Bizga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida yashovchi II guruh nogironligi bo‘lgan 29 yoshli A.A. murojaat qildi. U 2024-yilda Nukus davlat pedagogika institutining “Psixologiya” fakultetini tamomlagan, biroq haligacha ishga joylasha olmayapti va kamsitishlarga duch kelmoqda. Quyida uning murojaatini keltiramiz.
"Vaziyatimdan kelib chiqib, shaxsan Sizga, hurmatli Prezident, iltimos bilan murojaat qilmoqdaman. Sizning 2025-yil 8-maydagi PF-85-sonli Farmoningiz asosida men ish izlab barcha tegishli tashkilotlarga murojaat qildim, biroq bugungi kungacha ijobiy javob olmadim.
Har juma kuni tumanimiz hokimi B.B. Madaminov qabuliga kelib, og‘zaki va yozma ravishda yordam so‘rayman. Qabulda prokuratura, Ijtimoiy himoya agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi vakillari, hokim o‘rinbosari A.Mamutov, maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i F.Ergulanova ishtirok etadi. Ammo nogironligim sababli meni o‘qigan mutaxassisligim bo‘yicha ishga olishmayapti.
Qabulda hokim o‘rinbosari A. Mamutov mendan test oldi. Barcha savollarga to‘g‘ri, xatosiz javob berdim. Lekin u, nazarimda, menga "ruhiy kasal"dek munosabatda bo‘lib, ustimdan kuldi. Shundan so‘ng u meni ishga joylashtirish bo‘yicha hech qanday yordam ko‘rsatmadi. Hokim o‘rinbosari A. Mamutovning xatti-harakatlarini haqorat deb hisoblayman va unga nisbatan choralar ko‘rilishini so‘rayman.
2024-yilda Qo‘ng‘irot tumani madaniyat bo‘limining sobiq rahbari ahvolimdan xabardor bo‘lib, meni mavsumiy garderobchi lavozimiga ishga oldi. Bu ish oilam uchun yaxshi qo‘shimcha daromad edi. Madaniyat bo‘limining hozirgi rahbari T.Otepovdan meni shu ishga tiklab berishni so‘raganimda, yordam berishni va’da qildi, lekin ikki oydan beri masalani hal qilmayapti.
Men 2025-yil 8-maydagi PF-85-sonli farmon bo‘yicha barcha idoralarga murojaat qildim, lekin ishga joylasha olmadim. Ishga joylashishda yordam berishingizni iltimos qilaman. Shuningdek, yuqorida ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan chora ko‘rishingizni so‘rayman.
Qo‘ng‘irot tumani hokimi B.B. Madaminovga hech qanday e’tirozim yo‘q.”
"Abdulaziz, ovozingiz buzilib eshitilyapti!": yoki nogironligi bo‘lgan nomzodni “sindirib yuborish”ning eng g‘alati usuli
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida ishlaydigan Abdulaziz Salimov ishga qabul qilishda ham diskriminatsiyaga uchraganini aytdi.
Uning faoliyatining asosiy yo‘nalishi turli xil nogironligi bor insonlar uchun raqamli xizmatlarning qulayligini tekshirishdan iborat.
U ish izlashni 2016-yildan boshlagan va juda tez bir narsani tushungan: gap ko‘nikmalar, tajriba va fikrlash haqida ketayotgan paytda sen zo‘r mutaxassissan.
“Ammo HR nogironlik haqida xabar topishi bilanoq, xonadagi (yoki qo‘ng‘iroqdagi) muhit bir zumda o‘zgarardi. Har doim ham darhol rad javobi berilmasdi, yo‘q. Ko‘pincha g‘alati sukut, majburiy muloyimlik va suhbat endi mutaxassis bilan emas, balki “muammo” bilan davom etayotgandek noqulay his paydo bo‘lardi”, - deb ta’kidlaydi u.
Bu yillar davomida u ellikdan ortiq tashkilotga murojaat qilgan. O‘qishlar, testlar, uzoq suhbatlar va “biz sizni olardik, lekin…” degan gaplar bo‘lgan. Va bu “lekin” so‘zi doimo juda mavhum bo‘lgan.
“Gap na malaka haqida, na xatolar haqida. Qandaydir mavhum qo‘rquvlar haqida. Go‘yoki nogironligi bo‘lgan odam foyda keltiradigan xodim emas, balki hech kim javobgarlikni olishni istamaydigan tirik xavf”. Bir safar Payme call-markaziga ishga joylashmoqchi bo‘ldim. Suhbatdan, o‘qishdan, testlardan - hammasidan o‘tdim. Keyin katta operator qo‘ng‘iroq qilib: “Siz bizga to‘g‘ri kelmaysiz”, - degan. Sabablar esa “dahona”: go‘yoki men kompyuterda sekin ishlar ekanman va mening ovozli dasturim mijozga eshitilarkan.
Abdulazizning aytishicha, operator uning qanday ishlashini tekshirib ham ko‘rmagan.
“Soxta kamtarliksiz aytaman: men klaviatura qisqa buyruqlari orqali ko‘rish qobiliyatiga ega xodimlarning sichqonchasini sudrab yurganidan tezroq ishlayman. Ammo Payme shunchaki sabab o‘ylab topdi va masalani yopdi. Shundan beri ularning xizmatidan ataylab foydalanmayman - ha, men shunaqa xotirasi kuchli odamman”.
Abdulazizning yozishicha, eng g‘alati va kutilmagan holat boshqa bir suhbatda sodir bo‘lgan.
“Onlayn qo‘ng‘iroq, yoqimli qiz, xotirjam suhbat, hammasi a’lo darajada. Men mos kelaman, menga vakansiya yoqdi. Oxirida, odatdagidek, nogironligim haqida ogohlantirdim. Sukut. Qarshi tomondagi ovoz o‘zgaradi va birdan: - Abdulaziz, ovozingiz yaxshi eshitilmayapti... Abdulaziz, vaqillayapsiz! Va qo‘ng‘iroq uzildi. Na rad javobi, na izoh. Shunchaki - “vaqillayapsiz”. Qayta qo‘ng‘iroq ham qilmadim. Bir soniyada seni ‘efirdagi xalaqit’ga aylantirishgan bo‘lsa, nima keragi bor?”
Abdulazizning ta’kidlashicha, bu “vaq-vaq” mamlakat mehnat bozorining mukammal metaforasidir.
“Ish beruvchilarga ‘aloqa yomon’ deb ko‘rsatish, inklyuziyadan qo‘rqayotganini tan olishdan ko‘ra osonroq. Aloqani tuzatish mumkin, ammo xurofot va noto‘g‘ri qarashlarni yengish ancha murakkab”.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi ishga joylashtirilgan nogironligi bo‘lgan shaxslar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilmaydi. 2024-yilda Toshkent shahrida jami 1524 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs ish bilan ta’minlangan bo‘lib, ulardan 1449 nafari erkaklar, 75 nafari ayollardir. Shu bilan birga nogironligi bo‘lgan ayollar ko‘pincha farrosh, tikuvchi, kassir kabi kam haq to‘lanadigan va past malakali lavozimlarni egallaydilar.
Dana Oparina