🎓 Bu bir nafasda o‘tib ketgan mahsuldor va maksimal darajada drayvga boy kunlar bo‘ldi. Lagerning yakuniy akkordi ishtirokchilarning medialoyiha himoyalari bo‘ldi. Taqdim etilgan barcha g‘oyalar nafaqat qiziqarli, balki hayotiy bo‘lib chiqdi — trenerlar har bir ishni atroflicha tahlil qilib, mualliflarga tezkor start uchun kuchli amaliy tavsiyalar berishdi.
🎤 Medialagerning yopilish marosimida O‘zbekiston Respublika Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi vakili Tohir Umarov ishtirokchilar oldida nutq so‘zladi. Samimiy tilaklardan so‘ng, lager eng yoqimli qismga o‘tdi - ishtirokchilar dasturni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari to‘g‘risidagi sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi.
🎬 Yakuniy kun sovg‘alar dengizi bilan ham yodda qoldi. Tashkilotchilar Visa Kapitalbank tomonidan o‘tkazilgan “Pas uzat, butun mamlakat o‘yinda” tanlovi g‘oliblarini taqdirlab, yigit-qizlarga ajoyib guruhli va individual sovrinlarni topshirishdi. Shuningdek, lagerdagi faollik yakunlari ham sarhisob qilindi: sessiyalardagi yuqori ishtiroki va eng ko‘p koin to‘plagani uchun eng faol qatnashchilar ham ajoyib sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
☀️ Summer Media Camp yakunlandi, biroq loyihalar ustidagi haqiqiy ish endi boshlanyapti. Oq yo‘l, media sohasi vakillari! 🏆
"Summer MediaCamp-2026" bosh homiysi - Visa Kapitalbank