Yangiliklar

‼️ Tanlov e’lon qilindi!

🎒 Media School Uzbekistan Hamjamiyatining strategik boshqaruv organi - Kuzatuv kengashiga bitiruvchilar vakillarining 4 ta o‘rni uchun ochiq tanlov e’lon qilamiz.
Agar Siz Media School Uzbekistanning biror kursini (2019-yildan 2024-yilgacha) tugatgan bo‘lsangiz, media sohasida faol bo‘lsangiz va hamjamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishni istasangiz, arizangizni kutib qolamiz!

🧭 Kuzatuv kengashi qanday vazifalarni bajaradi?
• hamjamiyatni rivojlantirish strategiyasini belgilaydi,
• muvofiqlashtiruvchini tasdiqlaydi va yillik rejaning ijrosini nazorat qiladi,
• hamkorlik shartnomalarini tuzadi.
Kengash har chorakda kamida bir marta yig‘iladi. Ish - jamoatchilik asosida, ammo butun bitiruvchilar tarmog‘ining taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatadi va muhim ahamiyatga ega.

✅ Kimlar ariza topshirishi mumkin?
Nomzod quyidagi talablarga javob berishi kerak:
• Media School Uzbekistan bitiruvchisi bo‘lishi;
• media sohasida (jurnalistika, media menejment, PR, media tadqiqotlari, faktcheking va hokazo) faol bo'lishi;
• yig‘ilishlarda qatnashishga va hamjamiyatni rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritishga tayyor bo‘lishi.

📌 Tanlov mezonlari:
1. Media yoki unga yaqin sohalardagi kasbiy faollik.
2. Hamjamiyat orasidagi obro‘ va ishonch.
3. Boshqaruv, loyihalarni muvofiqlashtirish, strategik fikrlash tajribasi.
4. Geografik va mavzuviy xilma-xillik (turli mintaqalar, yo‘nalishlar, bitiruvchilar avlodi vakillari kutib olinadi).
5. Motivatsiya va savolga aniq javob:
🔍 Nima uchun aynan Siz Kuzatuv kengashiga a’zo bo‘lishingiz kerak?
Jamiyatda nimani yaxshilashni yoki rivojlantirishni xohlayotganingiz, boshqa bitiruvchilarga qanday foyda keltira olishingiz haqida gapirib bering.

📝 Nimalarni yuborish kerak:
• qisqacha rezyume (1 sahifagacha),
• motivatsion xat (250 tagacha so‘z),
• agar mavjud bo‘lsa - loyihalar, maqolalar, mediatashabbuslarga havolalar.

Arizalarni qabul qilish muddati: 22 avgust gacha
✉️ Arizalar quyidagi elektron pochta orqali qabul qilinadi: cdmjuz@gmail.com
🗣️ Savollar - Telegramda: @LolaIslamova

❗️ Muhim:
Kengash a’zolari 2 yil muddatga, ochiq tanlov asosida saylanadi. Nomzodlar kengash yig‘ilishida tasdiqlanadi va hamjamiyatning rasmiy manbalarida e’lon qilinadi.

🧩 Bitiruvchilarning kuchli va faol jamoasini shakllantiruvchi bo‘ling. Biz aynan Sizni kutyapmiz!
Yangiliklar