Jurnalistika qAl’asi eshiginingqUlfi ikkita sehrli kalit bilan ochiladi. Birinchi kalit - bu Axborot. Ikkinchisi – Kommunikatsiya.
Jurnalistlar qanday qilib axborotni qo’lga kiritishadi? An’anaviy ravishda axborot to’plashning uchta asosiy usuli qo’llaniladi:
● so’rovnomalar, asosan intervyu (ba’zida, anketalashtirishdan foydalaniladi);
● kuzatuv;
● hujjatlarni o’rganish.
● bundan tashqari, jurnalistlar tez-tez murojaat qiladigan tajriba (eksperiment) mavjud, chunki bu usul katta xarajatlarni talab qiladi - vaqt, mablag’, moddiy, tashkiliy va boshqalar.
Har bir uslubning o’ziga xos imkoniyatlari va cheklovlari mavjud. Masalan, so’rovnomada juda katta imkoniyatlar mavjud, erkinlik - har qanday savolga javob olishingiz mumkin (albatta, agar savol to’g’ri berilgan bo’lsa). Agar jurnalist hujjatga murojaat qilgan bo’lsa, u holda u faqat ushbu hujjatning mazmuni bilan cheklangan ma’lumotlarni oladi (agar biror narsa aniq yoki to’liqsiz bo’lsa va h.k., boshqa usullardan foydalangan holda ma’lumotni aniqlab olish va qayta tekshirish kerak bo’ladi). Biroq, intervyu berish eng sub’ektiv usuldir, chunki har bir odam idrok etishning individual xususiyatlariga, diqqat va xotiraning xususiyatlariga va hokazolarga ega. Siz, ehtimol, turli xil odamlar bitta voqea guvohlari sifatida bu haqda turlicha aytib berganlarini va ko’pincha ularning fikrlari turlicha bo’lganini ham sezgandirsiz - odamning bo’yi qanday edi yoki qanday kiyimda edi, bu kiyimi qanday rangda edi va hokazo.
Axborotni (yoki ma’lumotni) qo’lga kiritish olish bu har doim jurnalistning ob’ekt bilan o’zaro ta’siridir. Shuning uchun jurnalist ma’lumot to’plash usuli yoki usullarini tanlashda quyidagilarni yodda tutishi kerak:
● Umumiy va aniq maqsadlar (material nima haqida bo’ladi, jurnalist nima uchun uni yozadi - u o’quvchiga faqat faktlar va hodisalar to’g’risida ma’lumot beradimi yoki o’quvchini kimningdir fikri bilan tanishtiradimi yoki vaziyat va boshqalarning sabablarini o’rganyaptimi?).
● Axborot manbalarining mavjudligi (agar jurnalist hujjatlarga egalik qila olmasa, u holda kerakli ma’lumotga ega bo’lgan suhbatdoshlarini qidirishi kerak bo’ladi, yoki aksincha, kutubxona o’tirishga, yig’ma jildlarni kovlab chiqishga, ularbilan e’lon qilingan intervyularni yoki ularning kasbiy faoliyati bilan bog’liq bo’lgan nashrlarni qidirib topishga to’g’ri keladi).
● Axborotni yig’ish muddati (agar jurnalist bir necha kun davomida material yozishi kerak bo’lsa va u o’rganadigan ob’ektlarining tashqi harakatlarini kuzatishi, ko’plab suhbatdoshlar bilan shaxsan uchrashishi, hujjatlarni o’rganishi mumkin bo’lsa, bu boshqa narsa. Muxbir bir necha soat davomida navbatdagi nashr uchun maqola tayyorlasa, bu boshqa narsa. Bunday holda, ba’zida u o’z ma’lumot manbasi bilan telefon orqali suhbatlashishga majbur bo’ladi).
● Axborotning ishonchliligi darajasi (agar jurnalist usullardan biri bilan olingan ma’lumotlarning ishonchliligiga shubha qilsa, uni boshqalari yordamida tekshirishi kerak bo’ladi).
