Buxoroda jurnalistlar, blogerlar va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirokida Mediaklub bo‘lib o‘tdi
Buxoro, 2025-yil 24-fevral – Ekologiya, dezinformatsiya va gender tengligi masalalari Buxoroda bo‘lib o‘tgan Gender savodxonligi bo‘yicha Mediaklub muhokamalarining asosiy mavzusi bo‘ldi.
Uchrashuvda jurnalistlar, blogerlar va fuqarolik jamiyati vakillari jamiyatda iqlim o‘zgarishining ayollarga ta’siri va ekologiya bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumotlarga qarshi kurashda OAVning o‘rni haqida fikr almashdilar.
Umumiy muhokama: har bir kishining ishtiroki muhim
Bahs davomida ishtirokchilar jurnalistlar, blogerlar va fuqarolik jamiyati faollarining roli muhim ekanini ta’kidladilar. Media orqali haqiqiy ma’lumotlarni yetkazish, feyklarga qarshi kurashish va jamiyatning mas’uliyatini shakllantirish muhimligi qayd etildi.
🌍 Barnohon Artikxodjayeva ekologiya bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumotlarning xavfini tushuntirdi:
"Iqlim o‘zgarishi ko‘pchilik uchun tushunarsiz mavzu bo‘lib tuyuladi, shuning uchun feyk xabarlar tez tarqaladi. Jurnalistlar ilmiy dalillarga asoslangan aniq va ishonchli axborotni yetkazishlari zarur."
🌍 Bobur Karimov iqlim inqirozi nafaqat atrof-muhit, balki jamiyat uchun ham xavf ekanini ta’kidladi:
"Ekologik muammolar ayollar hayotiga bevosita ta’sir qiladi – suv tanqisligi, yashash sharoitining yomonlashuvi. Ammo ularning ovozi kamdan-kam hollarda eshitiladi. OAV buni o‘zgartirishi mumkin."
Muhokama qilingan mavzular:
📌 Jurnalistlar, blogerlar va jamoatchilikning iqlim masalalarini yoritishdagi roli
📌 Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha dezinformatsiyaga qarshi kurashish usullari
📌 Iqlim inqirozi sharoitida gender tengligi va ayollarning huquqlari
Buxorodagi Mediaklub jurnalistik tashabbuslar uchun boshlang‘ich nuqta bo‘ldi. Ishtirokchilar ekologiya va gender tengligi mavzularini yoritishga qaratilgan yangi media-loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha fikr almashdilar.
Jurnalistlar va blogerlar aholi o‘rtasida mediama’lumotlilikni oshirish muhimligini ta’kidladilar. Bu esa ilmiy dalillarga asoslangan axborotning tarqalishini ta’minlash, feyk va manipulyatsiyalarga qarshi kurashishda yordam beradi. Ishtirokchilar, shuningdek, fuqarolik jamiyati va OAV o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, ekologik kun tartibini targ‘ib qilish va ijtimoiy zaif guruhlarni himoya qilish bo‘yicha kelishib oldilar.
📢 Mediaklub uchrashuvlari O‘zbekistonning turli hududlarida davom etadi!
Yangiliklarni kuzatib boring va bizga qo‘shiling!
Mediaklub “EU Tabassum (Smile)” loyihasi doirasida tashkil etilgan. "Yevropa Ittifoqi Tabassum: O'zbekistonda gender tengligini targ'ib qilish va yosh ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun media qobiliyatlari" loyihasi DW Akademie tomonidan Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (MJDC) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilmoqda va Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda