☀️ Mobil kontent ustasi, kreativ montajchi va ilhomlantiruvchi mentor Yigitaliev Boburmirzoning Summer MediaCamp–2025 doirasidagi sessiyalari ishtirokchilarga zamonaviy media vositalaridan samarali foydalanishni o‘rgatdi.
📌 Sessiyalar davomida ishtirokchilar mobilografiyaning asosiy tamoyillari, kadr tuzilishi, yorug‘lik va kompozitsiya bilan tanishadilar hamda o‘z qo‘llarida mavjud texnika orqali professional kontent yaratishni o‘rganadilar.
📌 Har bir jamoa o‘zining mini-media loyihasini ishlab chiqadi: g‘oyani shakllantirish, ssenariy yozish, suratga olish, montaj qilish va yakuniy taqdimotgacha bo‘lgan bosqichlar amaliy tarzda o‘zlashtiriladi.
💡 Muhit ijodkorlik va hamkorlikni rag‘batlantiradi — har kuni videolar yanada sifatliroq, ishtirokchilar esa o‘z qobiliyatlariga ko‘proq ishonch hosil qiladilar.
📱5 kun ichida — oddiy kamera kuchli vositaga, ishtirokchilar esa professional kontent yaratuvchilarga aylanadi!

☀️ Tadbir "Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi" nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda "EU Tabassum" loyihasi ko‘magida moliyalashtirilmoqda.
😀 "Yevropa Ittifoqi Tabassum: O‘zbekistonda gender tengligini targ‘ib qilish va yosh ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun media qobiliyatlari" loyihasi DW Akademie tomonidan Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (MJDC) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilmoqda va Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda