MARKAZIY OSIYO MEDIA LABORATORIYASI: IQLIM MUAMMOLARI, SUV-ENERGETIKA HAMKORLIGI VA MINTAQADA “YAGONA SALOMATLIK” KONSEPSIYASINI QO‘LLASH
Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi allaqachon suv va oziq-ovqat xavfsizligi, aholi salomatligi hamda mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotining barqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Qurg‘oqchilikning kuchayishi, muzliklarning erishi, iqlim xatarlarining ortishi va suv resurslarining transchegaraviy xususiyati ushbu masalalarni mintaqaviy strategik kun tartibining muhim qismiga aylantirmoqda.
Bu mavzular haqida keng auditoriyaga professional, qiziqarli va tushunarli tarzda qanday hikoya qilish mumkin?
Markaziy Osiyo uchun suv-energetika dasturi (CAWEP), Jahon banki tomonidan boshqariladi, hamda Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi (CAREC) “Yagona salomatlik” loyihasi doirasida — epidemiyalarning oldini olish, oziq-ovqat tizimlarining barqarorligini ta’minlash va ekotizimlar salomatligini mustahkamlashga qaratilgan tashabbus — Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasidan jurnalistlar, blogerlar hamda jamoatchilik fikri yetakchilari (inflyuenserlar) uchun Media laboratoriya (Media Lab) o‘tkazilishini e’lon qiladi.
Media Lab Markaziy Osiyoda iqlim, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy xatarlar hamda inson salomatligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni sifatli va mas’uliyat bilan yoritishga qodir media mutaxassislarining professional hamjamiyatini shakllantirishga qaratilgan.
Media laboratoriya formatidagi o‘quv jarayoni ishtirokchilarga vebinarlar (2026-yil 13–17-aprel) va oflayn trening (2026-yil 21-aprel) davomida olingan bilimlarni darhol amaliyotda qo‘llash imkonini beradi. Ishtirokchilar Qozog‘iston Respublikasi, Astana shahrida bo‘lib o‘tadigan davlat rahbarlari ishtirokidagi Mintaqaviy ekologik sammit (RES-2026) hamda Markaziy Osiyo iqlim o‘zgarishi konferensiyasi (CACCC-2026) (2026-yil 22–24-aprel) ishini yoritishda qatnashadilar. Dastur learning-by-doing tamoyiliga asoslangan bo‘lib, ishtirokchilar yuqori darajadagi xalqaro tadbirlar jarayonida real кейслар, ekspert manbalari va mintaqaviy kun tartibi bilan ishlaydilar.
Media Lab “Ahamiyatli hikoyalar: Markaziy Osiyoda iqlim, suv va ‘Yagona salomatlik’” shiori ostida o‘tkaziladi hamda mintaqada mas’uliyatli, dalillarga asoslangan va tahliliy jurnalistikani rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Trening davomida ishtirokchilar iqlim va ekologik muammolar, suv-energetika hamkorligi hamda “Yagona salomatlik” konsepsiyasini (inson, hayvonlar va ekotizimlar salomatligi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni tan oluvchi fanlararo yondashuv) qo‘llash bo‘yicha bilimlarini kengaytiradilar.
Tashkilotchilar Astana shahrida o‘tkaziladigan oflayn modulda ishtirok etish uchun yo‘l, yashash va ovqatlanish xarajatlarini, shuningdek yuqorida qayd etilgan mintaqaviy tadbirlar davridagi ishtirok bilan bog‘liq xarajatlarni qoplaydi. Trening yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshiriladi. Dastur doirasida uzoq muddatli professional aloqalarni shakllantirish va barqaror mintaqaviy media hamjamiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.