Nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan zo‘ravonlik — inson huquqlarining eng ko‘zga ko‘rinmaydigan buzilishlaridan biri. Bunga sabab holatlar kamligi emas, balki jamiyat ovozi past eshitiladigan insonlarni ko‘rmaslikka va eshitmaslikka o‘rganib qolganidadir.
“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” doirasida biz nogironligi bo‘lgan shaxslarning xavfsizligi yo‘lida qanday to‘siqlar mavjudligi va ularning huquqiy hamda ijtimoiy himoyasi istisno emas, balki ustuvor masala bo‘lishi uchun nimalar qilish zarurligini muhokama qilamiz.
1. Dаna, siz ko‘p yillardan beri ijtimoiy mavzular, jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari haqida yozib kelasiz. Sizning kuzatuvingizcha, bunday shaxslarga nisbatan zo‘ravonlik mavzusi jamoatchilik maydonida qanchalik ko‘rinadi?
Bu mavzu juda sust yoritiladi. Ba’zi holatlar OAVga chiqadi, xolos. Nogironligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarida bo‘lgani kabi, bu yerda ham voqealar odatda jamoatchilikning kuchli reaksiyasidan keyin e’tiborga olinadi. Masalan, shu yil sentabr oyida Surxondaryoda bir ayolning xonada emas, balki xonadonning xayvonlar uchun mo‘ljallangan joyida saqlangani va tarvuz po‘stlog‘ini yeyishga majbur bo‘lgani haqida ma’lum bo‘ldi. Besh yil oldin Namanganda xuddi shunday voqea sodir bo‘lgan — o‘sha paytda nogironligi bo‘lgan ayolni qorovxonaga qamab qo‘yishgan. Ko‘pincha nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan zo‘ravonlik yopiq eshiklar ortida sodir bo‘ladi. Afsuski, bunday shaxslar hanuzgacha “yashiriladi”, buning sababi esa ularni jamiyatdan ajratadigan stigma va nogironlikka nisbatan hukmron bo‘lgan tibbiy modeldir.
2. Nogironligi bo‘lgan ayollar va qizlar ikki karra xavf ostida — ayol sifatida ham, sog‘lig‘i bo‘yicha cheklovlari bo‘lgan shaxs sifatida ham — deb ayta olamizmi?
Mutlaqo shunday. Nogironligi bo‘lgan shaxslar nogironligi bo‘lmaganlarga qaraganda jinsiy zo‘ravonlik xavfiga ancha ko‘p duch keladi — xavf 2,2 baravar yuqori. Keksalar va nogironligi bo‘lgan ayollar esa alohida xatarlar bilan to‘qnashadi: ularga nisbatan qo‘pol muomala yoki zo‘ravonlik ba’zan parvarish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar yoki tibbiyot xodimlari tomonidan ham sodir bo‘lishi mumkin.
Yana bir masala — jamiyatda nogironligi bo‘lgan shaxslar “yetaklovchi” emas, balki “ergashuvchi” rolida tasavvur qilinadi, ularga juda kam agentlik beriladi. Bugun parlamentda nogironligi bo‘lgan deputatlar bor, ammo davlat organlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar rahbar lavozimlarida ishlayotgani haqida deyarli bilmaymiz.
3. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga yordam so‘rash yoki zo‘ravonlik holatlari haqida xabar berishga qanday to‘siqlar xalal beradi? Mavjud qo‘llab-quvvatlash tizimi qanchalik qulay?
To‘siqlar bir nechta. Birinchisi — tizimli to‘siqlar. Kasalxonalar, ichki ishlar bo‘limlari, jamoat transporti kabi joylarda jismoniy infratuzilma muammolari mavjud. Shuningdek, kommunikatsion to‘siqlar bor: surdotarjimonlarning yo‘qligi, Brayl alifbosidagi materiallarning yetishmasligi, ariza topshirishning muqobil shakllarining (SMS, messenjerlar, onlayn shakllar) mavjud emasligi. Eshitish, ko‘rish yoki kognitiv cheklovlari bor shaxslarning ko‘pi ulardan nima talab qilinayotganini tushuna olmaydi yoki sodir bo‘lgan voqeani izohlashda qiynaladi. “Ishonch telefoni” ham muqobil aloqa kanallariga ega bo‘lishi shart. Ichki ishlar organlari xodimlari, tibbiyot xodimlari va ijtimoiy xizmatlar mutaxassislari nogironligi turlicha bo‘lgan shaxslar bilan ishlash va zo‘ravonlikni aniqlash bo‘yicha maxsus o‘qitilishi zarur.
