🚀 Data Acceleratorga qabul boshlandi!
📈 Zamonaviy Jurnalistikani Rivojlantirish Markazi «Data Accelerator: Raqamli va Iqtisodiy Jurnalistikaga Ilg‘or Yondashuv» nomli uch kunlik intensiv treningga qatnashish uchun tanlov boshlanganini e'lon qiladi!
💡 Data Accelerator — ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmalari va iqtisodiy jurnalistika bo‘yicha malakalarni rivojlantirishga qaratilgan uch kunlik o‘quv dasturi. Bu dasturning maqsadi — ishtirokchilarni zamonaviy iqtisodiy tahlil va ma’lumotlar jurnalistikasida yangi yondashuvlar bilan tanishtirish va ularning kasbiy o‘sishiga hissa qo‘shishdir.
📊 Trening qanday mavzularni qamrab oladi?
🎯 Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Data Accelerator quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi shaxslar uchun ochiq:
🎯 Qo‘shimcha imkoniyat:
Trening yakunida eng yaxshi data-hikoya loyihalari tanlab olinadi va mualliflariga ularni amalga oshirish uchun stipendiya va mentorlik yordami taqdim etiladi. Ushbu stipendiyalar nashr etiladigan maqola va tahliliy materiallarni yaratishni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Diqqat! Akseleratorga tanlab olingan ishtirokchilar belgilangan mavzular doirasida uch oy davomida bitta jurnalistik material e’lon qilishi majburiy hisoblanadi.
🗓️ Trening sanasi: 2025-yil, 9-11-fevral
📍 Joy: Toshkent viloyati
📝 Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/RuRmZFFT6bLai8bt7
Arizalar 05.01.2025 gacha qabul qilinadi.
Mazkur imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Ma’lumotlar va iqtisodiy tahlil sohasidagi bilimlaringizni kengaytirib, yangi loyihalar yarating!

- Iqtisodiy islohotlarni yoritish: Davlat moliyasini boshqarish, jamoatchilikka ochiqlik va davlat xaridlarining shaffofligini tahlil qilish;
- Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligi: Ushbu guruhning mehnat bozoriga integratsiyasiga doir iqtisodiy ma’lumotlarni tahlil qilish va yoritish;
- Ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish: Grafiklar, interaktiv vositalar va boshqa zamonaviy uslublarni qo‘llash;
- Ochiq ma’lumotlardan foydalanish: Mahalliy va xalqaro ma’lumotlar manbalarini izlash va ularni tahlil qilish usullari;
- Jurnalistika uchun analitik vositalar: Raqamli texnologiyalar yordamida hikoya qilish uslublari va ma’lumotlarga asoslangan maqolalar yozish.
🎯 Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Data Accelerator quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi shaxslar uchun ochiq:
- Jurnalistlar va blogerlar; Tadqiqotchilar va tahlilchilar; NNT vakillari va ekspertlari; Talabalar (jumladan iqtisodiyot, ijtimoiy fanlar, jurnalistika yo‘nalishlarida tahsil olayotganlar).