🗓 Tadbir 2026-yilning 14–15-sentabr kunlari «Mintaqaviy birodarlik, raqamli xavfsizlik va jurnalistikaning inklyuziv kelajagi» shiori ostida o‘tkaziladi. Anjuman Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan 100 nafar jurnalist, muharrir, media-menejer, raqamli kontent yaratuvchilari hamda ekspertlarni bir davra atrofida jamlaydi.
📌 Uchrashuvning asosiy mavzulari sun’iy intellektning jurnalistikaga ta’siri, onlayn-harassmentdan (ta’qibdan) himoyalanish va amaliy raqamli xavfsizlik masalalari bo‘ladi. Ishtirokchilar SI (sun’iy intellekt) etikasi, dipfeyklarga qarshi kurashish hamda shaxsiy ma’lumotlarni xavfsiz saqlash algoritmlarini muhokama qiladilar.
Dastur doirasida gender-sezgir jurnalistika bo‘yicha yagona mintaqaviy qo‘llanma ishlab chiqish va Ayol jurnalistlar koalitsiyasining 2026–2029-yillarga mo‘ljallangan faoliyat yo‘nalishlarini belgilab olish ham rejalashtirilgan.
‼️ Raqamli san’at va hujjatli teatr tutashuvida yaratilgan «Aks-sado: Ko‘rinmas ovozlar kuchi» audiovizual performans tadbirning alohida e’tiborga molik voqeasiga aylanadi. Bundan tashqari, konferensiyada yetakchilik va mediasohani rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun beriladigan Women Media Awards Central Asia mintaqaviy mukofoti topshiriladi.

Tashkilotchi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (MJDC) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi OAV uchun kontent tayyorlash markazi, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda Tojikiston xotin-qiz jurnalistlari milliy koalitsiyasi ko‘magida chiqqan. Shuningdek, anjuman Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikistondagi delegatsiyalari, YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, YXHTning Dushanbe va Bishkekdagi dasturlar idoralari, YUNESKOning O‘zbekiston va Qozog‘istondagi vakolatxonalari, Shveytsariya elchixonasi hamda va Qirg‘iziston Ijodiy industriyalar parkining ishtiroki va qo‘llab-quvvatlovi ostida o‘tkazilmoqda.