Новостная лента

Онлайн конференция

Онлайн конференция: Проблемы и перспективы развития сферы госзакупок в Центральной Азии

26 Сентября 2023 года в 16.00 по времени Астаны\Бишкека (15:00 по времени Ташкента\Душанбе), приглашаем присоединиться к онлайн конференции “Проблемы и перспективы развития сферы госзакупок в Центральной Азии”. Ведущие общественные организации представят результаты проведенных исследований о проблемах и перспективах развития сферы государственных закупок в Кыргызстане, Узбекистане и Таджикистане. Вы услышите мнение Министерств финансов и Агентств по госзакупкам соответствующих стран и ведущих НКО о ключевых вызовах перед сферой госзакупок, приоритетах развития сферы закупок и госконтроля за расходованием бюджетных средств. Участники проведут дискуссию о том есть ли место для взаимодействия НКО с стейкхолдерами в процессе госзакупок.
Регистрация доступна по ссылке.
Государственные закупки таят в себе большой потенциал по улучшению качества предоставляемых государством товаров, и услуг и их эффективная организация может стать инструментом экономического и социального развития стран Центральной Азии. На конференции ключевое внимание уделят обсуждению потенциала использования данных о госзакупках и развития аналитической инфраструктуры вокруг них для повышения эффективности расходования бюджетных средств и улучшения процесса принятия решений.
Конференция организована Open Contracting Partnership при финансовой поддержке Правительства Великобритании в сотрудничестве с ACTED в Кыргызстане.

Onlayn konferensiya: Markaziy Osiyoda davlat xaridlari sohasini rivojlantirish muammolari va istiqbollari

2023-yil 26-sentabr kuni Ostona/Bishkek vaqti bilan soat 16.00da (Toshkent/Dushanbe vaqti bilan 15:00) “Markaziy Osiyoda davlat xaridlari sohasini rivojlantirish muammolari va istiqbollari” onlayn konferensiyasiga qo‘shilishga taklif qilamiz. Unda yetakchi jamoat tashkilotlari Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistonda davlat xaridlari sohasini rivojlantirish muammolari va istiqbollari bo‘yicha o‘z tadqiqotlari natijalarini taqdim etadi. Tegishli davlatlarning Moliya vazirliklari va davlat xaridlari agentliklari hamda yetakchi nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat xaridlari sohasidagi asosiy vazifalar, xaridlar sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va byudjet mablag‘larining sarflanishi ustidan davlat nazorati yuzasidan fikr-mulohazalarini eshitasiz. Ishtirokchilar davlat xaridlari jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlari va manfaatdor tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish imkoniyati mavjudligini muhokama qiladilar.

Roʻyxatdan oʻtish ushbu havola orqali amalga oshiriladi.

Davlat xaridlari davlat tomonidan taqdim etilayotgan tovarlar va xizmatlar sifatini oshirish uchun katta imkoniyatlarga ega va uni samarali tashkil etish Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining quroliga aylanishi mumkin. Konferensiyada byudjet mablag‘larini sarflash samaradorligini oshirish va qarorlar qabul qilish jarayonini takomillashtirish uchun davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatlari va uning atrofidagi tahliliy infratuzilmani rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Konferensiya Buyuk Britaniya hukumati moliyaviy koʻmagida Open Contracting Partnership (Ochiq kontrakt hamkorligi) tomonidan Qirgʻizistondagi ACTED bilan hamkorlikda tashkillashtirildi.
Новости