Zo‘ravonlik shaklini o‘zgartiradi, lekin mohiyati o‘sha-o‘sha qoladi: bu hokimiyat va nazorat haqida
Raqamli zo‘ravonlik tez sur’atlarda ortib, O‘zbekistonda ko‘proq ayollarga ta’sir ko‘rsatmoqda. Media yuristi Madina Tursunova mavjud himoya choralarini va hali o‘zgartirish talab qilinadigan jihatlarni tushuntiradi.
Media huquqshunosi va raqamli huquqlar bo'yicha mutaxassis Madina Tursunova bilan suhbat
BMT Ayollar tashkilotining so'nggi global ma'lumotlariga ko'ra, har uch ayoldan biri umrida kamida bir marta genderga asoslangan zo'ravonlikka duch keladi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, ayollar va qizlarning 16% dan 58% gacha raqamli zo'ravonlikka duch keladi va barcha dipfeyk videolarning 90–95% ayollarning shahvoniy tasvirlaridir.
Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida raqamli texnologiyalardan foydalanadigan va internetda mavjud bo'lgan 18 yoshdan oshgan ayollarning yarmidan ko'pi texnologiyaga asoslangan zo'ravonlikning kamida bitta shakliga duch kelgan. AFEW INTERNATIONAL O'zbekistondagi hamkorlar bilan va Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko'magida amalga oshirayotgan "Inklyuziv rivojlanishni kuchaytirish: O'zbekistonda fuqarolik jamiyati tashkilotlarini ayollar va yoshlar bilan ishlashda mustahkamlash" loyihasi tomonidan tashkil etilgan axborot kampaniyasi doirasida biz media huquqshunosi va raqamli huquqlar bo'yicha mutaxassis Madina Tursunova bilan O'zbekiston qonunchiligi qanday o'zgartirilayotgani, qanday qiyinchiliklar saqlanib qolayotgani va nima uchun raqamli zo'ravonlik bizning davrimizning eng xavfli tendentsiyalaridan biriga aylanib borayotgani haqida suhbatlashdik.
Sizningcha, “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” kampaniyasi nima uchun O‘zbekiston uchun muhim?
Bu kampaniya muhim, chunki u muammoning ko‘lami haqida ochiq va halol suhbat qilish uchun zarur bo‘lgan makonni yaratadi. Maishiy va gender zo‘ravonligi hanuzgacha ko‘pchilik tomonidan “oila ichidagi masala” sifatida qabul qilinadi, shu bois u uzoq vaqt davomida ko‘rinmas bo‘lib kelgan. “16 kun” aksiyasi bu mavzuni yoritadi, uni jamoatchilikka olib chiqadi va muhokamani legitimlashtiradi.
2025 yilda asosiy mavzu — raqamli gender zo‘ravonligi va xarrasment. UNFPA tashabbusi bilan texnologik jihatdan yuzaga keladigan gender zo‘ravonlik (TGZ) termini joriy etildi.
Huquqiy baza mavjud bo‘lishiga qaramay, bir qator masalalar hanuzgacha to‘liq tartibga solinmagan.
Xususan, amaldagi qonunchilikda TGZning ayrim turlari — dipfeyklar, kiberbulling, doxxing, raqamli makonda ta’qib qilish va boshqa shakllarning aniq huquqiy ta'rifi mavjud emas.
Bu O‘zbekiston uchun ayniqsa dolzarb: mamlakat huquqiy va ijtimoiy himoya tizimini isloh qilish jarayonida, va bunday xalqaro kampaniya davlat, ekspertlar va jamiyat o‘rtasida muloqot yo‘lini yaratishga yordam beradi. Bu esa o‘zgarishlarning faqat rasmiy ko‘rinishdagina emas, balki amalda ham samarali bo‘lishini ta’minlaydi.
Raqamli zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha qonunchilikda qanday o‘zgarishlar qabul qilindi?
So‘nggi yillarda muhim islohotlar amalga oshirildi. Eng asosiy qadam — maishiy zo‘ravonlikning jinoyat deb e’tirof etilishi bo‘ldi: endilikda davlat zo‘ravonlikni ochiqchasiga jinoyat sifatida tan oladi. Himoya orderlarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi va himoya orderi o‘zi alohida himoya mexanizmiga aylandi.
