Hamkasblarimiz Almati shahridagi mintaqaviy forumda!
30-oktabr kuni Almati shahrida “MIL Bridge Central Asia: Regional Solutions for Global Media and Information Literacy Challenges” nomli mintaqaviy forum bo‘lib o‘tdi. Tadbir UNESCO Almaty mintaqaviy ofisi va MediaNet xalqaro jurnalistika markazi tomonidan Global Media va Axborot Savodxonligi Haftaligi (MIL Week 2025) doirasida tashkil etildi.
O‘zbekiston nomidan Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (MJDC) vakillari ishtirok etdi:
Markaz direktor o‘rinbosari Darya Osmanova mamlakatda media va axborot savodxonligini rivojlantirish bo‘yicha davlat tashabbuslari haqida ma’ruza qildi;
FactCheckNet.uz bosh muharriri va mediatrener Dilfuza Mirzaxmedova “New MIL Ideas and Initiatives” sessiyasini moderatsiya qildi hamda “O‘zbekistonning raqamli manzarasi: ijtimoiy tarmoqlardagi tendensiyalar, auditoriya faolligi va Telegram kanallarining ta’siri” mavzusida taqdimot o‘tkazdi;
Madina Tursunova, raqamli huquqlar va intellektual mulk bo‘yicha yurist, MJDC huzuridagi Yuridik klinika maslahatchisi sifatida media huquqi va raqamli savodxonlikning huquqiy jihatlari yuzasidan muhokamalarda ishtirok etdi.
Forum mintaqaviy tajriba almashish, hamkorlikni mustahkamlash va media hamda axborot savodxonligini rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surish uchun muhim maydon bo‘ldi.
Hamkasblarimizning ishtiroki — O‘zbekistonning barqaror, ochiq va mas’uliyatli mediasohani rivojlantirishdagi faol o‘rnini yana bir bor tasdiqladi.