Poytaxtning Chilonzor tumanida The Ritz-Carlton Tashkent mehmonxonasi qurilayotgan maydonda 12 tup qimmatbaho daraxt qo‘porilib tashlandi. Bu haqda Milliy ekologiya va iqlim o‘zgarishlari qo‘mitasi raisi maslahatchisi, ekologik qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha mutaxassis Rasul Kusherbayev xabar qildi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda daraxtlarni kesishga nisbatan amalda bo‘lgan muddatsiz moratoriyga qaramasdan, qurilish uchun ajratilgan uchastkada ruxsatsiz ravishda 12 tup daraxt ildizi bilan qo‘porib tashlangan. Bundan tashqari, boshqa hududlardagi yashil o‘simliklarning ham kesilgani tekshirilmoqda. Kusherbayevning so‘zlariga ko‘ra, qurilish kompaniyasi vakillari jarayonni video shaklida yozib olishga to‘sqinlik qilgan.
Keyinchalik maslahatchi tabiatga yetkazilgan zarar 351 mln so‘mdan oshganini ma'lum qildi. Zarar miqdori kattaligi sababli materiallar huquqiy baho berish uchun prokuratura organlariga topshirildi. "Endi so‘z navbati prokuraturada", — deb ta'kidladi Kusherbayev.
Ilgari biz 2023- va 2025-yillarga tegishli sun'iy yo‘ldosh tasvirlarini tahlil qilgan edik — ularda hududdagi bir nechta daraxtlarning yo‘qligi ko‘zga tashlanadi. Shuningdek, biz qurilish texnikasining maydonda ekologik ekspertiza berilishidan oldin paydo bo‘lgani haqida ham yozgan edik.
"Menga doim qiziq bo‘ladi: daraxt ekilgan yerni biror ob'ekt qurilishi uchun ajratayotganlar nima haqida o‘ylashadi, keyin esa u yerda daraxtlar kesilganidan chin dildan hayron qolishadi", — deb yozadi Kurbanoff.net blogi muallifi, iqtisodchi Shuhrat Qurbonov.
"Daraxtlarni kesayotganlarga hech qanday tarzda himoya qilmayapman, ammo dastlabki rejalarda binoning daraxtlar o‘rnida ko‘rsatilganini ko‘rib, qayday ob'ekt qurilishini bilib turib, bu yerlarni ajratayotganlarga ham e'tibor qaratmoqchiman", — deb yakunladi u.
O‘tgan yilning 22-noyabrida Pasha Development - Ozarbayjon developer kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan PD Estates kompaniyasi 2024–2026-yillarda 150 xonali mehmonxona qurilishi loyihasini amalga oshirishga 200 mln dollar investitsiya kiritishni maqsad qilgan edi.
Dastlab Ritz-Carlton mehmonxonasini Tashkent City biznes markazi hududida ochish rejalashtirilgan edi. 200 metrlik inshoot O‘zbekistonda va butun Markaziy Osiyoda eng baland bino bo‘lishi kerak edi. Qurilishni Murad Buildings kompaniyasi, konstruktiv ishlanmalarni esa yapon loyihalash tashkiloti Nihon Sekkei amalga oshirishi lozim edi, biroq loyiha amalga oshmadi.