Yangiliklar

Summer MediCamp – 2026 ga qabul boshlandi!

Agar siz o‘zingiz, tashabbusingiz yoki tashkilotingiz faoliyati haqida qiziqarli va ta’sirli kontent yaratishni istasangiz, Summer MediCamp – 2026 aynan siz uchun.

🏆 Summer MediCamp – 2026 — bu media savodxonligiga bag‘ishlangan yozgi yoshlar oromgohi bo‘lib, unda siz hikoyalaringizni matn, foto, video, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa media vositalari orqali aniq, qiziqarli va ishonchli tarzda yetkazishni o‘rganasiz.

Oromgoh davomida siz:
  • auditoriya e’tiborini tortadigan kontent yaratish;
  • o‘zingiz va loyihalaringiz haqida qiziqarli hikoya qilish;
  • faktlarni yolg‘on axborotlardan (feyklardan) ajratish;
  • ijtimoiy tarmoqlar va auditoriya bilan samarali ishlash;
  • g‘oyalaringizni keng jamoatchilikka tushunarli va ta’sirchan tarzda taqdim etish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.

Media, blogerlik, jurnalistika, jamoatchilik tashabbuslari, volontyorlik, faollik hamda o‘z loyihalarini rivojlantirishga qiziqadigan barcha yoshlarni oromgohimizga taklif qilamiz.

Ariza topshirish uchun: havola orqali anketani to‘ldiring - https://forms.gle/T15BvYtKP2Dcz7Gt7

Arizalar qabuli yakunlanadi: 2026-yil 10-iyun

🗓 Oromgoh sanalari: 2026-yil 15–21-iyun

📍Manzil: Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Yoshlar Oromgohi”
Joylar soni cheklangan. Shuning uchun ariza topshirishni keyinga qoldirmang.

Summer MediCamp – 2026 — bu sizga muhim mavzular haqida samarali muloqot qilishni, o‘z fikr va g‘oyalaringizni keng auditoriyaga yetkazishni o‘rgatadigan maydon. Bu yerda sizni eshitishadi, tushunishadi va qo‘llab-quvvatlashadi.
Yangiliklar