Yangiliklar

Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi Edusmile platformasini ishga tushirmoqda!

Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (MJDC) gender tenglik va ijtimoiy taraqqiyot masalalarini yorituvchi jurnalistlar va blogerlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Edusmile innovatsion ta’lim platformasini ishga tushirganini e’lon qiladi.
Edusmile - bu professional va xolis media muhitni shakllantirish uchun yaratilgan raqamli bilim va ilhom makonidir. Platforma jurnalistlar, blogerlar, tadqiqotchilar va mutaxassislarni birlashtiradi, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ekologik masalalarda ayollar va qizlarning ovozini yanada yorqinroq eshitilishiga ko‘maklashadi.

Edusmile nima taklif etadi?

Platforma quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
💠 Ommaviy axborot vositalari va gender tengligi bo‘yicha dolzarb materiallar bilan bilimlar bazasi

📜 OAV faoliyatini va teng huquqlilik masalalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari

🎓 Ta’lim kurslari, tadqiqotlar, qo‘llanmalar

📰 Yangiliklar, tahliliy maqolalar va ilhomlantiruvchi hikoyalar

👩‍💼 Professional tajribaga ega foydalanuvchilar tomonidan to‘ldirilishi mumkin bo‘lgan ekspertlar bazasi
Edusmile platformasi doimiy ravishda rivojlanib, yangi materiallar, tadqiqotlar va ekspertlar fikrlari bilan boyib bormoqda. Media yoki gender masalalari bo‘yicha bilimga ega bo‘lgan har bir foydalanuvchi ma’lumotlar bazasini kengaytirishga hissa qo‘shishi mumkin.
Ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikriga ta’sir ko‘rsatgani bois, har bir ovoz eshitilishi shart. Edusmile - gender masalalarini chuqurroq va sifatliroq yoritishga intilayotgan jurnalistlar va blogerlar uchun yangi platforma hisoblanadi.

Loyiha haqida

"EU Tabassum (Tabassum): O‘zbekistonda gender tengligini rivojlantirish va yosh ayollarning huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish uchun media ko‘nikmalarini shakllantirish" loyihasi DW Akademie tomonidan Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (MJDC) bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqi (YI) moliyaviy ko‘magi va Germaniya Federativ Respublikasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligining (BMZ) qo‘shimcha mablag‘lari asosida amalga oshirilmoqda.
📢 Platforma haqida batafsil ma’lumot: edusmile.uz
Tabassum Yangiliklar