Yangiliklar

🎬 O‘zbekiston Media Maktabi bitiruvchilari uchun tanlov — MSU Alumni Network

🎬 O‘zbekiston Media Maktabi bitiruvchilari uchun tanlov — MSU Alumni Network

👍 Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi DW Media Maktabi (2019–2024-yillar) bitiruvchilari orasida Reels videoroliklar tanlovini e’lon qiladi!

Ikki nominatsiya:

1️⃣ “Media Maktabidan ilhomlanamiz: Hikoyalar tanlovi” — eng yorqin lahza, ilhom manbai yoki hayotingizni o‘zgartirgan tanishuv haqida so‘zlab bering.

2️⃣ “Media Maktabidan keyingi hayot” — maktabda olgan bilimlaringiz sizga kasbingizda, loyihangizda yoki karerangizda qanday yordam berganini ko‘rsating.

📱 Format: Instagram’da Reels (2 daqiqagacha)

Ishtirok etish uchun:

1️⃣ Instagram profilingizda 2 daqiqagacha bo‘lgan Reels joylang;

2️⃣ Quyidagi majburiy xeshteglarni qo‘shing: #MSUAlumni va #MyMSUStory yoki #MyMSUResult — tanlangan mavzuga qarab;

3️⃣ @mjdc.uz akkauntini muallif sifatida qo‘shing va matnda yoki videoda tilga oling;

4️⃣ Ishtirokchi anketasini to‘ldiring: https://forms.gle/gKrTYU8sWYJLPMYZ8 (Anketa to‘ldirilmagan ishlar tanlovda qatnashmaydi.)

🗓 Muddat: 2025-yil 15-noyabrgacha

Har bir nominatsiya bo‘yicha sovrinlar:

🥇 1-o‘rin — foto va video uchun LED panel

🥈 2-o‘rin — shtativ-tripod

🥉 3-o‘rin — universal petlichka mikrofon

✔️ Ikkala nominatsiyaga ham alohida ish yuborish mumkin. Hamkorlik (masalan, operator va montajyor) ruxsat etiladi, lekin anketa shaklida barcha ishtirokchilarni ko‘rsatish lozim.

❗️ Muhim: Tanlov davomida Instagram akkauntingiz ochiq bo‘lishi kerak. Tanlov shartlari va qoida-qonunlari bilan tanishish uchun tanlov nizomini o‘qing (https://drive.google.com/file/d/1sO6E6MF0wFoHOwhSmWs-G1lbuFxE1h4v/view?usp=sharing).
Yangiliklar