Bundan tashqari, qonunchilikka bosqichma-bosqich yangi zarar shakllari — raqamli bosim, psixologik ta’qib va stalking kiritilmoqda. Shu bilan birga, yordam infratuzilmasi ham rivojlanmoqda: inqiroz markazlari, ishonch telefonlari, idoralararo tezkor xizmatlar tashkil etilmoqda. Huquqiy baza mavjud bo‘lishiga qaramay, bir qator masalalar haligacha to‘liq tartibga solinmagan.
Xususan, amaldagi qonunchilikda TGZning ayrim turlari — dipfeyklar, kiberbulling, doxxing, raqamli makonda ta’qib qilish va boshqa shakllarning aniq huquqiy ta’rifi mavjud emas.
Ba’zi turdagi raqamli zo‘ravonlik (TGZ) jinoyat sifatida belgilanganidan keyin vaziyat qanday o‘zgardi?
Jinoyat javobgarligi joriy etilgach, muhim burilish nuqtasi yuz berdi: davlat maishiy zo‘ravonlikni endi oddiy maishiy mojarolar emas, balki qonun buzilishi sifatida rasman e’tirof etdi. Ayollar yordam so‘rab murojaat qilishni ko‘proq boshladi, chunki endi ular qonun ularning tomonida ekanini bilishadi. Sudgacha yetib boradigan ishlar soni oshdi va mavzu jamiyat uchun endi tabu bo‘lmay qoldi. Shu bilan birga, jinoyatlashtirish — bu birinchi qadam xolos. Qonun normalaridan keyin amaliyot, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini o‘qitish, shuningdek, ayniqsa hududlarda qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini kengaytirish lozim. Ta’kidlash kerakki, agar himoya orderiga rasmiyatchilik bilan yondashilsa, u amalda ishlaydigan vosita o‘rniga butunlay samarasiz mexanizmga aylanib qoladi. Bundan tashqari, maishiy zo‘ravonlik bo‘yicha yarashtirish amaliyoti ko‘p hollarda salbiy oqibatlarga olib keladi.
O‘zbekiston qonunchiligida TGZning ayrim shakllarigagina parchalangan ta’riflar mavjud, biroq ularning keng va aniq huquqiy izohi hali to‘liq shakllanmagan.
Ayrim ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralarining joriy etilishi TGZga qarshi kurashga qisman qaratilgan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va Jinoyat kodeksidagi moddalar davlatning axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olishga nisbatan cheklangan yondashuvini ko‘rsatadi.
Ayrim ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralarining joriy etilishi TGZga qarshi kurashga qisman qaratilgan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va Jinoyat kodeksidagi moddalar davlatning axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olishga cheklangan yondashuvini ko‘rsatadi.
JKning 141-1-moddasi “Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish” ayollarga nisbatan sodir etilishi mumkin bo‘lgan bir qator huquqbuzarliklarni o‘z ichiga oladi:
Shaxsning manzili yoki telefon raqami kabi shaxsiy ma’lumotlarini to‘plash va e’lon qilish, ta’qib qilish yoki qo‘rqitish maqsadida (doxxing);
Mazkur modda onlayn zo‘ravonlik bilan bog‘liq maxfiylikni buzish holatlarining oldini olish uchun mexanizmlarni belgilaydi; xususan, jabrlanuvchining roziligisiz shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish yoki tarqatish oqibatida psixologik yoki jismoniy zarar yetkazilgan bo‘lsa, javobgarlikka tortish imkonini beradi.
JKning 141-3-moddasi fuqarolarning shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilish yoki tarqatishdan himoya qilishga qaratilgan. Mazkur norma texnologik jihatdan yuzaga keladigan zo‘ravonlik shakllariga, jumladan kiber ta’qib va shaxsiy ma’lumotlarni tarqatish bilan tahdid qilish holatlariga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, bugungi raqamli makonda bu masala dolzarbligi yanada ortmoqda.
Intim ma’lumotlarni tarqatish bilan tahdid qilish ham ushbu modda doirasiga kiradi, bu esa jabrlanuvchilarni psixologik bosim va qo‘rqitishdan himoya qilish imkonini beradi.
141-3-modda texnologik jihatdan yuzaga keladigan zo‘ravonlik qurbonlarini himoya qilish uchun muhim huquqiy asos yaratadi, biroq huquqni qo‘llash amaliyoti va profilaktika choralarida qo‘shimcha takomillashtirishni talab etadi.
Asosiy normalardan yana biri — shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalalarini tartibga soluvchi moddalar (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 46-2-moddasi va Jinoyat kodeksining 141-2-moddasi). Bu normalar yirik miqdordagi jarimalar, tuzatish ishlari, ayrim holatlarda esa ozodlikdan mahrum qilish jazosini nazarda tutadi.
