Yangiliklar

Diqqat Tender: tadbirlarni tashkil etish xizmatlari

“Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi” nodavlat notijorat tashkiloti (Toshkent shahri) 2025-yil 18–21-sentabr kunlari Toshkent viloyatida o‘tkaziladigan “Raqamli huquqlar bo‘yicha media-akademiya” tadbirini tashkil etish xizmatlari uchun tender e’lon qiladi.

Xarid predmeti:

📍 3 kunga konferensiya zali va jihozlar (noutbuk, proyektor, mikrofonlar) ijarasi
🍽️ 34 nafar ishtirokchi uchun ovqatlanishni tashkil etish (tushlik, kechki ovqat, kofe-breyklar)
🛏️ Yashash joyi:
• 25 kishi uchun — 13 ta ikki kishilik xona (3 kecha)
• 9 kishi uchun — 9 ta bir kishilik xona (3 kecha)
🚐 Transport xizmatlari:
• 12 ta hududdan keladigan ishtirokchilar uchun temir yo‘l va aviachiptalarni xarid qilish
• Barcha ishtirokchilarni Toshkent ↔ Toshkent viloyati yo‘nalishida tashish

Shartlar:

📌 Tijorat takliflarini topshirish muddati: 2025-yil 24-avgust, soat 18:00 gacha
📌 Takliflarni quyidagi elektron pochta manziliga yuborish lozim: cdmjuz@gmail.com

Taklifga ilova qilinishi kerak:

  • Direktor pasporti nusxasi
  • Tashkilotning litsenziyasi yoki guvohnomasi
  • Qo‘shimcha hujjatlar (shartnoma tuzish uchun so‘rov bo‘yicha)
⚠️ Tijorat takliflari faqat tashkilot muhri bosilgan firma blankasida qabul qilinadi.
UDRMI Yangiliklar