O‘zbekistondagi bir qator qonunlar, me’yoriy hujjatlar va siyosiy o‘zgarishlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlashga qaratilgan. Biroq, Farg‘ona vodiysidagi fuqarolik jamiyati ekspertlari IHXH (IPHR) tashkilotiga ma’lum qilishlaricha, go‘yoki ijtimoiy xodimlar ko‘magida ish bilan ta’minlangan ko‘plab nogironligi bo‘lgan shaxslar aslida hisobot berish uchun rasman ish bilan ta’minlangan deb rasmiylashtirilgan.
Amalda ular ko‘pincha rasmiylashtirilgandan so‘ng tez orada ishdan bo‘shatilgan yoki umuman ish boshlamagan. Ba’zi hollarda nogironligi bo‘lgan shaxslar hatto qaysidir tashkilotning xodimi sifatida rasmiy ro‘yxatga olinganini ham bilmagan:
“Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha tashabbuslari haqida tez‑tez hisobot beradi, biroq statistika bilan manipulyatsiya qilinadi. Ayrim hollarda – masalan, Farg‘ona viloyati bo‘yicha – keltirilgan raqamlarni amalda erishishning iloji yo‘q. Turli usullar mavjud: nogironligi bo‘lgan shaxslarni bandlik ko‘rsatkichlarini oshirish uchun vaqtincha ishga olishadi, so‘ng esa tez orada ishdan bo‘shatishadi”, - dedi fuqarolik jamiyati vakili.
Anora voqeasi: statistik ma’lumotlarni manipulyatsiya qilish
Ko‘rish qobiliyati cheklangan sobiq talaba Anora IHXH (IPHR) bilan o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi: raqamli soliq holatini tekshirish paytida u o‘zi bilmagan holda "o‘zini o‘zi band qilgan" sifatida ro‘yxatdan o‘tganini aniqladi. Ehtimol, bu uning barmoq izlari va shaxsiy ma’lumotlari to‘plangan universitetga o‘qishga kirish paytida sodir bo‘lgan. Shunday qilib, bandlik ko‘rsatkichlari sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatilmoqda. U universitet ma’muriyatiga murojaat qilib, nega uning ma’lumotlari uzatilganini so‘raganida, unga bu "yuqoridan kelgan buyruq" ekanligini aytishgan.
Ismi sir qolishini istagan ish izlovchilardan biri shunday dedi: "Menga mahalla ijtimoiy xodimi qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishimni so‘radi. Ammo o‘z-o‘zini band qilish uchun menda na asos, na imkoniyat bor. Nima qilishim kerak?”
Boshqa bir holatda ijtimoiy xodim onaga shunday taklif bildirdi: "Qizingizni tikuvchilik ustaxonasida ishlayotgan deb rasmiylashtiraylik. Uning tikishni bilish-bilmasligi muhim emas – uni hisobotga band fuqaro sifatida kiritish kifoya. Hisobot topshirilgach, u istalgan paytda ishdan ketishi mumkin”.
Ayrim fuqarolik jamiyati ekspertlarining ta’kidlashicha, Farg‘ona vodiysidagi ko‘plab nogironligi bo‘lgan shaxslar hozirda davlat nafaqalariga qaram bo‘lib qolmoqda. Ularning fikricha, bandlik va daromad manbalari uchun sharoit yaratish davlat yordamiga bog‘liqlikni kamaytirib, ayni vaqtda soliqlar hisobidan byudjet tushumlarini oshirishga imkon beradi. Shunda mehnat bozorida nogironligi bo‘lgan shaxslar qo‘shimcha yuk emas, balki qimmatli va raqobatbardosh mehnat resursi sifatida qabul qilinadi.
Kengroq ma’noda, bunday chora-tadbirlar ijtimoiy mas’uliyat, inklyuzivlik va bag‘rikenglikni mustahkamlashga yordam beradi.
Biroq bunga erishish uchun nogironligi bo‘lgan shaxslarning o‘ziga xos ehtiyojlarini hisobga olgan holda ish joylarini moslashtirishni maqsadli qo‘llab-quvvatlash va mas’uliyatni taqsimlash zarur - bunda ijtimoiy xodimlar bunday baholashlarni o‘tkazish va tegishli yechimlarni ishlab chiqish uchun zarur malakaga ega emas.
Faollardan biri ta’kidlaganidek: "Hokimiyat organlariga yo‘llayotgan murojaatimiz aniq: qisqa muddatli istiqbolda sarmoya kiritish zarur bo‘lsa-da, uzoq muddatda ular o‘zini oqlaydi. Odamlarning oyoqqa turib olishiga ko‘maklashilsa, ular ishlab, daromad topishi va shu orqali iqtisodiyotga ham, jamiyatga ham o‘z hissasini qo‘shishi mumkin”.
Mafkuraviy tafovutlar: tibbiy-xayriya yondashuvidan inson huquqlarini himoya qilishga qadar
O‘zbekistonda nogironlik sohasidagi zamonaviy siyosiy yondashuvlar va amaliyotlar hali ham sovet davridan meros qolgan modellar ta’sirida shakllanmoqda, deyiladi hisobotda.
Sovet tizimida nogironlik birinchi navbatda mehnat qobiliyatining pasayishi prizmasi orqali belgilanib, davlat siyosati insonning mehnat faoliyatida ishtirok etish qobiliyatini tiklashga qaratilgan edi. Nogironlikning bunday tibbiy tushunchasi buzilishni tuzatishni talab qiladigan shaxsiy nuqson sifatida ko‘rib chiqdi va nogironligi bo‘lgan bolalar va kattalarning keng institutsionallashuvini oqladi, ular izolyatsiyalangan muassasalarda parvarish va himoya bilan ta’minlanadi deb taxmin qilindi.
Bu yondashuv achinish va xayriya asosidagi paternalistik “yordam” tamoyili bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, u huquqlar va mustaqillikdan ko‘ra ko‘proq achinish va xayriya tushunchalariga tayangan. Ushbu qarashlar bugungi kunda ham O‘zbekistonda nogironlik qanday belgilanishi, tushunilishi va tartibga solinishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda.
Fuqarolik jamiyati ekspertlari tarixan shakllangan mental yondashuv ham siyosatchilarga, ham fuqarolik jamiyatining bir qismiga hanuzgacha o‘z ta’sirini ko‘rsatayotganini, ayniqsa, hozirgacha kasallik va layoqatsizlik bilan bog‘liq atamalar qo‘llanib kelinayotganini ta’kidlamoqda. Fuqarolik jamiyati vakillaridan biri shunday dedi: “Ular ishlayotgan, pul topayotgan va nafaqa olayotgan paytlarida o‘z kasalliklarini unutishadi”.
Natijada, nogironlikka nisbatan ijtimoiy yondashuv yetarlicha anglanmayapti va kam qo‘llanilmoqda. Inklyuziv amaliyotlar esa aynan ijtimoiy yondashuvga asoslangani bois, ekspertlarning qayd etishicha, inklyuziyani tibbiy model orqali ilgari surishga bo‘lgan urinishlar ko‘p hollarda samarasiz bo‘lib chiqmoqda.
Avvalroq yozganimizdek, 2024-yilda Toshkent shahrida 1524 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs ish bilan ta’minlangan bo‘lib, ulardan 1449 nafari erkaklar, 75 nafari ayollardir. Bunda nogironligi bo‘lgan ayollar ko‘pincha kam haq to‘lanadigan va past malaka talab qiladigan kasblarda ishlaydi — masalan, farrosh (13,3%), tikuvchi (9,33%), kassir (5,33%).