Masalan, shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy yig‘ish yoki tarqatish uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 130-moddasi pornografik mahsulotlarni tarqatishga qarshi kurashishga qaratilgan bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar va internetdan foydalanishni ham qamrab oladi. Ushbu norma ayollarning roziligisiz seksual kontentni tarqatish, voyaga yetmaganlarni jalb etish yoki internetdan haqoratlash va ekspluatatsiya vositasi sifatida foydalanish bilan bog‘liq TGZ shakllarining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Shuni unutmaslik kerakki, jinoyatlashtirish — bu faqat birinchi qadam. Qonun normasidan so‘ng amaliyot shakllanishi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari malakasini oshirish, shuningdek, ayniqsa hududlarda qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini kengaytirish zarur.
Mavjud TGZ qurbonlarini himoya qilish mexanizmlari ham cheklangan. Texnologik jihatdan yuzaga keladigan gender zo‘ravonlikka samarali qarshi kurashish uchun mavjud qonunchilikni raqamli davr realiyatlariga moslashtirish, onlayn makonda fuqarolarning huquq va erkinliklarini to‘liq himoya qilish zarur.
Bartaraf etilishi lozim bo‘lgan qonunchilikdagi bo‘shliqlar bormi?
Ha, bunday bo‘shliqlar mavjud.
Onlayn zo‘ravonlik qurbonlari o‘z huquqlarini himoya qilish jarayonida bir qator qiyinchiliklarga duch keladi. Eng muhim muammolardan biri — raqamli makonda himoya orderi mexanizmini samarali qo‘llashning deyarli imkonsizligi. An’anaviy zo‘ravonlik shakllaridan farqli o‘laroq, TGZ ko‘pincha anonim tarzda sodir etiladi, bu esa huquqbuzarni aniqlashni ancha murakkablashtiradi.
Raqamli dalillarni yig‘ish va idoralararo tezkor hamkorlik bo‘yicha samarali mexanizmlar yo‘lga qo‘yilmagan. Jabrlanuvchilar uchun shikoyat berish va yordam olish jarayoni murakkab, chunki buning uchun qulay va samarali onlayn xizmatlar deyarli mavjud emas. Bundan tashqari, ko‘plab ayollar ikkilamchi qurbonlikka duch keladi. Belgilanayotgan jazo choralari esa ko‘p hollarda juda yengil, bu ularning tiyib turish samaradorligiga nisbatan shubha uyg‘otadi.
Milliy tartibga solishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning raqamli zo‘ravonlikka tezkor javob berish majburiyati belgilab qo‘yilmagan, shuningdek TGZ bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha tizimli statistika yuritilmaydi.
Tergovning dastlabki bosqichlarida ariza beruvchi ayollar yetarli darajada himoyalanmaydi — maxfiylik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha mexanizmlar sust ishlaydi. Bundan tashqari, raqamli muhitda sodir etiladigan turli xil huquqbuzarliklarni (kiberstalking, raqamli ta’qib va boshqalar) to‘liq tartibga soladigan kompleks huquqiy norma mavjud emas.
Huquqiy himoya mexanizmlari qanchalik samarali ishlamoqda?
Ular ishlamoqda, biroq samaradorlik hozircha bir xil emas. Toshkentda jarayonlar ancha yo‘lga qo‘yilgan: malakali mutaxassislar bor, aholining xabardorlik darajasi yuqori, psixologik va yuridik yordamga kirish imkoniyati kengroq.
Hududlarda esa vaziyat murakkabroq: kadrlar yetishmasligi, idoralararo hamkorlikning sustligi va bilimlarning yetarli emasligi qonunning to‘liq amalga oshishiga to‘sqinlik qiladi.
Muammo ko‘proq qonun normalarining o‘zida emas, balki ularning ijrosida, rasmiyatchilikka asoslangan yondashuvlarda namoyon bo‘ladi. Mamlakat to‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanmoqda, biroq tizimning barqaror ishlashi uchun yagona standartlar, shuningdek xodimlarning doimiy o‘qitilishi zarur.
Bundan tashqari, raqamli ko‘nikmalar darajasidagi tafovut ham muhim rol o‘ynaydi
Ayollar ichki ishlar organlariga murojaat qilganda qanday muammolarga duch keladi?
