MediaSchool Uzbekistan 2024
Media School Uzbekistan 2024 loyihasi DW Akademie tomonidan Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (MJDC) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Loyiha Germaniya Federativ Respublikasining Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) moliyaviy ko‘magi bilan hayotga tatbiq etilmoqda.

Maktabning ish faoliyati qanday tashkil etiladi?

2024-yil kuzida O'zbekiston Respublikasi Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi» jamoat birlashmasi negizida DW Akademie (Germaniya) ko'magida uch oy davomida "Media menejment" va "Jurnalistika" yo'nalishlari bo'yicha treninglar va boshqa o'quv tadbirlari seriyasi tashkil etiladi.

Maktab o'z ishini 2024-yil sentyabrda Toshkentda boshlaydi.
Tanlov asosida saralab olingan nomzodlar bepul ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Tashkilotchilar yo'l harajatlari va yashash xarajatlarini ham qoplaydi.
O'qitish rus va o'zbek tillarida olib boriladi.

Har bir kurs doirasidagi ta'lim Toshkentda uch kunlik yuzma-yuz treninglar va modullar orasidagi to'rt haftalik masofaviy ta'limni o'z ichiga oladi.

Maktabning afzalliklari

  • Media strategiyani ishlab chiqish
Media-loyihangizning rivojlanish yo'nalishini aniqlash, medianing salohiyati va bozordagi o'rnini oshiradigan asosiy o'zgarishlarni rejalashtirish.

  • Qiziqarli kontent yaratish
Auditoriya uchun qiziqarli mavzularni topish, axborotni yetkazishning an'anaviy va yangi formatlaridan foydalanish.

  • Kontentni boshqarish
Kontentni rejalashtirish, uni ilgari surish va sotish. Jurnalistlar ishi sifatini nazorat qilish, auditoriya va uning afzalliklarini tahlil qilish.

  • Jurnalistikada vizuallashtirish vositalaridan foydalanish
Oddiy va bepul vizuallashtirish vositalari yordamida multimediya vositalarini yaratish va tayyorlash.

  • OAVni monetizatsiya qilish
Tahririyatning moliyaviy faoliyatini rejalashtirish, rivojlanishning optimal biznes-modelini izlash, reklamani jalb qilish, moliyaviy mablag'larni jalb qilishning standart va nostandart usullari.

  • O'z materiallarini ilgari surish
Ijtimoiy tarmoqlarda kontentni ilgari surishning optimal kanallarini aniqlash. Kontentni ehtiyojlar va o'ziga xos xususiyatlarga muvofiq "qayta qadoqlash
Media menejment" kursi jadvali
I Modul / 27-29.09. 2024
Raqamli mediada yetakchilik va strategiya
II Modul / 25-27.10.2024
Kontent va auditoriya bilan o'zaro aloqa
III Modul / 22-24.11.2024
Monetizatsiya, sotuvlar va moliyaviy barqarorlik
Yakuniy uchrashuv
(25.11.2024)
Kurs natijalarini yakunlash
"Raqamli jurnalistika" kursi jadvali
I Modul / 27-29.09. 2024
Raqamli jurnalistika tamoyillariga kirish
II Modul / 25-27.10.2024
Vizual storytelling va onlayn platformalar
III Modul / 22-24.11.2024
Ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash
Yakuniy uchrashuv
(25.11.2024)
Kurs natijalarini yakunlash

Diqqat!

Uy vazifasini bajarish uchun iltimos kompyuterdan foydalaning (telefondan emas), shunda texnik muammolardan qochishimiz mumkin.

Classroom platformasiga kirish uchun faqat bitta faol Google akkauntidan foydalaning. Qolgan akkauntlar bloкlanadi

Barcha savollar bo'yicha biz bilan bog'laning:

E-mail: cdmjuz@gmail.com

Telefon (telegram): +998 95 029 21 20

Lola Islamova
Media ekspert, "Media menejment" kursi rahbari
O'zbekiston Respublikasi Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi» NNT Boshqaruv kengashi raisi. "Anhor.uz" internet nashrining bosh muharriri.
Vitaut Rudnik
Media ekspert, "Jurnalistika" kursi rahbari va bosh treneri
1997-yildan buyon trener, ekspert, media loyihalar rahbari sifatida BBC Media Action (Buyuk Britaniya), Deutsche Welle Akademie (Germaniya), Media Akademie (Niderlandiya), YXHT, Xalqaro migratsiya tashkiloti, DVV International (Ukraina), "Belarus jurnalistlar uyushmasi" kabi tashkilotlar dasturlari doirasida faoliyat yuritgan.

Zamonaviy jurnalistika maktabining asoschisi va rahbari (Grodno, Belarus, 1997-2019).

Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti tarix fakultetini tugatgan (1993). Jurnalistika va jurnalistikani o'qitish sohasida Chexiya, Polsha, AQSh va boshqa bir qator mamlakatlarda ta'lim olgan
Saida Sulaymonova
Media ekspert, "Jurnalistika" kursi treneri. Media maktab direktori
O'z.R. Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi direktori
Darya Osmanova
Media ekspert, "Jurnalistika" kursi treneri
Jurnalist, media trener, "O'zbekiston Respublikasi Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi" hammuassisi.

Jurnalistika sohasida 20 yillik pedagogik tajriba, kommunikatsiya nazariyasi va multimedia bo'yicha 60 dan ortiq ilmiy maqolalar, Data-jurnalistika, fakt-cheking va media savodxonlik bo'yicha o'quv qo'llanmalar va onlayn kurslar muallifi, o'yin kontentini ishlab chiquvchi.

Mamlakat va mintaqaviy media loyihalar ishtirokchisi, MM-mutaxassis, kreator.
Anna Romandash
Media ekspert, "Media menejment" kursi treneri
Mukofotlarga sazovor bo'lgan ukrainalik jurnalist, turli mintaqalarda media tashkilotlarni yangilash va rivojlantirish ustida ishlovchi muallif va media trener.
Boburmirzo Yigitaliyev
Media ekspert, "Jurnalistika" kursi treneri
Mintaqaviy tahdidlarni o'rganish markazi direktor o'rinbosari, O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti o'qituvchisi. Media trener
Taisiya Garmash
Media ekspert, "Media menejment" kursi treneri
Media sotuvlar sohasida bo'limlarni tashkil etish va jamoalarni boshqarish bo'yicha ekspert. Fondlarni jalb qilish va loyihalarni boshqarish bo'limi rahbari. Mustaqil medialarni rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta'minlash bo'yicha trener, mentor va maslahatchi
Emil Faxreyev
Media ekspert, "Jurnalistika" kursi treneri
Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi media eksperti.
Loyihalar ishlab chiquvchisi va koordinatori, o'yinlar ishlab chiquvchisi, media trener, fasilitator, IT va ijtimoiy tarmoqlarda reklama vositalari bo'yicha ekspert.
Denis Vasilkov
Media ekspert, "Jurnalistika" kursi treneri
SMM, striming va podkasting sohasidagi ekspert. Mintaqaviy medialarni yaratish va ilgari surish bo'yicha katta tajribaga ega.

Belarus Media menejment maktabi bitiruvchisi. Trener va media ekspert sifatida Belarus, Armeniya va Rossiyada faoliyat yuritgan
    © 2024 MJDC.uz