Hujjatlarni o’rganishda jurnalist ham tarixchi, ham psixolog, ham sotsiolog, ham kriminalist, tilshunos va adabiyotshunos bo’lishi kerak. Hujjatlar tahlili qayerdan boshlanadi? Ularning tasnifi bilan. Hujjatning qaysi turi sizning qo’lingizga tushganligini tasavvur qilish kerak, chunki har bir hujjatning har bir turi siz o’zingiz yodda tutishingiz kerak bo’lgan o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Sotsiologlar jurnalistlar uchun ham mos bo’lgan ajratishni qabul qilganlar:
● Axborotni qayd etish usuli bilan (qo’lyozma, bosma hujjatlar, kino va fotografik filmlar, magnit lentalar, ma’lumotlar bazalari).
● Mualliflik turlari bo’yicha (shaxsiy va jamoat, masalan, pul olganlik to’g’risidagi tilxat va jamoa yig’ilishining bayonnomasi).
● Hujjatning maqomi bo’yicha (rasmiy va norasmiy, masalan, hukumat qarori va tushuntirish xati).
● Empirik materialga yaqinlik darajasi bo’yicha (birlamchi, masalan, to’ldirilgan anketalar, ikkilamchi - anketa ma’lumotlarini umumlashtirish asosida so’rovnoma natijalari bo’yicha yozilgan hisobot).
● Hujjat olish usuli bilan (tabiiy ravishda jamiyatda yuritiladigan hujjatlar, masalan, belgilangan namuna bo’yicha tuzilgan statistik hisobotlar va "maqsadli", ya’ni jurnalistning buyrug’i bilan tuzilgan hisobot - masalan, muassasa faoliyati to’g’risidagi guvohnoma) ).
Hujjatning mohiyati va jurnalistning maqsadiga qarab, tahlil qilish usullari tanlab olinadi. Bu umumiy usullar (tushunish va anglab yetish, taqqoslash) yoki maxsus (manbalarni o’rganish, psixologik, sotsiologik, sud ekspertizasi) usullar bo’lishi mumkin.
Hujjatlar bilan ishlashda quyidagi ba’zi qoidalarga amal qilinadi: 1. Hujjatning autentifikatsiyasi. Hujjatning tashqi xususiyatlari - uning shakli, tili, uslubi, shrifti, sanasi. Ma’lumot manbalari bilan ishlagan sanaga e’tibor berish juda muhim, chunki ma’lumotlar eskirishga moyildir. Sud ekspertizasida qo’llaniladigan qoidalar biz uchun ham mos keladi. Ba’zida quyidagi kabi savollarni berish foydali bo’ladi:
a) hujjatda xatoliklar bormi;
b) hujjat nomidan tuzilgan muassasa yoki shaxs unda mavjud bo’lgan ma’lumotlarni tasdiqlash huquqiga egami yoki yo’qmi;
v) bunday muassasa mavjudmi yoki yo’qmi, u qayta tashkil etilganmi yoki hujjat tuzilgan paytda nima deb nomlangan;
d) hujjat mazmuni uning shakliga mos keladimi;
e) matnlar to’g’ri joylashtirilganmi, matn va imzolar oralig’i g’ayrioddiymi va hokazo.
Siz, ehtimol, ommaviy axborot vositalari orqali taniqli siyosatchilarning suhbatlarining turli xil stenogrammalarini yoki videotasvirlarni chiqarish bilan bog’liq bo’lgan mojarolarni eshitgandirsiz. Bunday video hujjatlarni talqin qilishda "... ga o’xshaydigan odam" iborasini ishlatmaslik juda muhimdir. Bu odam aynan o’sha ekanligini aniq bilishingiz kerak.
