🎒 Media School Uzbekistan Hamjamiyatining strategik boshqaruv organi - Kuzatuv kengashiga bitiruvchilar vakillarining 4 ta o‘rni uchun ochiq tanlov e’lon qilamiz. Agar Siz Media School Uzbekistanning biror kursini (2019-yildan 2024-yilgacha) tugatgan bo‘lsangiz, media sohasida faol bo‘lsangiz va hamjamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishni istasangiz, arizangizni kutib qolamiz!
🧭 Kuzatuv kengashi qanday vazifalarni bajaradi? • hamjamiyatni rivojlantirish strategiyasini belgilaydi, • muvofiqlashtiruvchini tasdiqlaydi va yillik rejaning ijrosini nazorat qiladi, • hamkorlik shartnomalarini tuzadi. Kengash har chorakda kamida bir marta yig‘iladi. Ish - jamoatchilik asosida, ammo butun bitiruvchilar tarmog‘ining taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatadi va muhim ahamiyatga ega.
✅ Kimlar ariza topshirishi mumkin? Nomzod quyidagi talablarga javob berishi kerak: • Media School Uzbekistan bitiruvchisi bo‘lishi; • media sohasida (jurnalistika, media menejment, PR, media tadqiqotlari, faktcheking va hokazo) faol bo'lishi; • yig‘ilishlarda qatnashishga va hamjamiyatni rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritishga tayyor bo‘lishi.
📌 Tanlov mezonlari: 1. Media yoki unga yaqin sohalardagi kasbiy faollik. 2. Hamjamiyat orasidagi obro‘ va ishonch. 3. Boshqaruv, loyihalarni muvofiqlashtirish, strategik fikrlash tajribasi. 4. Geografik va mavzuviy xilma-xillik (turli mintaqalar, yo‘nalishlar, bitiruvchilar avlodi vakillari kutib olinadi). 5. Motivatsiya va savolga aniq javob: 🔍 Nima uchun aynan Siz Kuzatuv kengashiga a’zo bo‘lishingiz kerak? Jamiyatda nimani yaxshilashni yoki rivojlantirishni xohlayotganingiz, boshqa bitiruvchilarga qanday foyda keltira olishingiz haqida gapirib bering.
📝 Nimalarni yuborish kerak: • qisqacha rezyume (1 sahifagacha), • motivatsion xat (250 tagacha so‘z), • agar mavjud bo‘lsa - loyihalar, maqolalar, mediatashabbuslarga havolalar.
⏳Arizalarni qabul qilish muddati: 22 avgust gacha ✉️ Arizalar quyidagi elektron pochta orqali qabul qilinadi: cdmjuz@gmail.com 🗣️ Savollar - Telegramda: @LolaIslamova
❗️ Muhim: Kengash a’zolari 2 yil muddatga, ochiq tanlov asosida saylanadi. Nomzodlar kengash yig‘ilishida tasdiqlanadi va hamjamiyatning rasmiy manbalarida e’lon qilinadi.
🧩 Bitiruvchilarning kuchli va faol jamoasini shakllantiruvchi bo‘ling. Biz aynan Sizni kutyapmiz!