Yangiliklar

O‘zbekistondagi DW Akademie jurnalistika va mediamenejment maktabi-2025ga saralashning ikkinchi bosqichi yakunlandi

👍 Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi ishtirokchilarning yakuniy ro‘yxatini tasdiqladi. Bu yo‘l oson kevhmadi: saralash hay’ati har bir arizani jiddiy o'rganib chiqdi. Raqobat kuchli edi - iqtidorli va ilhomlangan nomzodlar juda ko‘p edi.

📩 Barcha ariza beruvchilarga natijalar ko‘rsatilgan xatlar jo‘natildi.

— Tanlovning ikkinchi bosqichidan o‘tganlar bilan yaqin kunlarda bog‘lanib, kursning keyingi bosqichlari va nozik jihatlari haqida batafsil ma’lumot beramiz.

— Agar xatni olmagan bo‘lsangiz, ehtimol, elektron noto'g'ri pochta manzili ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Bunday holda, shu hafta oxirigacha kutib turishingizni va keyin yordamchimizga murojaat qilishingizni so‘raymiz: @AGuzaliya

👥 Shuningdek, biz ishtirokchilarning zaxira ro‘yxatini tuzib qo‘ydik. Agar asosiy tarkibdan kimdir uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok eta olmasa, zaxiradagilar maktabga qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🗣️ Bildirgan qiziqishingiz va ishonchingiz uchun barchangizga tashakkur bildiramiz! O‘tmagan nomzodlardan xafa bo‘lmasliklarini so‘raymiz — oldinda yana ko‘plab loyihalarimiz va tadbirlarimiz bor. Ularga ham ariza topshirish imkoniyati bo‘ladi, Sizni ishtirokchilar safida ko‘rishdan albatta mamnun bo‘lamiz.
Yangiliklar