Ikkinchi muammo — zo‘ravonlikni parvarish ko‘rsatuvchilar sodir etgan holatlar. Bunday vaziyatda nogironligi bo‘lgan shaxs shikoyat qilsa, yordamdan, uyidan yoki parvarishdan mahrum bo‘lib qolishdan qo‘rqadi. Shu sababli nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘llab-quvvatlovchi hamjamiyat yaratish, muqobil turar-joy shakllarini rivojlantirish juda muhim. Masalan, Polshada nogironligi bo‘lgan shaxslarning mustaqil yashashini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Bu yondashuv ularning jamiyatga integratsiya huquqini ta’kidlaydi, institutsionallashtirishdan voz kechishga undaydi va ijtimoiy xizmatlarni, jumladan yaqinda joriy etilgan shaxsiy yordamchi (PA) kafolatini rivojlantiradi. Bu chora-tadbirlar uyda va jamiyatda ko‘mak olish imkoniyatlarini kengaytiradi, shaxsiy avtonomiyani oshiradi va odamlarni muassasalarga joylashtirish emas, balki ularni qo‘llab-quvvatlashga urg‘u beradi.
4. Sizningcha, OAV nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish va ularga nisbatan zo‘ravonlik darajasini kamaytirishga qanday hissa qo‘sha oladi? Jurnalistlar nimani noto‘g‘ri qilishmoqda va, aksincha, nimalar ijobiy o‘zgarishga yordam beradi?
OAV vakillari nogironligi bo‘lgan shaxslardan, shu yo‘nalishda ishlayotgan NNTlardan tez-tez izoh va sharh so‘rab turishlari mumkin. Ularni faqat “qahramon” yoki “bechora” obrazida emas, balki ekspert, faollik ko‘rsatayotgan fuqaro sifatida ko‘rsatish muhim.
Afsuski, jurnalistlarda ko‘pincha mavzuga chuqur kirib borish uchun yetarli vaqt bo‘lmaydi, chunki doimiy “oqim”, tezkor yangiliklar ustuvor bo‘ladi. Bunday sharoitda materiallar yuzaki chiqadi, yuzaki yondashuv esa nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan munosabatni o‘zgartira olmaydi. Shuning uchun imkon qadar tahlilga, mavzuni chuqur o‘rganishga, qo‘shni mamlakatlar tajribasini ko‘rishga ko‘proq vaqt ajratishni tavsiya qilaman — bu materialni ancha kuchaytiradi.
5. Zo‘ravonlik ko‘pincha jismoniy tazyiqdan emas, til va munosabatdan boshlanadi. Jamiyatdagi qaysi stereotiplar nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan zo‘ravonlik madaniyatini eng ko‘p qo‘llab-quvvatlaydi?
Juda ko‘p hollarda bu — insonni qadrsizlantiradigan, dehumanizatsiya qiluvchi iboralar. Masalan, “kasal/sog‘lom”, “normal/nonnormal” kabi bo‘linishlar yoki nogironlikni shaxsning o‘zidan ustun qilib, uni “inson” emas, “parvarish obyektiga” tenglashtirish.
Obyekt sifatida tasavvur qilingan odamni mensimaslik, e’tiborsiz qoldirish yoki — eng yomoni — unga kuch ishlatish osonroq bo‘lib qoladi.
NNT “Sharoit Plus” nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan muloqot madaniyatiga oid qo‘llanma tayyorlagan.
Shuningdek, Anhor.uz ham nogironligi bo‘lgan shaxslarni kamsitmaslik uchun ommaviy axborot vositalarida va kundalik suhbatlarda qaysi so‘zlarni ishlatmaslik kerakligi bo‘yicha kichik eslatma ishlab chiqqan.
6. Raqamli makon yangi imkoniyatlar yaratadi, lekin yangi tahdidlarni ham keltirib chiqaradi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayniqsa ayollar, qaysi shakldagi raqamli zo‘ravonlikka duch kelmoqda?
