Yangiliklar

Iqlim haqida gap ketganda — feykni faktlardan qanday ajratish mumkin?

Va nega ekologik muammolar haqida gapirganda ayollarni yoddan chiqarmaslik muhim?

24-iyun kuni Urganchda Tabassum gender mediaklubining 11-uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda jurnalistlar, blogerlar, ekologlar, talabalar va NNT vakillari ishtirok etdilar. Iqlimiy dezinformatsiya qanday tarqalayotgani, bundan kimlar ko‘proq aziyat chekayotgani va media bu holatga qanday qarshi turishi mumkinligi muhokama qilindi.

Gender sezgirligi, feyklarga qarshi kurash, ekologik savodxonlik va mediaklublarni oliygohlarda doimiy o‘tkazish tashabbusi — bu uchrashuv mazmunli va dolzarb bo‘ldi.

"Yevropa Ittifoqi Tabassum:
O'zbekistonda gender tengligini targ'ib qilish va yosh ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun media qobiliyatlari" loyihasi DW Akademie tomonidan Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (MJDC) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilmoqda va Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda.
Tabassum Yangiliklar