TAQIQCHI.UZ
O‘zbekistonda aholining huquqiy savodxonligi pastligicha qolmoqda. Ko‘plab fuqarolar mavjud cheklov va taqiqlar haqida yetarli ma’lumotga ega bo‘lmagani uchun bilib-bilmay qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yadi. Biz esa odamlarning taqiqlar haqidagi bilimini oshirib, bunday xatolarning oldini olishga yordam beramiz!
HAYRATLANARLI VA QIZIQ TAQIQLAR
Dunyoning turli mamlakatlarida amal qiladigan kulgili, g‘aroyib yoki ajablanarli taqiqlar.
O'zbekistondagi tadbirlarda bepul mahsulot tarqatish taqiqlangan.
Ommaviy tadbirlar, bayramlar yoki reklama aksiyalari paytida jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan tovarlarni (mahsulotlarni) bepul tarqatish taqiqlanadi. Bu cheklov (2024-yil iyul) joriy etilgan va tijorat faoliyatiga taalluqli.
Batafsil o'qish!
Qizil siyohdan foydalanish taqiqlangan.
O'zbekistonning davlat va rasmiy tashkilotlarida hujjatlar (arizalar, blankalar,bayonnomalar, hisobotlar va hokazo) to'ldirilganda yoki imzolanganda qizil rangdagi siyoh (ruchka) dan foydalanish qat'iyan man etiladi.
Batafsil o'qish!
Tailandda uydan ich kiyimsiz ko'chaga chiqish taqiqlangan.
Tayland jinoyat kodeksida axloqsizlikka oid modda bor. Ya’ni, ochiq jamoat joylarida jinsiy jihatdan qat’iy nazar ich kiyimsiz yurish taqiqlangan.
Batafsil o'qish!
QONUNCHILIKDA NIMA DEYILGAN?
Eng so‘nggi qonunlar va tuzatishlar haqida qisqa videolar. Muhim ma’lumotlar — bir joyda. O‘zgarishlarning mazmunini har kim tushunishi uchun sodda tilda izohlab beramiz.
INFOGRAFIKALAR
BIZNING HAM AYTADIGAN SO'ZIMIZ BOR
  • “Men hech kimga zarar yetkazmoqchi emasdim”
    Jinoyat kodeksining 244–1-moddasi bo‘yicha besh yilga ozodlikdan mahrum etilgan S.R. bilan shartli intervyu.
  • “Bu voqea menga katta dars bo‘ldi”
    Ommaviy tadbirda tartib qoidalarini buzganlikda ayblangan 21 yoshli M.M. bilan shartli intervyu.
  • “Men bunga beparvolik deb qaradim, lekin bu jiddiy qonunbuzarlik ekan”
    Shaharsozlik qonunchiligini buzganlikda ayblanayotgan mansabdor shaxs B.Q. bilan shartli intervyu.
SAVOLLARGA JAVOB BERAMIZ
  • Alisher Saidov
    Yurist
    Savol: Alisher aka, "jamoat joyi" deganda qonunchilik nimani nazarda tutadi. O`zi umumiy taqiqlar qayerlarda amal qiladi?

    Javob: "Jamoat joyi" degan tushuncha juda keng. U oddiygina park va xiyobonlarni emas, balki jamoat transportini, vokzallarni, aeroportlarni, ta'lim muassasalarini, savdo markazlarini, madaniy muassasalarni (muzey, teatr), shuningdek, ko'p qavatli uylarning umumiy foydalaniladigan joylarini (kirish yo'laklari, zinapoyalar) ham o'z ichiga oladi. Umumiy taqiqlar aynan shu joylarda fuqarolar birgalikda, tinch va xavfsiz yashashini ta'minlashga qaratilgan.
  • Sevin Nizamova
    Yurist
    Savol: Fuqarolar ba'zan taqiqlardan norozi bo'lishadi. Ularning fikricha, qoidalar ortiqcha cheklovdir. Sizningcha, yuridik nuqtai nazardan, taqiqlar jamiyatga umuman kerakmi?

    Javob: Bu juda o'rinli savol. Huquqshunoslikda taqiqlar zaruriyati qat'iy isbotlangan. Qisqa javob: Ha, taqiqlar jamiyatning mavjudligi va rivojlanishi uchun mutlaqo zarurdir. Taqiq huquqiy tartibga solishning uchta asosiy usulidan biridir (ruxsat berish, majburlash va taqiqlash). Taqiqning maqsadi bizni jazolash emas, balki barchamizning manfaatlarimizni himoya qilishdir.
BIZNING JAMOA A'ZOLARI
Birlashib biz katta kuchmiz!
  • Feruzbek Sayfullayev
    Loyiha koordinatori, ssenarist
    Taqiqchi.uz – odamlar uchun eng zarur bo‘lgan loyihalardan biri, deb hisoblayman. Chunki biz aholining huquqiy savodxonligini oshirish orqali bexosdan sodir bo‘ladigan xatolarning oldini olamiz.
  • Gulsanam Mirzarahimova
    Loyiha koordinatori, SMM mutaxassis
    Men uchun taqiqchi.uz — bu jamiyatga real foyda keltiradigan noyob tashabbus. Odamlar ko‘pincha qaysi ish mumkin, qaysi ish taqiqlanganini bilmaydi, biz esa aynan shu bo‘shliqni to‘ldiryapmiz.
  • Muxtar Umbetov
    Loyiha koordinatori, montajyor, operator
    Loyiha menga katta ilhom beradi, chunki biz odamlar hayotida haqiqiy o‘zgarish yasayapmiz. Ayrim fuqarolar hatto oddiy qoidalarni bilmagani uchun jarima yoki muammolarga duch keladi, biz esa bunga barham berishga harakat qilyapmiz.