Summer MediaCamp-2025 tanlovi yakunlandi. “MediaStart: raqamli reallikka yoʻling”
🌐 Bu yil bizning orogohga qiziqish rekord darajada boʻldi — ishtirok etish uchun 1224 ta ariza kelib tushdi. Tanlov bosqichlari oson boʻlmadi:
1️⃣ Birinchi bosqichda 92 ta ariza loyihada ilgari qatnashganligi sababli, 968 tasi esa talablarga mos kelmaganligi sababli rad etildi.
2️⃣ Ikkinchi bosqichga 148 kishi oʻtdi, ulardan 122 nafari suhbatda ishtirok etdi (32 kishi bilan bogʻlanib boʻlmadi).
3️⃣ Uchinchi bosqichda 101 kishi maxsus anketani toʻldirdi. Tanlov natijasida Summer Media Camp 2025 ishtirokchilari roʻyxati 50 kishidan iborat boʻldi.
➡️ Toʻliq roʻyxatni quyidagi havola orqali koʻrishingiz mumkin: havola
❓Barcha savollar boʻyicha @jdureport ga murojaat qilishingiz mumkin.
💬 Ariza topshirgan va mediaorogohga qiziqish bildirgan har bir kishiga minnatdorchilik bildiramiz! Agar bu safar oʻtolmagan boʻlsangiz ham, oldinda yangi loyihalar va imkoniyatlar kutmoqda — sizni yana koʻrishdan xursand boʻlamiz!