Yangiliklar

Edusmile efirga uzatilmoqda! Bu g‘oyalarni shakllantiradigan insonlar uchun platforma!

Ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikriga ta’sir ko‘rsatgani bois, har bir ovoz eshitilishi shart. Edusmile - gender masalalarini chuqurroq va sifatliroq yoritishga intilayotgan jurnalistlar va blogerlar uchun yangi platforma hisoblanadi.

Platformada quyidagilarni topasiz:
📚 Bilimlar bazasi va ekspert materiallari
📃 OAV va gender tengligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
🎓 O‘quv kurslari, tadqiqotlar, qo‘llanmalar
📰 Yangiliklar, hikoyalar, tahliliy materiallar
✔️ To‘ldirib borish mumkin bo‘lgan ekspertlar bazasi

Agar siz ommaviy axborot vositalari yoki gender masalalari bo‘yicha tajribaga ega bo‘lsangiz, o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin! Qo‘shiling va media makonni birgalikda o‘zgartirishda ishtirok eting!

🔗 Batafsil ma’lumot: edusmile.uz
"EU Tabassum (Tabassum): O‘zbekistonda gender tengligini rivojlantirish va yosh ayollarning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish uchun media ko‘nikmalarini shakllantirish" loyihasi DW Akademie tomonidan Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (MJDC) bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqi (YI) moliyaviy ko‘magi va Germaniya Federativ Respublikasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligining (BMZ) qo‘shimcha mablag‘lari asosida amalga oshirilmoqda.
Yangiliklar Tabassum