Ayollar ko‘pincha qarindoshlar tomonidan bosimga uchraydi — ular arizadan voz kechishga majburlashga harakat qiladi. Ba’zan ayrim xodimlarning ishonchsiz munosabati ham uchraydi: ular vaziyatni baholaydi, izohlar beradi yoki sodir bo‘lgan holatni “oila ichidagi janjal” sifatida qabul qiladi.
Raqamli zo‘ravonlikni hujjatlashtirish ham qiyinchilik tug‘diradi, chunki bu maxsus ko‘nikmalarni talab qiladi. Bundan tashqari, ko‘plab ayollar o‘z huquqlari va mavjud imkoniyatlar haqida yetarli ma’lumotga ega emas — bu esa ularning o‘zini himoya qilish qobiliyatini sezilarli darajada cheklaydi.
An’anaviy jamoalarda ayollar uchun obro‘-e’tibor yo‘qotish xavfi (reputatsion risklar) esa TGZning zararini yanada kuchaytirishi mumkin.
Yuristlar va huquq himoyachilari qaysi to‘siqlarga duch keladi?
Yuristlar jinoyatlarni malakalashda bir xil bo‘lmagan amaliyot, shuningdek dalillarni yig‘ishdagi qiyinchiliklar bilan tez-tez to‘qnash keladi — ayniqsa psixologik, iqtisodiy yoki raqamli zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha.
Ba’zan jabrlanuvchilar bilan muloqot qilishning o‘zi ham murakkab bo‘ladi: ular oila bosimi ostida bo‘ladi yoki ishni davom ettirishdan qo‘rqadi. Ayrim hududlarda yuristlar mahalliy tuzilmalar tomonidan qarshilikka duch keladi — ular bunday ishlarni ustuvor yo‘nalish sifatida qabul qilishga tayyor bo‘lmaydi.
Aslida, mutaxassislar ko‘pincha qonuniy normalarni qo‘llashi kerak bo‘lgan xodimlarning o‘ziga ham tushuntirishga majbur bo‘ladi — ya’ni amaliy ish bilan bir qatorda ma’rifiy ishni ham olib boradi.
Qaysi turdagi raqamli zo‘ravonliklar eng dolzarb hisoblanadi?
Bugungi kunda eng ko‘p uchraydigan shakllar — kiberta'qib, ayolning roziligisiz intim materiallarni tarqatish, akkauntlarni buzish, shaxsiy yozishmalarni oshkor qilish, shuningdek dipfeyklar va sun’iy intellekt orqali yaratilgan tasvirlarni tarqatish. Ko‘pincha TGZ boshqa huquqbuzarliklar bilan birga kechadi — masalan, shaxsiy ma’lumotlarni tarqatish bilan tahdid qilib tovlamachilik qilish, moliyaviy firibgarlik yoki ayolni moddiy jihatdan zarar ko‘rishga majbur qilish.
Vizual kontentni soxtalashtirish, jumladan dipfeyklar yaratish, shuningdek uyushtirilgan onlayn ta’qib kampaniyalari tobora ko‘paymoqda. Raqamli zo‘ravonlikning eng xavfli jihati shundaki, u makon va vaqt bilan cheklanmaydi — ta’qib yillar davom etishi mumkin, shaxsiy ma’lumotlar sizib chiqsa, oqibatlarini to‘liq bartaraf etish deyarli imkonsiz bo‘lib qoladi.
Bundan tashqari, jismoniy, psixologik, iqtisodiy va seksual zo‘ravonlik shakllari ham onlayn makonga ko‘chib o‘tishi mumkin. Amaldagi himoya orderlari esa raqamli muhitda, texnologiyalar yoki sun’iy intellekt vositalaridan foydalanib sodir etiladigan xatti-harakatlarni qamrab olmaydi — bu esa ayollarni himoya qilishda jiddiy bo‘shliqni yuzaga keltiradi.
Ayollar shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish va kiberxavfsizlik haqida nimani bilishlari kerak?
Raqamli savodxonlikning asosiy elementi bugungi kunda shaxsiy xavfsizlikning muhim elementidir. Ayollar uchun ikki faktorli autentifikatsiyadan foydalanish, kuchli va aniq parollardan foydalanish, qurilmalariga kirishni himoya qilish va qaysi ilovalar ularning kamerasi, mikrofoniga yoki joylashuviga kirish huquqiga ega ekanligiga e'tibor berish muhimdir.
Ular shaxsiy ma'lumotlar va fotosuratlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishda va shaxsiy fotosuratlar, hujjatlar yoki joylashuv ma'lumotlarini shaxsiy xabarlarda ulashishda ehtiyot bo'lishlari kerak. Va esda tutish kerakki: har bir ayol raqamli suiiste'mollik holatida o'z huquqlarini himoya qilish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilish huquqiga ega.
