bu uch modulli mediamenejment, jurnalistika va bitiruvchilar hamjamiyati maktabini birlashtirgan loyiha bo‘lib, zamonaviy media vositalarini amaliy o‘rganish, reaksiyaviy jarayonlarni boshqarish, kontentni ilgari surish, shuningdek, kasbiyl tajriba almashish va O‘zbekiston media ekotizimini birgalikda rivojlantirish uchun maydon yaratadi.
Media School Uzbekistan
School
Media
2019-yildan beri Deutsche Welle Akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi ko‘magida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston media maktabi "Mediamenejment" va "Jurnalistika" yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim dasturlarini taqdim etmoqda. O‘qitish rus va o‘zbek tillarida olib borilib, Toshkent viloyatida uch kunlik bevosita treninglarni hamda uchta modul oralig‘ida masofaviy (uch-to‘rt haftalik) mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi. O‘quv jarayoni har yili kuz faslida (sentyabr, oktyabr, noyabr oylarida) amalga oshiriladi.

O‘quv dasturlari tuzilmasi zamonaviy mediasanoat sharoitida samarali faoliyat yurita oladigan media-menejerlar va jurnalistlarni har tomonlama tayyorlashga qaratilgan 2 ta asosiy yo‘nalishni (har birida 12 nafar ishtirokchi) taklif etadi.

O‘qitish modul tizimida tashkil etilgan - har bir yo‘nalish bo‘yicha jami 3 ta modul:
  1. Menejerlar uchun mo‘ljallangan "Mediamenejment" kursida quyidagilar o‘rganiladi:
  • Mediastrategiyalar va rivojlantirish: Medianing o‘sishi uchun strategiyalarni ishlab chiqish, muhim o‘zgarishlarni rejalashtirish va bozordagi o‘rnini mustahkamlash.
  • Mediani boshqarish va daromad keltirish: Kontentni rejalashtirish va uni ilgari surish, maqbul biznes modellarini tanlash, mablag‘larni jalb qilish va xarajatlarni optimallashtirish.
  • Media jamoalarini samarali boshqarish

2. Jurnalistlar uchun mo‘ljallangan "Jurnalistika" kursida quyidagilar o‘rganiladi:
  • Kontentni yaratish: Dolzarb mavzularni topish, qiziqarli va foydali kontentni yaratish, axborot berishning turli shakllari bilan ishlash.
  • Vizualllashtirish va ijtimoiy tarmoqlar: Multimedia vositalaridan foydalanish, ma’lumotlarni vizuallashtirish, ijtimoiy tarmoqlarda kontentni ilgari surish, shuningdek, materiallarni auditoriya va platformaga moslashtirish.

Saralab olingan ishtirokchilar bepul o‘qitiladi. Tashkilotchilar yo‘lkira, yashash va ovqatlanish xarajatlarini ham o‘z zimmalariga oladilar.
Mediamenejment va jurnalistika bo‘yicha amaliy bilim va tajribadan iborat o‘quv mashg‘ulotlarini xalqaro professionallar jamoasi olib boradi.
Ta‘limning yakuniy bosqichi o‘quvchilar jamoalari tomonidan ishlab chiqilgan medialoyihalar taqdimotini o‘z ichiga oladi, bu esa olingan bilimlarni amalda qo‘llash va o‘quv natijalarini namoyish etish imkonini beradi.
School
Media
Maktabning afzalliklari

  • Mediastrategiyani ishlab chiqish
O‘z mediasini rivojlantirish istiqbolini belgilash, media salohiyati va uning bozordagi mavqeini oshiradigan asosiy o‘zgarishlarni rejalashtirish.

  • Qiziqarli kontentni yaratish
Auditoriya uchun qiziqarli mavzularni topish, axborot berishning an’anaviy va yangi shakllaridan foydalanish.

  • Kontentni boshqarish
Kontentni rejalashtirish, uni ilgari surish va sotish. Jurnalistlar ishining sifatini nazorat qilish, auditoriya va uning qiziqishlarini tahlil qilish.

  • Jurnalistikada vizuallashtirish vositalaridan foydalanish
Vizuallashtirishning sodda va bepul vositalari yordamida multimedia vositalarini yaratish va tayyorlash.

  • OAVni daromadli qilish
Tahririyatning moliyaviy faoliyatini rejalashtirish, rivojlanishning optimal biznes modelini topish, reklamani jalb qilish, moliyani jalb qilishning standart va nostandart usullari.

  • O‘z materiallarini ilgari surish
Ijtimoiy tarmoqlarda kontentni ilgari surishning optimal kanallarini aniqlash. Ehtiyojlar va xususiyatlarga muvofiq kontentni "qayta qadoqlash."

kunlik Loyihalar
MediaSchool kurslarida tahsil olganlar
ta loyiha (20 ta jurnalistik medialoyiha va 20 ta mediakontentni ilgari surish va daromadli qilish loyihalari).

Butun dunyodan nafar xalqaro murabbiylar.
12
50+
40
144
Media School raqamlarda
19—24
64% не знают об "этом"
2019
2020
2022
Город, который
мы (не) теряем
2024
MILLIY.UZ
2021
Таланты в тени
2023
Фарзона Хамидова
Хабибуллаева Дилором
Джеймс Али
Дарина Микс
Дана Опарина
Дарья Османова
Севинч Алимходжаева
Ева Абдураимова
Дилявер Аблякимов
Loyihalar
2024
Galereya
2024
2023
2022
2021
2020
2019
cdmjuz@gmail.com
Aloqa kontaktlari

Media School Uzbekistan 2025 loyihasi DW Akademie tomonidan Germaniyaning Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) moliyaviy ko‘magida Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (MJDC) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.