12-sentabr kuni «Yoshlar oromgohi»da OIV mavzusiga va uning atrofidagi afsonalar(MIF)ni buzishga bag‘ishlangan yorqin mediaklub bo‘lib o‘tdi.
🌐 Master-klassni Dilnoza Sametdinova, UNAIDS vakili olib bordi. Uning batafsil tushuntirishicha: OIV nima va u OITSdan nimasi bilan farq qiladi, yuqish yo‘llari qanday va ular atrofida nega afsona(MIF)lar shakllanadi, zamonaviy profilaktika usullari (PrEP va PEP) hamda davolash odamga to‘laqonli hayot kechirishga qanday yordam beradi. Shuningdek, «Aniqlanadigan = Yuqtirmaydigan» tamoyili stigma (tamg‘a)ga qarshi kurashda nega asosiy kalit ekanini ham izohlab berdi. Uchrashuvni Bobur Karimov olib bordi.
📌 Uchrashuv boshida ishtirokchilar «Rost yoki yolg‘on?» o‘yini orqali salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi, OIV haqida faktlarni qay darajada bilishlarini tekshirishdi. So‘ngra odamlar hayotiga stereotiplarning qanday ta’sir qilishini ko‘rsatgan qisqa videoni tomosha qilishdi.
🎙 Mediaekspert Lola Islamova OAVdagi OIV haqidagi feyklar misollarini keltirib, jurnalistlarning ushbu mavzuni mas’uliyatli va halol yoritishda qanday rol o‘ynashini tushuntirdi.
👥 Lagerning yosh ishtirokchilari ham sahnaga chiqib, o‘z atrofida uchragan afsona(MIF)lar haqida va haqiqatni gapirish nima uchun muhimligini baham ko‘rishdi.
💡 Guruhli ishlarda jamoalar «OIV haqidagi tarqalgan feyk»ni olib, kreativ taqdimotlar tayyorlashdi — kimdir mini-sketj qo‘ydi, kimdir ijtimoiy tarmoqlar uchun post yoki shior o‘ylab topishdi.
💡 Guruhli ishlarda jamoalar «OIV haqidagi tarqalgan feyk»ni olib, kreativ taqdimotlar tayyorlashdi — kimdir mini-sketj qo‘ydi, kimdir ijtimoiy tarmoqlar uchun post yoki shior o‘ylab topishdi.
🏆 Yakunda barcha jamoalar o‘z g‘oyalarini taqdim etishdi, UNAIDS vakillari esa g‘oliblarni tanlab, sovrinlar topshirildi.
💬 UNAIDS taqdimoti amalda ko‘rsatdiki, bugun OIV — bu hukm emas: zamonaviy profilaktika va terapiya usullari to‘laqonli hayot kechirish imkonini beradi.
☀️ Tadbir "Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi" nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda "EU Tabassum" loyihasi ko‘magida moliyalashtirilmoqda.
😀 "Yevropa Ittifoqi Tabassum: O‘zbekistonda gender tengligini targ‘ib qilish va yosh ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun media qobiliyatlari" loyihasi DW Akademie tomonidan Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (MJDC) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilmoqda va Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.