Yangiliklar

Tabassum mediaklubi Andijonda: Ayollar, iqlim va feyklar

Iqlim o'zgarishlari nima uchun birinchi navbatda ayollarga zarar yetkazadi? Dezinformatsiya ekologik inqirozga qarshi kurashishga qanday to'sqinlik qiladi? Va bunda OAV qanday rol o'ynashi mumkin?

12-iyun kuni Andijonda Tabassum mediaklubining uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda jurnalistlar, faollar va ekspertlar iqlim mavzusini gender nuqtai nazaridan qanday yoritish kerakligini muhokama qilishdi.
💬 Quruq raqamlar o'rniga real hikoyalar
📣 Ayollar — barqarorlik ovozi sifatida
🔍 Iqlim feyklariga qarshi faktcheking

"Tabassum" loyihasi O'zbekiston viloyatlarida mediaklublar seriyasini davom ettiradi — toki ayollarning ovozi balandroq yangrasin va ma'lumotlar aniq bo'lsin.

"Yevropa Ittifoqi Tabassum:
O'zbekistonda gender tengligini targ'ib qilish va yosh ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun media qobiliyatlari" loyihasi DW Akademie tomonidan Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (MJDC) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilmoqda va Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda.
Tabassum Yangiliklar