Yangiliklar

O’zbekiston Zamonaviy Jurnalistikani Rivojlantirish Markazi "Raqamli vositalar orqali jamoatchilik nazorati"

O’zbekiston Zamonaviy Jurnalistikani Rivojlantirish Markazi
"Raqamli vositalar orqali jamoatchilik nazorati" loyihasi doirasida kontent-menejerini izlamoqda

Loyihaning mavzulari:
• Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligi;
• Davlat moliyaviy boshqaruvi islohotini amalga oshirish;
• Davlat xaridlari.

Loyihaning maqsadi:
Davlat sektori siyosatini amalga oshirishning shaffofligi va samaradorligini quyidagi yo‘nalishlar orqali oshirish:
• Ma’lumotlarga erkin kirishni yaxshilash;
• Jamoat manfaatlarini rag’batlantirish;
• Jamoat nazoratini kuchaytirish.

Loyihaning maqsadli auditoriyasi:
• O’zbekiston ommaviy axborot vositalari,
• jurnalistlar,
• davlat organlarining matbuot xizmati xodimlari,
• media ekspertlari va tadqiqotchilar.

Kontent-menejerning vazifalari:
• Axborot kontentini yaratish, tahrirlash va boshqarish;
• Jurnalistik materiallarni ishlab chiqish jarayonini muvofiqlashtirish;
• Jurnalistlar va ekspertlar jamoalari bilan hamkorlik qilish;
• Axborot kampaniyalarini rejalashtirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
• Loyihaning faoliyatlarini sifatli yoritishni ta’minlash.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
• Jurnalistika, media loyihalari yoki kontent-menejment sohasida tajriba;
• Zamonaviy raqamli vositalar va media-trendlar bo‘yicha tushunchaga ega bo’lish;
• Ma’lumotlar va tahliliy materiallar bilan ishlash qobiliyati;
• Tashkiliy ko‘nikmalar va jamoada ishlash qobiliyati;
• O‘zbek va rus tillarini mukammal bilish, ingliz tilini bilish afzallik hisoblanadi.

📍 Ish joyi: Toshkent.
🕒 Ishga joylashish shakli: Loyihaviy asosda.

📩 Rezyume va muqova xatini yuborish: cdmjuz@gmail.com
📆 Ariza topshirishning oxirgi kuni: 2024-yil, 30-noyabr.

Loyihaga qo‘shiling va muhim sohalarda shaffoflik va samaradorlikni oshirish uchun ishlaydigan jamoaning bir qismi bo‘ling!
2024-11-15 13:52 Yangiliklar