Yangiliklar

"Bitiruvchidan orzudagi jamoaga" - MediaSchoolda ta’lim olish qanday qilib karyeraga yo‘l ochdi

"Men jurnalistikani deyarli tashlab yuborayozgan edim" - bugun Anastasiya Mixeyeva DW Mediamaktabiga o‘qishga kirishdan oldingi davrni shunday eslaydi. U jurnalistika universitetida tahsil olib, Toshkentdagi nashrlardan biriga kolonkalar yozib turganiga qaramay, bu ish unga quvonch bag‘ishlamasdi.

Har bir matn mashaqqat bilan yozilardi, muharrirlar maqolalarni tugamas tuzatishlar bilan qaytarishar, Anastasiyaning o‘zi esa bir joyda depsinib qolganini his qilardi. Universitetdagi nazariy mashg‘ulotlar hayotdan uzilib qolgandek tuyular, ilhom esa tobora so‘nib borardi. "Bu haqiqiy ijodiy boshi berk ko‘cha edi, - deb tan oladi Anastasiya. - Kasbimda o‘zimni namoyon eta olishimga shubha qila boshladim."

Aynan shu paytda taqdir unga imkoniyat taqdim etdi: rahbar DW Mediamaktabiga qabul haqidagi e’lonni yubordi. Suhbatda Anastasiya o‘zining inqirozi haqida va o‘quvchi e’tiborini jalb qilishni, yorqin sarlavhalar yaratishni hamda yangi g‘oyalar topishni o‘rganishni istayotganini ochiqchasiga aytdi. U tanlovdan o‘tdi va bu hayotidagi burilish nuqtasi bo‘ldi.

Nafaqat o‘qish, balki ijodiy lager

O‘quv dasturi bir necha kunga shahar tashqarisiga chiqishni o‘z ichiga olgan. Bu Anastasiya uchun juda hayajonli edi, chunki u hech qachon bunday tadbirlarda qatnashmagan. Lekin birinchi kundanoq u o‘zida yo‘q xursand edi.
"Aslida bunday ko‘lamni kutmagandim, - deb eslaydi Anastasiya. - Murabbiylar bilan tanishganimizda hayron qoldim: bular universitetdagi qattiqqo‘l o‘qituvchilar emas, balki mutlaqo ochiq, quvnoq va qiziqarli, katta professionallikka ega insonlar edi. Avval fikrimizni eshitib, keyin ko‘nikma berishardi.

Qizning so‘zlariga ko‘ra, muhit juda erkin va yoqimli edi. Ishtirokchilar ko‘pincha jamoalarga bo‘lingan va birgalikda ishlagan, g‘oyalar esa tom ma’noda to‘lib-toshgan. Darslardan tashqari, u "enerjayzerlar" va "darslardan" keyin tashkil etilgan ko‘ngilochar dasturlardan juda ta’sirlangan. Bularning barchasi uni chinakam ilhomlantiradigan va qo‘llab-quvvatlaydigan joyga tushib qolgandek his qildi.
DW Mediamaktabidagi darslarda zerikishning iloji yo‘q edi. Murabbiylar xuddi ziyofatdagi DJ’lar kabi bir-birlarini almashtirib, mavzularni to‘ldirib, ishtirokchilarning qiziqishini uyg‘otishdi. Anastasiya barcha g‘oyalarni darhol amalga oshirishni xohlaganini va o‘qituvchilar har doim bunga imkon berganini eslaydi. Har bir dars shunchaki ma’ruza emas, balki nazariya bir zumda amaliyotga aylanadigan haqiqiy ijodiy sprint edi.

