Новостная лента

Медиа-лагерь "Summer MediaCamp-2023"

Только для студентов!

ОО "Центр развития современной журналистики" с партнерстве с Агентством по делам молодежи при Министерстве молодежной политики и спорта и "Ассоциацией волонтеров Узбекистана" объявляет о наборе в летний Медиа-лагерь "Summer MediaCamp-2023".

Основной фокус лагеря - продвижение медиаграмотности среди молодежи и развитие навыков создания собственного творческого контента.

С 23 по 27 июня 2023 года, 50 отобранных лидеров студенческой молодежи будут иметь возможность развивать свои профессиональные навыки в области журналистики и медиа, научиться критическому мышлению, ораторскому искусству и иметь представление о создании собственного бизнеса, как медиапродукта. Участники разберут мультимедийные инструменты, манипуляции в кино и театре, а также прокачают свои знания в цифровой безопасности и языке вражды.

Место проведения: Бостанлыкский район Ташкентской области.

Требования к студентам:
- Быть медиаактивным студентом вузов РУз в возрасте от 18 до 25 лет;
- Иметь опыт в работе с медиа, волонтерства в СМИ, веб-дизайна, фото/видео-контента, копирайтинга и таргетинга;
- Знание узбекского и русского языков (знание английского приветствуется).

Подать заявку на участие в Медиа-лагере можно до здесь: https://poll.forms.app/jdureport/mediatur

Дедлайн: 15 мая 2023 г.

Faqat talabalar uchun!

"Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi" JT Yoshlar siyosati va sport vazirligi xuzuridagi Yoshlar ishlari bo'yicha agentlik va "O'zbekiston volontyo'rlari assotsiyatsiyatsiyasi" bilan hamkorlikda "Summer MediaCamp-2023" yozgi media-lageriga qabul haqida e'lon qiladi.

Larerning diqqat markazida - yoshlar o'rtasida mediasavodxonlikni targ'ib qilish va shaxsiy ijodiy kontentni yaratish ko'nikmalarini rivojlantirish.

2023 yilning 23 iyunidan 27 iyunigacha talaba-yoshlarning saralab olingan 50 ta sardori jurnalistika va media sohasida o'zlarining kasbiy ko'nikmalarini rivojlantirish, tanqidiy fikrlashni o'rganish, notiqlik san'atini egallash hamda shaxsiy biznesni medialoyiha sifatida yaratish haqida tasavvur hosil qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Ishtirokchilar multimediaviy vositalarni, kino va teatrdagi manipulyatsiyalarni muhokama qiladilar, shuningdek, raqamli xavfsizlik va adovat tili borasidagi bilimlarini oshiradilar.

O'tkazilish joyi: Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani.

Тalabalarga qo'yiladigan talablar:
- O'zR oliy ta'lim muassasasining 18 yoshdan 25 yoshgacha bo'lgan mediafaol talabasi bo'lish;
- Media bilan ishlash, OAVda volontyo'rlik, veb-dizayn bilan shug'ullanish, foto/videokontentni yaratish, kopirayting va targeting tajribasiga ega bo'lish;
- O'zbek va rus tillarini bilish (ingliz tililini bilish olqishlanadi).

Media-lagerda ishtirok etish uchun arizani bu yerga topshirish mumkin: https://poll.forms.app/jdureport/mediatur

Dedlayn: 2023 yil 15 may.
Новости