Yangiliklar

Iqlim va gender kesishgan nuqta: Jizzaxda Tabassum mediaklubi

Iqlim o‘zgarishlari qanday qilib tengsizlikni kuchaytiradi? Ayollar huquqlari haqida qanday qilib oddiy va professional tarzda gapirish mumkin? Va bu yerda nikohdan keyingi familiya almashtirish nimaga aloqador?
Jizzaxdagi Tabassum mediaklubida jurnalistlar, blogerlar, faollar va jurnalistika fakulteti talabalari bir joyga jam bo‘lib, ekologiya, dezinformatsiya va gender kun tartibi qanday qilib yagona hikoyaga aylanishini muhokama qilishdi.
Ayollar hayotiga ta’sir qiluvchi qonunchilikdagi bo‘shliqlar muhokama qilindi, iqlimga oid soxta xabarlar misolida tahlillar qilindi va sifatli jurnalistika tafakkurni qanday o‘zgartirishi mumkinligi ko‘rsatildi.
Shuningdek, muhim mavzular haqida yozishni istaganlar uchun bilim va qo‘llab-quvvatlov manbai bo‘lgan Tabassum ta’limiy platformasi (edusmile.uz) taqdim etildi.
"Yevropa Ittifoqi Tabassum: O'zbekistonda gender tengligini targ'ib qilish va yosh ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun media qobiliyatlari" loyihasi DW Akademie tomonidan Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (MJDC) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilmoqda va Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda.
Tabassum Yangiliklar