Uch modul davomida barcha ishtirokchilar, murabbiylar va tashkilotchilar do‘stlashib, haqiqiy jamoaga aylandilar. "Men maktabning afsonaviy fishkasi - "Sirli do‘st" o‘yinini hech qachon unutmayman," - deydi u. - Har kimning, mavqeidan qat’i nazar, har kuni kutilmagan sovg‘alar ulashadigan shaxsiy do‘sti bo‘lardi. Bu kayfiyatni juda ko‘tarardi."
O‘qish davomida qiz o‘zini jurnalistikada qanday ko‘rishini, unga nima chindan ham qiziq ekanligini va o‘z salohiyatini qanday ro‘yobga chiqarishni uzil-kesil tushunib yetdi. Bu tushuncha unga katta turtki berdi. Ikkinchi modulga kelib, Anastasiya o‘zining oldingi tahririyatidan bo‘shab, yirik nashrga ishga kirdi. U yerda o‘zini chindan ham qiziqtirgan mavzularda katta, teran maqolalar e’lon qila boshladi. Aytish mumkinki, unda ikkinchi nafas paydo bo‘ldi.

"Menga Vitaut Rudnik va Darya Osmanovaning tandemi juda yoqdi, - deb eslaydi qiz. - Bu xuddi bir murabbiy ikkinchisining gapini yarmidan tushunib, chiroyli hikoya yaratadigan raqsga o‘xshardi."
Mashg‘ulotlarda hatto eng kutilmagan savollarni ham berishdan qo‘rqmaslik mumkin edi, chunki har bir ishtirokchii batafsil va ochiq javob olardi. Murabbiylar tanqid qilmasdan fikr bildirish uchun to‘liq erkinlik berishdi. Bu kayfiyat uchinchi modulgacha davom etdi, tempni pasaytirmadi, balki faqat oshirdi.

Anastasiya shunday deb bo‘lishdi: "Men maktabni katta bilim bilan bitirdim. - Men olib kelgan barcha savollar yopiq edi. Men yangiliklarni ham, sarlavhalarni tuzishni ham, maqolalar uchun yangi mavzularni o‘ylab topishni ham, ilhom olishni ham o‘rgandim. Bundan tashqari, Tilda veb-saytida ajoyib fotosuratlar va loyihalar yaratishni o‘zlashtirdim, grafiklar chizishni va faktcheking qilishni o‘rgandim."
Yangi ufq

O‘qish tugayotganda, Anastasiyaga DW bilan birgalikda maktabni tashkil qilgan kompaniya direktori murojaat qildi. Ma’lum bo‘lishicha, u qizni birinchi moduldan boshlab kuzatgan, uning bilimga bo‘lgan intilishi va ishtiyoqini payqagan va shuning uchun uni Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markaziga ishga taklif qilgan.

Avvaliga Anastasiya bunday mas’uliyatdan qo‘rqib ketdi, lekin o‘ylab ko‘rib, bu qulaylik zonasidan chiqish uchun ajoyib imkoniyat deb qaror qildi. Biroz vaqt o‘tgach, u rozi bo‘ldi va vaqt ko‘rsatganidek, u hech qachon o‘z qaroridan afsuslanmadi.
"Mana uchinchi yildirki, men Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazida faoliyat olib boryapman, bu men uchun ikkinchi oiladek gap, - deydi Anastasiya. - Dastlab assistent sifatida Markaz direktori Saida Ravshanovnaga yordam berdim, biroz vaqt o‘tgach esa tadbirlar uchun ishtirokchilar logistikasi bilan shug‘ullana boshladim. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar uchun postlar yozdim va tez orada kompaniyada IMM bilan faol shug‘ullandim."

Loyihalar tobora ko‘payib borar, ular bilan birga vazifalar ham ortib borardi. Qiz doimiy ravishda o‘rganishi va o‘z mahoratini oshirishi kerak edi, lekin bu uni qo‘rqitmadi, chunki u har doim hamkasb murabbiylardan yangi bilimlrni olishi va o‘rganishi mumkin edi.

"O‘sha maktabda hozir IMM mutaxassisi bo‘lib ishlayapman, - deydi u. - Har yili xalqaro murabbiylar bilan uchrashib, maktabda orom olaman. Men uni barchaga tavsiya qilmoqchiman, chunki uni tugatgandan so‘ng siz cho‘ntagingizda ko‘plab bilim, ko‘nikma va istiqbollarga ega bo‘lgan butunlay yangi insonga aylanasiz."
2025-08-29 11:55 Yangiliklar