Yangiliklar

☀️ Summer MediaCamp-2025 ochildi!

📌 Bugun, 9-sentyabr kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi "Yoshlar oromgohi"da "MediaStart: raqamli voqelikka sening yo‘ling" talabalar media-oromgohi ish boshladi. Tadbir ishtirokchilariga Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Ko‘ngillilar uyushmasi vakillari, shuningdek, Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi rahbariyati tabrik so‘zi bilan murojaat qildi.
👍 Media-oromgoh Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (MJDC) va O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etildi. Tadbir Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi, Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ, DW Akademie orqali) ko‘magida, shuningdek O‘zbekiston Ko‘ngillilar uyushmasi hamda UNADS bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

🔍 Hafta davomida mamlakatning barcha hududlaridan kelgan 50 nafardan ortiq talaba va yosh faollar mediasavodxonlik va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Lager dasturi faktlarni tekshirish, raqamli xavfsizlik, hikoya qilish va sun’iy intellekt bilan ishlash bo‘yicha treninglarni, shuningdek, media-klublarni o‘z ichiga oladi, unda ishtirokchilar jurnalistika qarorlari, gender savodxonligi, iqlim muammolari va OIV tarqalishiga qarshi kurashish masalalarini muhokama qiladilar.
🎙 Ochilish marosimida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasining texnik hamkorlik bo’yicha rahbari janob Kristos Marazopulos shunday dedi: "Dezinformatsiya zamonaviy jamiyatning eng jiddiy tahdidlaridan biridir. Sun’iy intellekt kontent tarqalishini tezlashtirayotgan bugungi kunda yoshlarning tanqidiy fikrlash, faktlarni tekshirish va manipulyatsiyalarga berilmaslik qobiliyati ayniqsa muhimdir. Summer MediaCamp kabi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash orqali biz barqaror kelajakka sarmoya kiritamiz va faol fuqarolarning yangi avlodini shakllantiramiz."
️🗣️ Yoshlar ishlari agentligi direktori matbuot kotibi Nodir Abduqodirovning ta’kidlashicha, oromgohning o‘tkazilishi media savodxonlikni, jamiyat barqarorligini mustahkamlashga va yoshlarni dezinformatsiyadan himoya qilishga hissa qo‘shadigan yangi rahbarlarni tayyorlashga muhim hissa qo‘shadi.

👀 Summer MediaCamp-2025 haftaligi endi boshlanmoqda. Bizning yangiliklarimiz va #O‘ylaTekshir (Think. Check. Share.) kampaniyasining dastlabki natijalarini kuzatib boring.
Yangiliklar