Yangiliklar

📌 KNAUF kompaniyasi Summer MediaCamp-2025'da yoshlarini qo‘llab-quvvatladi!

☀️ Media oromgoh davomida KNAUF ustalari ishtirokida amaliy master-klass bo‘lib o‘tdi. Ular ishtirokchilarga zamonaviy montaj texnologiyalari va suvoq ishlari elementlarini ko‘rsatib berishdi. Ishtirokchilar nafaqat o‘z kuchlarini hunarda sinab ko‘rishdi, balki kompaniyadan esdalik sovg‘alariga ham ega chiqishdi. 🎁

💡 Nega bu muhim?

Bunday uchrashuvlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytiradi, yangi kasblarni kashf etishga yordam beradi va har bir sifatli loyiha ortida bilim, ko‘nikma va mas’uliyatli munosabat yotishini anglatadi.

🌐 KNAUFning ijtimoiy mas’uliyati — bu nafaqat qurilish sohasi rivojiga, balki yoshlarning kelajagiga qo‘shilayotgan hissa. Ta’limiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, kompaniya ertangi kunda qulay, barqaror va zamonaviy muhitni yaratadigan avlodni shakllantirishga yordam bermoqda.
Yangiliklar