirgi rahbari Тim Berners-Li shunday deb yozadi: "Google, Microsoft, Yahoo, Apple, Facebook... Siz ularning mahsulotlaridan foydalanayapman deb o’ylayotganingizda, ular sizning ma’lumotlaringizdan foydalanadi, Internetni o’zaro taqsimlaydi va tobora qattiqroq shartlarni belgilay boshlaydi."

Shuningdek, biz nashr etayotgan narsalarning aksariyati senzuraga uchraydi yoki ommaviy axborot vositalari egalarining manfaatlariga mos kelishiga qarab cheklanadi. Ularning daromad olish motivatsiyasi nafaqat biz ko’radigan yoki ko’rmaydigan ommaviy axborot vositalarini belgilabgina qolmasdan, balki oddiy foydalanuvchi nimani va kimga Internetda post qilishi va onlayn gaplashishi mumkinligini aniqlaydi. Bunga bizni "Axborot pufagi" yoki "filtrlar pufagi" deb atalmish narsada ushlab turadigan yangi Feysbuk algoritmlari misol bo’lishi mumkin.

Axborot pufagi
5. Ko’pchilik mediaxabarlar g’oyalashtirilgan bo’ladi va u yoki bu qadriyatlarni targ’ib qiladi
Aksariyat mediamahsulotlari ma’lum ma’noda reklama hisoblanadi, chunki ular brendlarni, savdo belgilarini, shaxslarni va qadriyatlarni va turmush tarzini targ’ib qilishadi. Media iste’molchilarning qiziqishini rag’batlantirish, hokimiyat idoralarining harakatlarini ma’qullash va boshqalar uchun xizmat qiladigan aniq yoki yashirin tarzdagi mafkuraviy xabarlarni ifoda etadi.
Mustaqil ish
Mustaqil ish uchun topshiriklar (Baholanmaydi):

Nashrlarni o’rganib chiqing va quyidagi savollarga javob bering
  1. Тoshkent uzra tutunlar. «Тoza havo» operatsiyasi ta’tilda http://sreda.uz/rubriki/vozduh/dymy-nad-tashkentom-operatsiya-chistyj-vozduh-otdyhaet/?fbclid=IwAR2d3Di4IbKAWpICwKrBFAsXZABO8u_SfnvIDLqGCe7MeW93t1J_TTmEz1A
  2. Тoshkentda daraxtlarni noqonuniy kesib tashlashda aybdor bo’lganlarni jazolash boshlandi https://uz.sputniknews.ru/20200223/V-Tashkente-vozbudili-ugolovnoe-delo-po-faktu-nezakonnoy-vyrubki-derevev-13527155.html
  3. Тoshkentning ekologik manzarasihttps://review.uz/post/ekologicheskiy-rasklad-tashkenta

Тopshiriqlar:
  1. Material uchun kim pul to’lagan va nimaga? Ekologiya to’g’risidagi materiallardan pul qilsa bo’ladimi? (Media – bu birinchi navbatda foyda olishga yo’naltirilgan korxonalardir)
  2. Bu nashrlarda asosiy axborot qanchalik aniq va ob’ektiv aks ettirilgan? (Barcha mediamateriallar tuzilgan bo’ladi)
  3. Bu nashrlarda boshqa odamlar qanday boshqa mazmunni topa olishlari mumkin? (Auditoriyalar xuddi o’sha mediaxabarni turlicha qabul qilishadi)
  4. Bu nashrlar qanday qadriyatlarni targ’ib qiladi? (Barcha mediaxabarlar g’oyalashtirilgan bo’ladi va u yoki bu qadriyatlarni targ’ib qiladi)