📌 Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi O‘zbekistondagi ommaviy axborot vositalari tahririyatlari o‘rtasida "Media Hackathon - 2024"da ishtirok etish uchun tanlov e’lon qiladi
📢 "Media Hackathon - 2024"da ishtirok etuvchi saralangan 10 ta jamoa medialoyihalarni amalga oshirish uchun 10 ming AQSH dollarigacha grant mablag´lari va uzoq muddatli mentorlik ko´magini olish uchun tanlovda ishtirok etadilar. Kichik grantlar dasturi ommaviy axborot vositalarining tashkiliy salohiyatini mustahkamlash, kontentni rivojlantirish, auditoriyani kengaytirish va mahalliy hamjamiyatlarda mediasavodxonlik g'oyalarini ilgari surish maqsadida amalga oshirilmoqda.
❓ "Media Hackathon - 2024"da kimlar ishtirok etishi mumkin?
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan, ikki yildan ortiq bo‘lmagan faoliyat muddatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalarining tahririyatlari (yakka tartibdagi tadbirkorlik shaklidagi va xorijiy ommaviy axborot vositalari hisobga olinmaydi) ishtirok etishlari mumkin. Arizalar O‘zbekistonning barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan ikki kishilik (media menejer/muharrir va jurnalist) jamoalardan qabul qilinadi. Loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun jamoalarga media-dizayner talabalar va ekspert yoki NNT vakillari biriktiriladi.
📊 Nomzodlarni saralash uch bosqichda amalga oshiriladi:
- Birinchi bosqichda jamoalar ishtirok etish uchun ishtirokchilar arizasini to'ldirishlari kerak. Unda arizachi jamoa loyihaning asosiy g'oyasini qisqacha bayon qilishi kerak bo'ladi;
- Ikkinchi bosqichda ishtirokchilar talablarga muvofiqligini tekshirish bo´yicha texnik tanlov o‘tkaziladi;
- Uchinchi bosqichda esa jamoalar onlayn suhbatdan o'tadilar.
O´tkazilish sanasi: 2024- yil 5-9 fevral (5 kun) kunlari davomida"Media Hackathon - 2024" o'tkaziladi.
Ishtirokchilar: 4 kishidan iborat 10 ta jamoa (jami 40 kishi) ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadi.
Trenerlar: Milliy va xalqaro ekspertlardan iborat professional trenerlar jamoasi mashg'ulotlarni olib borishadi.
🔔 Ishtirokchilar 5 kun davomida o‘z malakalarini oshiradilar va dolzarb ijtimoiy masalalar bo‘yicha media-loyihalar ishlab chiqadilar. Loyihaning oxirgi kuni mustaqil ekspertlar hay’ati tomonidan eng yuqori ball to‘plagan loyiha va jamoalar o'z media-loyihalarni amalga oshirish uchun grantlar bilan qo‘llab-quvvatlanadilar.
‼️ Ishtirok etish uchun arizani quyidagi havola orqali to'ldirish mumkin: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScyq_KhWLT9jBWSqpDQiP8Ll2KX3jsKPbvhcKGYt-m5n5WJYg/viewform?usp=sf_link
Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2023-yil 30-noyabr