🎒 O'zbekiston Mediamaktabi bitiruvchilari hamjamiyatini ishga tushirish
Do'stlar,
biz O'zbekiston Mediamaktabi bitiruvchilari hamjamiyatini — muloqot, kasbiy taraqqiyot, qo'llab-quvvatlash va birgalikdagi loyihalar uchun platformani ishga tushiryapmiz.
⚠️ Faqat dasturlar bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin!
2019-yildan buyon Đśediamaktabni 150 dan ortiq mediaprofessional bitirdi. Bugun biz mediani rivojlantirish, tajriba almashish, o'zaro ko'maklashish maqsadida o'zimiz va maktab bo'lajak ishtirokchilari uchun birlashyapmiz.
đź’ˇ Sizni nimalar kutmoqda?
Mentorlik ko'magi va kasbiy aloqalar;
Yopiq tadbirlar, vorkshoplar va onlayn-kurslar;
Malaka oshirish, kollaboratsiya va o'sish uchun imkoniyatlar;
Shaxsiy hikoyalar va loyihalarni chop etish;
Mediamaktabni qo'llab-quvvatlash va uning taraqqiyotida ishtirok etish.