Interseksionallik shuni ko‘rsatadiki, turli xil kamsitish turlari bir-biri bilan kesishib, bir nechta marginalizatsiyalangan identifikatsiyaga ega bo‘lgan odamlar uchun o‘ziga xos, noyob bosim va zo‘ravonlik shakllarini vujudga keltiradi.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar tarmoqda ko‘proq tashqi ko‘rinishi, nutqidagi o‘ziga xosliklar, harakati yoki yashash uslubi tufayli hujumga uchraydi. Ayniqsa ko‘rinadigan nogironlikka ega odamlar tez-tez masxara qiluvchi memlar, fotosuratlar yoki videolarga aylantiriladi.
Onlaynda nogironlikni beqadr qilish hodisasi ham mavjud. Masalan, mittivoylik bilan yashaydigan bloger Viktoriya Simaxina o‘zining kundalik qiyinchiliklari haqida gapiradi — masalan, juda baland joylashtirilgan eshik qulflari haqida. Bunday postlar ostida odatda kimdir shunday deydi: “Nima, endi hamma karklar haqida o‘ylashi kerakmi?”
Bu esa yana ijtimoiy ierarxiya, kuch kimda, kimning tajribasiga ishoniladi, kimning ovozi muhim deb topiladi kabi masalalarga borib taqaladi.
7. Sizningcha, jamiyatning nogironligi bo'lgan shaxslar haqidagi asosiy noto'g'ri tushunchasi nima — bu ko'pincha ularning huquqlarining qadrsizlanishiga va zo'ravonlik holatlarini e'tiborsiz qoldirishga olib keladi?
Nogironligi bo'lgan shaxslarni infantilizatsiya qilish keng tarqalgan amaliyotdir. Bu yashirin kamsitishning eng keng tarqalgan va xavfli shakllaridan biridir. Bu "g'amxo'rlik", "xushmuomalalik" yoki "to'g'ri munosabat" kabi ko'rinadi, lekin aslida u kattalarni "abadiy bolalarga" aylantiradi, ularni erkinlik, ovoz va xato qilish huquqidan mahrum qiladi.
8. Siz bu mavzuda jurnalistning rolini qanday ko‘rasiz? U faqat kuzatuvchi bo‘lishi kerakmi yoki o‘zgarishlarning faol ishtirokchisi ham bo‘lishi mumkinmi?
Mening tushunchamda jurnalistning asosiy vazifasi — axborot berish. Bu uning professional roli. Lekin bu jurnalist fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘la olmaydi, degani emas. U jamiyatning faol a’zosi bo‘lishi, shelterlarga ko‘maklashishi, volonterlik qilishi, hamjamiyat hayotida ishtirok etishi mumkin. Ya’ni jurnalist maqolada xolis qoladi, lekin inson sifatida — o‘z hissasini qo‘shishga haqli va buning o‘zi ham ijobiy o‘zgarishlarning bir qismidir.
9. Va oxirgi savol: “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” doirasida jamiyatga qanday murojaat qilmoqchisiz — ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslarni himoya qilish masalasida?
Men bilishimcha, Equality Now nogironligi bo‘lgan ayollarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha O‘zbekistonda o‘tkazilgan tadqiqotini e’lon qilishga tayyorlanmoqda. Uning chop etilishini katta qiziqish bilan kutyapman.
Biz ovozi past eshitiladigan insonlarni nihoyat eshitishimiz kerak — ular kuchsiz bo‘lgani uchun emas, balki ularga juda uzoq vaqt davomida yetarli e’tibor berilmagani uchun.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar — kattalar, mustaqil, his qiladigan va qaror qabul qiladigan shaxslardir. Ularning ham xavfsizlikka, mehrga, shaxsiy chegaralarga, shaxsiy hayotga va qo‘rquvsiz yashashga bo‘lgan huquqi boshqalarnikidek teng. Eng muhimi — diagnzni emas, insonning o‘zini ko‘ra olish.
Ushbu nashr Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan/birgalikda moliyalashtirilgan. Uning mazmuni uchun faqat Zamonaviy Jurnalistikani Rivojlantirish Markazi mas’ul bo‘lib, u Yevropa Ittifoqining fikrini aks ettirishi shart emas
#ZoravonlikkaQarshi16Kun