Yangiliklar

Ishtirokchilar uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

👍 Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida “Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan “Summer MediaCamp–2025. MediaStart: raqamli haqiqat sari yoʻling” nomli media savodxonlik boʻyicha talabalar uchun yozgi oromgohga roʻyxatga olish eʼlon qilinadi.

📌 Asosiy yo‘nalish: Mediasavodxonlik va faktchek dezinformatsiyaga qarshi kurashish hamda sifatli kontent yaratish.

👀 “Summer MediaCamp-2025” davomida O‘zbekistonning 50 nafar saralangan yoshlari jurnalistika va media sohasidagi kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlashadi. Ishtirokchilar har biri 10 kishidan iborat 5 guruhga bo‘linadi. Bu esa har bir ishtirokchiga o‘quv dasturiga chuqur sho‘ng‘ish imkonini beradi. Dastur davomida turli o‘quv faoliyatlari, jumladan, ustozlar bilan uchrashuvlar, workshoplar, shuningdek, jamoaviy o‘yinlar va interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

📅 O‘tkazilish sanalari: 2025-yil 9–13-sentabr

O‘tkazilish joyi: “Yoshlar oromgohi” lageri, Bo‘stonliq tumani, Toshkent viloyati

🔔 Biz faqat talabalarni emas, balki barcha media vakillarini — jurnalistlar, fotograflar, blogerlar va boshqa media mutaxassislarini ham taklif qilamiz.

‼️ Tanlov mezonlari:

- O‘zbekiston fuqaroligi yoki O’Rda doimiy yashash;

- Yoshi 18 yoshdan 25 yoshgacha;

- Ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritish (shaxsiy blog yoki tashkilot sahifasi);

- Volontyorlik tajribasi ijobiy baholanadi;

- O‘zbek va/yoki rus tillarini bilish (ingliz tilini bilish afzallik hisoblanadi);

✔️ Ishtirok etish uchun ariza topshirish mumkin bu yerda: https://forms.gle/HCkUK7yHnqTACMG78

📆 Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2025-yil 15-avgust

☀️ Tadbir "Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi" nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda "EU Tabassum" loyihasi ko‘magida moliyalashtirilmoqda.
😀 "Yevropa Ittifoqi Tabassum: O‘zbekistonda gender tengligini targ‘ib qilish va yosh ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun media qobiliyatlari" loyihasi DW Akademie tomonidan Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (MJDC) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilmoqda va Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
2025-07-31 17:49 Yangiliklar