🎬 O‘zbekiston Media Maktabi bitiruvchilari uchun tanlov — MSU Alumni Network
🎬 O‘zbekiston Media Maktabi bitiruvchilari uchun tanlov — MSU Alumni Network
👍 Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi DW Media Maktabi (2019–2024-yillar) bitiruvchilari orasida Reels videoroliklar tanlovini e’lon qiladi!
Ikki nominatsiya:
1️⃣ “Media Maktabidan ilhomlanamiz: Hikoyalar tanlovi” — eng yorqin lahza, ilhom manbai yoki hayotingizni o‘zgartirgan tanishuv haqida so‘zlab bering.
2️⃣ “Media Maktabidan keyingi hayot” — maktabda olgan bilimlaringiz sizga kasbingizda, loyihangizda yoki karerangizda qanday yordam berganini ko‘rsating.
📱 Format: Instagram’da Reels (2 daqiqagacha)
❓ Ishtirok etish uchun:
1️⃣ Instagram profilingizda 2 daqiqagacha bo‘lgan Reels joylang;
2️⃣ Quyidagi majburiy xeshteglarni qo‘shing: #MSUAlumni va #MyMSUStory yoki #MyMSUResult — tanlangan mavzuga qarab;
3️⃣ @mjdc.uz akkauntini muallif sifatida qo‘shing va matnda yoki videoda tilga oling;
✔️ Ikkala nominatsiyaga ham alohida ish yuborish mumkin. Hamkorlik (masalan, operator va montajyor) ruxsat etiladi, lekin anketa shaklida barcha ishtirokchilarni ko‘rsatish lozim.