🚀 Bugun oromgohning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Mazkur loyiha joriy yilda Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi moliyaviy koʻmagida, shuningdek, Visa Kapitalbank va ACWA homiylik madadida amalga oshirilmoqda.
💬 Ochilishda Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (ZJRM) direktori Saida Sulaymanova va Yoshlar ishlari agentligi direktori maslahatchisi Shirin Abidova qutlov soʻzi bilan chiqish qildilar. Ular ishtirokchilarga boʻlajak dastur haqida batafsil soʻzlab berishdi, ekspertlar va trenerlar jamoasini tanishtirishdi, shuningdek, yigit-qizlarni muvaffaqiyat sari kuchli motivatsiya bilan ruhlantirishdi.
🗓 Oldinda ishtirokchilarni mazmunli kunlar, nazariya va amaliyot uygʻunligi, yangi tanishlar hamda ajoyib media-loyihalar ustida ishlash jarayoni kutmoqda.