2. Hujjatdagi ma’lumotlarning haqiqiyligi, ishonchliligi, to’g’riligini aniqlash. Bu yerda hujjat muallifi qanday ma’lumotlardan foydalanganligini aniqlash o’rinli bo’ladi. Birlamchi ma’lumotlar ikkilamchi ma’lumotlarga qaraganda ancha ishonchli hisoblanadi va rasmiy hujjat norasmiy ma’lumotlarga qaraganda afzalroq bo’ladi (lekin bilasizki, har qanday qoidada istisnolar mavjud bo’ladi va buni eslash kerak). Bundan tashqari, hujjatdagi tavsifni (ya’ni haqiqiy ma’lumotni) taxminlardan ajratib ko’rsatish kerak, chunki taxminlar sub’ektiv narsa bo’lib, muallif yoki mualliflar ularni izohlashi yoki sukut saqlashi mumkin.
Axborotning haqiqiy ekanligini aniqlashga ushbu masala bo’yicha barcha mavjud hujjatlar to’plami, ularning qiyosiy tahlili yordamida hujjatni u yog’idan bu yog’igacha tekshirish yordam beradi. Bu juda qiyin tahliliy ish bo’lib, ammo ishonchli faktlarni nashr etish uchun bu juda muhimdir.
Jurnalist hujjatlarni o’rganishga turli maqsadlar bilan murojaat qiladi:
● vaziyat yoki muallifning shaxsi to’g’risidagi ma’lumotni topib oladi,
● muammo yoki odam bilan tanishib chiqadi
● olingan ma’lumotlarni boshqa usullar bilan tekshiradi,
● o’z pozitsiyasini hujjatlar yordamida ishlab chiqadi,
● allaqachon tanish bo’lgan savolga oid bilimlarini chuqurlashtiradi va hokazo.
Ba’zan jurnalist hujjatdan faqat faktlarni oladi, ba’zida u fikr va baholarga qiziqadi.
Тurli xil usullar bilan o’rganilgan hujjatlar jurnalistik materiallarda aks ettiriladi. Jurnalist hujjatni eslatib o’tishi, raqamlar yoki faktlarni tanlab olishi, undan sitata keltirib o’tishi, to’liq nashr etishi mumkin, boshqacha aytganda, jurnalist hujjatni o’z materialining har qanday qoidalariga illyustratsiya sifatida, yoki izoh sifatida yoki asosiy material sifatida ishlatishi mumkin.
Hujjatning maxsus ko’rinishi – bu tahririyat so’rovidir. Unda savollarni aniq belgilash, qonunchilikka asoslanishi va so’rovga javob berish vaqt talab qilishini esda tutish juda muhim hisoblanadi Agar siz jurnalist bo’lsangiz va tahririyat nomidan so’rov jo’natsangiz, mahkama yoki idora sizga 7 kun davomida javob berishi kerak, agar siz so’rovni oddiy fuqaro sifatida yuborsangiz, javob 15 kun davomida kelishi mumkin.
Тahririyat so’rovnomasi18.04.2018 yildagi O‘zRQ №476 bilan “Ommaviy axborot vositalari to‘g’risida” gi va “Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to‘g’risida”gi qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Hujjat «Xalq so‘zi». gazetasida
nashr qilingan. Bu o‘zgarishlar OAV tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga so‘rovnoma yuborish tartibini belgilaydi. Mansabdor shaxslardan intervyu olish, shuningdek ulardan faoliyati to‘g’risida ma’lumot olish uchun davlat organlariga murojaat qilish og’zaki, yozma yoki elektron shaklda bo‘lishi mumkin. So‘rovnoma 7 kun davomida ko‘rib chiqiladi. Salbiy hal qilinganida asoslangan javob jo‘natiladi.
Tahririyat so‘rovnomasi – bu
rasmiy axborot olish shaklidir. So‘rovnomada bir nechta masala qo‘yilgan bo‘lishi mumkin , ularni juda aniq va shunday tavsiflash kerakki, javoblar aniq axborotni tashkil etsin.
Batafsil ma'lumot...Ochiq ma’lumotlarMa’lumotlar jurnalistikasi shunga asoslanganki, jurnalistga ma’lumotlarni qidirib topish, ularni qayta ishlash, tahlil qilish va taqdim etish uchun ma’lum bir ishlarni amalga oshirishi talab etiladi. Ishlarning bunday ketma-ketligi mediada ma’lumotlar bilan ishlashning shakllangan yondashuviga aylandi.