Новостная лента

Vakansiya SMM mutaxassisi

👍 O‘zbekiston Respublikasi Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi nodavlat notijorat tashkiloti “Mahalla. O‘zbekistonda media hamjamiyatni mustahkamlash” loyihasi doirasida Factchecknet.uz sayti va "Media hackathon". Transformatsiya: sifatli media yaratmoqdamiz" komponenti uchun SMM menejeri lavozimiga tanlov e’lon qilmoqda ‼️

👐 Loyiha dasturi mahalliy ommaviy axborot vositalarining o‘z auditoriyasini sifatli kontent bilan ta’minlash salohiyatini kuchaytirish, fuqarolarning mahalliy hamjamiyatlarda mediasavodxonlik vositalari orqali xolis, faktlarga asoslangan, ishonchli axborotga bo‘lgan talabini oshirishga qaratilgan. Loyiha mediasavodxonlik va kontent sifatini oshirishga, shuningdek, faktlarni tekshirish barqaror hamjamiyatini rivojlantirishga qaratilgan.

❓ SMM menejerining vazifasi oʻzbek va rus tillarida kontent yaratish, faktcheking platformasini targʻib qilish, “Media Hackathon” davomida u haqida ijtimoiy tarmoqlarni yuritish, auditoriyaning faktcheking boʻyicha xabardorligini oshirish, matn va video formatlarda postlar yaratish, ijtimoiy tarmoqlarda, reelslar tayyorlash, “Mediamahalla – O'zbekistonda media hamjamiyatini mustahkamlash” loyihasining faoliyatini yoritish va muvaffaqiyatlari haqidahikoyalar yaratish, shuningdek, amalga oshirilgan ishlar bo'yicha hisobot tayyorlashdan iborat.

🪄 Lavozim loyiha doirasida rejalashtirilgan va 2024-yil oktyabrgacha amalda bo‘ladi. Hujjatlarni topshirishning oxirgi muddati - 2024 yil 15 yanvar. Ariza topshirishga shoshiling va O‘zbekistonda zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish bo‘yicha ish olib borayotgan jamoamizning bir qismi bo‘ling!

❗️Eslatamiz, biz faqat saralangan nomzodlar bilan bog'lanib, ularni suhbatga taklif qilamiz. SMM menejerining malakasini aniqlash uchun tayyorlangan maxsus sinovlarga tayyor bo'ling.

❓Arizani qanday topshirish mumkin?

➡️ Nomzod rezyume va professional portfolioni bitta PDF faylda cdmjuz@gmail.com elektron manziliga “Vakansiya: SMM menejeri” sarlavha ostida yuborishi kerak.

📌 Arizada quyidagi hujjatlar/maʼlumotlar boʻlishi kerak:

● Shu kabi loyihalardagi tajribani ko'rsatuvchi rezyume;
● nomzodning aloqa ma’lumotlari (elektron pochta manzili, Telegram’dagi telefon raqami);
● Kamida ikkita professional (shu soha ustalaridan) tavsiyanoma.
Вакансии