Onlayn bezorilikka qarshi kurashish uchun qonunchilik vositalari yetarlimi?
Mavjud qoidalar jinoyatchilar uchun javobgarlikni nazarda tutadi, ammo ular parchalanib ketgan. Onlayn bezorilik ko'pincha tuhmat, tahdid yoki shaxsiy hayotga tajovuz kabi umumiy jinoyatlar bo'yicha tasniflanadi. Biroq, raqamli bezorilik bu toifalarning har biriga qaraganda kengroq hodisadir. Alohida, keng qamrovli jinoyatning yo'qligi tergov tezligi va sifatini pasaytiradi va raqamli izlarning o'ziga xos xususiyatlarini ko'rib chiqmaydi.
Raqamli savodxonlikning pastligi va GZ masalalari bo'yicha zaif huquqiy xabardorlik
Ayollar, ayniqsa qishloq joylarda, o'z huquqlari va GZga javob berish imkoniyatlari haqida xabardor emaslar. Ayollar va qizlarni raqamli xavfsizlik haqida o'qitish bo'yicha milliy kampaniya yoki strategiya mavjud emas. Raqamli huquqlar va xavfsizlik advokatlar, o'qituvchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun professional rivojlanish dasturlariga yetarlicha kiritilmagan.
O'zbekistondagi ommaviy axborot vositalari zo'ravonlikni qanday yoritadi?
Ommaviy axborot vositalari sezilarli yutuqlarga erishdi. Bugungi kunda muammoni sensatsiyaga aylantirish o'rniga, uni chuqur va tizimli tahlil qiluvchi maqolalar tobora ko'proq paydo bo'lmoqda.
Biroq, ommaviy axborot vositalari hali ham jabrlanuvchini ayblash, haddan tashqari tafsilotlarni ko'rsatish, mojarolarni romantiklashtirish yoki diqqatni tajovuzkordan jabrlanuvchiga qaratishga moyil. Jurnalistlarga zamonaviy axloqiy reportaj standartlari kerak va ular mutaxassislar, inson huquqlari faollari va psixologlar bilan tez-tez muloqot qilishlari muhimdir.
Bugun darhol qaysi qonun yoki mexanizmni o‘zgartirgan bo‘lardingiz?
O‘zbekistonda TGZga (texnologik jihatdan yuzaga keladigan gender zo‘ravonlikka) qarshi kurashishga qaratilgan maxsus normalarni ishlab chiqish va qonunchilikka joriy etish zarur. Jinoyat kodeksini TGZning asosiy shakllari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobgarlik belgilovchi yangi moddalar bilan to‘ldirish muhim.
Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda shaxsga qarshi kiberjinoyatlar bilan shug‘ullanuvchi maxsus bo‘linmalar yoki guruhlar tashkil etilishi kerak. Masalan, ichki ishlar tizimi tarkibida TGZ bo‘yicha murojaatlarni qabul qiladigan va ular bilan ishlaydigan alohida bo‘limni shakllantirish mumkin.
Bu bo‘lim xodimlari TGZdan jabr ko‘rganlar bilan ishlash bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tishi, shuningdek raqamli dalillarni yig‘ish, texnik tekshiruv o‘tkazish, platformalar bilan hamkorlik qilish kabi TGZ bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni tergov qilishning texnik jihatlarini chuqur o‘rganishi lozim.
Jamiyat bu “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” davomida nimani eshitishini istardingiz?
Eng avvalo, shuni unutmaslik kerakki, zo‘ravonlik hech qachon shaxsiy masala emas — bu inson huquqlarining buzilishidir. Mas’uliyat doimo zo‘ravonlikni sodir etgan shaxs zimmasida bo‘ladi, o‘zini himoya qilishga uringan ayolda emas.
Shuningdek, zo‘ravonlikka qarshi kurash — bu davlat, institutlar, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati va har bir insonning umumiy vazifasi. Faqat shunda tizimni real o‘zgartirish, uni samarali qilish va formal yondashuvdan xoli etish mumkin bo‘ladi.
Ushbu nashr Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan/birgalikda moliyalashtirilgan. Uning mazmuni uchun faqat Zamonaviy Jurnalistikani Rivojlantirish Markazi mas’ul bo‘lib, u Yevropa Ittifoqining fikrini aks ettirishi shart emas