Media School Uzbekistan 2025 mediamenejment va jurnalistika maktabi ikki yo‘nalish – mediamenejment hamda jurnalistika bo'yicha qabul e’lon qilmoqda.
Kimlar ariza topshirishi mumkin?
• Mediamenejment — tahririyatlarni yoki mediakompaniyalarning marketing bo‘limlarini boshqarish bo‘yicha kamida 3 yillik tajribaga ega onlayn-nashrlar xodimlari.
• Jurnalistika — tahririyatda kamida 2 yillik ish tajribasiga ega onlayn-nashrlar xodimlari.
Ishtirok etish shartlari
Saralangan nomzodlar bepul o‘qitiladi. Yo‘l, turar-joy va ovqatlanish xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.
Format va sanalar (ta'lim rus va o‘zbek tillarida):
- Komissiya qarori — 24 ta ishtirokchi Mediamaktab-2025ga qabul qilinadi.
Media School Uzbekistan 2025 loyihasi Germaniya Federal iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi (BMZ)ning moliyaviy ko‘magida DW Akademie tomonidan Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (MJDC) bilan birgalikda amalga oshiriladi.