2025 yil sermahsul va jadal o‘tdi. Natijalarni sarhisob qildik, xulosalar chiqardik va endi yanada keng qarash bilan oldinga yurmoqdamiz.
2026 yil Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi uchun oddiy davom emas — bu yangi daraja: yangi formatlar, yangi auditoriyalar va professional o‘sish uchun kengroq imkoniyatlar.
Klassika × Innovatsiya
DW Uzbekistan’ning 8-Mediashkolasi — endi shunchaki flagman emas. Doimiy yangilanadigan, amaliyotga yo‘naltirilgan, texnologiyalar bilan boyitilgan va haqiqiy maydonda ishlaydigan ko‘nikmalarni beruvchi zamonaviy format.
Samarqand ruhi + raqamli huquqlar
Raqamli huquqlar akademiyasining ikkinchi bosqichi yanada chuqur va amaliy o‘tadi.
UDRMI — talaba, o‘qituvchi, yurist va NNTlar uchun treninglar seriyasi. Bu yerda inson huquqlari va raqamli xavfsizlik masalalari ortiqcha rasmiyatchiliksiz, hayotda zarur bo‘lgan aniq va amaliy yondashuv bilan o‘rganiladi.
Tayanch platformalar
Legalclinic.uz — internetda faol bo‘lgan har bir kishi uchun bepul yuridik maslahatlar va ishonchli huquqiy ma’lumot.
Edusmile.uz — qizlar va ayollar huquqlari bo‘yicha ekspertlar bazasi, tadqiqotlar va dolzarb materiallar.
Msavod.uz — barchaga mo‘ljallangan mediama’rifat: lo‘nda, sodda va tushunarli.
Qlever.uz — interaktiv topshiriqlar orqali tanqidiy fikrlashni rivojlantiradigan o‘quv platformasi.
Haqiqat hududi
Factchecknet.uz yangi bosqichga o‘tmoqda.
Feyklar, manipulyatsiyalar va targ‘ibotga qarshi kurash — bu shunchaki trend emas, bu zarurat. Biz odamlarni haqiqiy himoya qiladigan vositalar bilan ta’minlashni davom ettiramiz.
Shuningdek, Nukus va Toshkentdagi Faktchek-klublar — birlashib, rivojlanib, birga tekshiramiz.
Iqtisodiyot va oshkoralik (EGED)
2026 yil EGED uchun muhim bosqich bo‘ladi.
Davlat organlari va parlament bilan hamkorlik kuchayadi, ochiq byudjet, davlat xaridlari va axborotga ochiq kirish bo‘yicha samarali kommunikatsiyalar yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan tashqari, respublika miqyosida keng qamrovli axborot kampaniyasi boshlanadi.
Fuqarolik jamiyati kuchi
NNTlarni qo‘llab-quvvatlash — bu shior emas.
Mentorlik dasturlari, ta’lim maydonchalari va amaliy yordam mexanizmlari kengaytiriladi: grantlar, stipendiyalar, loyiha hamrohligi.
Matbuot xizmatlari uchun professional rivojlanish
Davlat tashkilotlari va biznes uchun PR, marketing, media va strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha maxsus kurslar ishlab chiqilmoqda.
Shuningdek, uchta yirik professional konferensiya o‘tkaziladi — rasmiyatchiliksiz, ammo mazmunan chuqur va amaliy tajriba almashinuvi bilan.
Yoshlar uchun SMC medialageri
Yoz — ta’til, lekin foydali ta’til.
4-SMC medialageri — mediama’rifat, gender tengligi, amaliy mashg‘ulotlar va o‘ziga xos jonli atmosfera bilan boyitilgan.
Muhim e’lon
2026 yilda tijoriy yo‘nalishni yanada kuchaytiramiz.
Agar tashkilotingizga marketing, media, PR, mediaproduktlar yaratish yoki kampaniyalar tashkil etish bo‘yicha xizmatlar kerak bo‘lsa, bizga yozing: cdmjuz@gmail.com
Biz bilan bo‘lganingiz uchun tashakkur. Yil sermazmun, halol va kuchli bo‘ladi. Yonimizda qoling — yangiliklar ko‘p bo‘ladi.