Yangiliklar

DW Mazktabi uchun arizalar qabuli yopildi

👍 Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi xalqaro trenerlar bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi DW Maktabiga (MSU) ariza topshirgan nomzodlar bilan individual suhbatlar o‘tkazmoqda.

🎒 DW Maktabi ikki xil o‘quv kursini taklif etadi:

🔔 Jurnalistika: Yosh media mutaxassislari jurnalistika sohasida muhim ko‘nikmalarni egallaydilar. Ular sifatli intervyular o‘tkazishni, informativ grafikalar va diagrammalar tuzishni hamda Tilda platformasida veb-saytlar yaratishni o‘rganadilar. Asosiy maqsad – raqamli media sohasining tez o‘zgarayotgan sharoitlarida ishlay oladigan professional jurnalistlarni tayyorlashdir.

📊 Mediaboshqaruv: Ushbu kurs samarali menejment ko‘nikmalarini o‘rgatishga qaratilgan. Unda strategik biznes-rejalar tuzish, reklama bozori tahlili va samarali jamoa shakllantirish kabi mavzular yoritiladi. Maqsad zamonaviy biznes muhitidagi chaqiriqlarga tayyor bo‘lgan yetakchilarni tayyorlash.

📌Joriy yilda ushbu dasturga 123 nafar kishi ariza topshirdi. Suhbatlar natijasida 24 nafar ishtirokchi tanlab olinadi:

— Jurnalistika kursi uchun 12 kishi;

— Mediaboshqaruv kursi uchun 12 kishi.

🗓 Suhbatlar 10-avgustga qadar davom etadi. Shundan so‘ng barcha nomzodlarga tanlov natijalari haqida xat yuboriladi. 🥸 Suhbatlar tajribali trenerlar tomonidan o‘tkazilib, har bir nomzodning motivatsiyasi, ko‘nikmalari va salohiyati sinchiklab baholanmoqda.

⭐️ Dasturga qiziqish bildirgan barcha nomzodlarga minnatdorchilik bildiramiz! Barchangizga omad va ijobiy kayfiyat tilaymiz!
2025-08-05 17:33 Yangiliklar